1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Mintaqaning ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlarning kasbiy darajasini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonining mazmuni va sifatini yaxshilash, shuningdek Jizzax politexnika institutining yaratilgan oʻquv va moddiy-texnika bazasidan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax politexnika institutining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 27 nafardan iborat boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
2. 2012/2013 oʻquv yili uchun Jizzax politexnika institutiga qabul qilish kvotasi, 2-ilovaga muvofiq, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha 565 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 185 kishi va pulli-kontrakt asosida — 380 kishi etib belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
3. Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 3-ilova berilmaydi.
4. Komissiya (B.Xodiyev):
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Jizzax politexnika institutining rahbar kadrlarini va professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
institutni yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan boshqaruv kadrlari, ilmiy va pedagog kadrlar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Jizzax politexnika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
institut yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda oʻquv dasturlari va rejalarining, shuningdek uslubiy qoʻllanmalarning mazmunini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
oʻquv auditoriyalarini kompyuterlar va oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari bilan, oʻquv laboratoriyalarini zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha ravishda jihozlash, qurilish va yoʻl qurilishi materiallari laboratoriyasini tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
respublikaning tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy oliy oʻquv yurtlarida: Toshkent davlat texnika universitetida, Toshkent avtomobil-yoʻllar institutida va Toshkent arxitektura-qurilish institutida institut oʻqituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
ilmiy salohiyatni, shu jumladan respublikaning soha boʻyicha yetakchi texnika oliy oʻquv yurtlarida stajyorlar-tadqiqotchilar, izlanuvchilar va magistrlarni (institut kafedralari uchun) maqsadli tayyorlash dasturini ishlab chiqish yoʻli bilan mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
xorijiy tillarni va axborot texnologiyalarini oʻqitishning zamonaviy uslublarini joriy etish, oʻqituvchilar tomonidan amaliy ingliz tilini oʻzlashtirish.
6. Jizzax viloyati hokimligi (S.Ismailov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B.Xodiyev) bilan birgalikda Jizzax politexnika institutining laboratoriya korpusi uchun bino ajratilishini oʻrganib chiqsin va 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-iyun,
187-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-iyundagi 187-son qaroriga 1-ILOVA