1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.04.00 Xizmatni alohida sharoitlarda oʻtaganlik bilan bogʻliq imtiyozlar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARGA IMTIYOZLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Qurolli Kuchlar qismlari va boʻlinmalarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib oʻrnatish, shuningdek ularga berilayotgan imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:
1. 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 218-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolar barcha yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladilar.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi PQ-2867-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 218-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga harbiy qismlarning qoʻmondonligi tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, ammo ular uchun imtiyozlar boʻyicha belgilangan qoʻshimcha ballarni hisobga olgan holda tanlovdan oʻta olmagan abituriyentlarning respublikadagi boshqa oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalari, test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Bunda abituriyent tanlagan boshqa oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar boʻyicha belgilangan qoʻshimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar boʻyicha topshirilgan test sinovlari fanlar toʻplami (bloki) va abituriyent tomonidan toʻplangan ballarga muvofiq, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
2. Vazirlar Mahkamasi 2012-yilning 10-iyuligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni, ushbu qarorning 1-bandida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.05.00 Boshqa imtiyozlar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarga respublikaning oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berish chogʻida tegishli tartib oʻrnatilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari, tavsiyanomalar jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga, zarur bilim darajasiga ega boʻlgan munosib nomzodlargagina berilishini nazarda tutishlari kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5567-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu hujjatdan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-may,
PQ-1765-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 242-modda; 2017-y., 14-son, 218-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)