1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
“BOShOQLI DON EKINLARI URUGʻINI YETIShTIRUVChI XOʻJALIKLARNI, ShUNINGDEK ILMIY MUASSASALAR — NAVLAR ORIGINATORLARINI, SELEKSIYA VA URUGʻChILIK SOHASI OLIMLARINI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1993-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ–1621-sonli “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2009-yil 6-iyuldagi 3, 55 va 18-son “Boshoqli don ekinlari urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarni, shuningdek ilmiy muassasalar – navlar originatorlarini, seleksiya va urugʻchilik sohasi olimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1993, 2009-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 366-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-iyul,
3/2-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-iyul,
46-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 11-iyul,
8-son
Kelishildi:
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2012-yil 11-iyul,
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori Sh. NURMATOV
2012-yil 11-iyul,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 353-modda)