1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-son Qonunini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-iyun,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 3-modda):
birinchi xatboshidagi “davlat statistika hisoboti shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomalarni tasdiqlash” soʻzlari “yagona statistika metodologiyasini va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qonun buzilishlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikkacha javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritilsin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“8. Davlat statistika qoʻmitasi organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi”;
“13. Qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan maʼmuriy jarimalardan tushumlar hisobiga shakllantiriladigan Maxsus jamgʻarmani yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga berilsin”;
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlariga foydadan va davlat statistika organlari ixtiyorida qoladigan boshqa tushumlardan davlat statistika organlari tizimi xodimlarining yuqori malakasi uchun ularga oylik lavozim maoshi miqdoridan ortiq boʻlmagan miqdorda ustama belgilash uchun foydalanish huquqi berilsin”;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
davlat statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
davlat statistika organlari mutaxassislarining malakasini oshirish;
xodimlarning kasb mahoratini oshirishga va yuqori unumli mehnat qilishga intilishini kuchaytirish orqali statistika maʼlumotlari va hisobot koʻrsatkichlarining tezkorligini, ishonchliligini va xolisonaligini taʼminlashga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasining asosiy maqsadi hisoblanadi”;
“4. Maxsus jamgʻarma qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan jarimalardan tushadigan mablagʻlardan shakllantiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 27-bandining “Shakllantirish manbai” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi”.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-fevraldagi 74-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toʻlov balansining daromad qismi toʻliq va oʻz vaqtida toʻldirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 6-oktabrdagi 424-son qarorining 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Statistika va moliya hisobotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 25-iyundagi 227-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 34-modda) 1-ilovaning II boʻlimi va qarorga 2-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-sentabrdagi 409-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 293-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)