1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
DAVLAT MULKINI XORIJIY INVESTORLARGA SOTISHDA TENDER SAVDOLARINI OʻTKAZISH BOʻYICHA DAVLAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF–4434-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi:
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nulinchi” xarid qiymati boʻyicha sotilsin”.