1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Xalqaro avtomobilda yuk tashishlar bozorini yanada rivojlantirish, xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqib ketishlari va boʻlishlarini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro avtomobil magistrallarining saqlanishini va ulardan foydalanish holati saqlab turilishini taʼminlash, shuningdek yirik gabaritli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining oʻtishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-avgust,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-avgustdagi 233-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) birinchi xatboshidagi “avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi uchun olinadigan toʻlov” soʻzlari “xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim” soʻzlari bilan almashtirilsin:
“Hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻim toʻlanishi ustidan nazorat bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining avtomobil yoʻllarini davlat tomonidan boshqarish vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomasiz umumiy foydalaniladigan yoʻllardan yurib oʻtishi;
agar ikki tomonlama bitimlarda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilar tomonidan yuklarning uchinchi mamlakatlarga (mamlakatlardan) tashilishi taqiqlansin”.
3. Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisida Nizomda (6-ilova):
“Transport vositasi umumiy haqiqiy vaznining yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov miqdori 1-jadvaldagi tariflarga muvofiq belgilanadi.
1-jadval
Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, tn
Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, AQSh dollari
0 dan 5 gacha
0,02
5 dan 10 gacha
0,03
10 dan 15 gacha
0,06
15 dan 20 gacha
0,10
20 dan 25 gacha
0,15
25 dan 30 gacha
0,23
30 dan 35 gacha
0,33
35 dan 40 gacha
0,46
40 dan 45 gacha
0,63
45 dan 50 gacha
0,85
50 va undan ortiq
1,00
Ogʻir yukli transport vositalari avtomobil yoʻllari boʻylab yurib oʻtganda gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan miqdorga nisbatan ortiqchaligi uchun toʻlov har bir oʻqqa ortiqcha yuklama uchun 2-jadvalda keltirilgan tariflarga muvofiq undiriladi.
2-jadval
Gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan yuklamaga nisbati
Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan yuklamadan ortiqcha yuklama bilan yurilgan masofa uchun tarif,
1 km yoʻl uchun, AQSh dollari
1,01 dan 1,05 gacha
0,11
1,05 dan 1,10 gacha
0,12
1,10 dan 1,15 gacha
0,14
1,15 dan 1,20 gacha
0,18
1,20 dan 1,25 gacha
0,21
1,25 dan 1,30 gacha
0,25
1,30 dan 1,35 gacha
0,30
1,35 dan 1,40 gacha
0,35
1,40 dan 1,45 gacha
0,41
1,45 dan 1,50 gacha
0,48
1,50 dan 1,55 gacha
0,55
1,55 dan 1,60 gacha
0,64
1,60 dan 1,65 gacha
0,73
1,65 dan 1,70 gacha
0,85
1,70 dan 1,75 gacha
0,95
1,75 dan 1,80 gacha
1,08
1,80 dan 1,85 gacha
1,22
1,85 dan 1,90 gacha
1,38
1,90 dan 1,95 gacha
1,54
1,95 dan 2,00 gacha
1,73
2,00 va undan ortiq
2,00”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 358-modda)