toggle_night_mode
Hujjat 03.04.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” 2012-yil 6-yanvardagi OʻRQ–319-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-may,
143-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻgʻrisidagi nizomda:
muqaddimadagi va 5-banddagi “va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-band ikkinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
b) II boʻlimning 2, 3-bandlari, 4-bandning uchinchi xatboshi va 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
4-bandning uchinchi xatboshi 4-bandning ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “monopoliyaga qarshi organ ishtirokida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) VI boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tarmoqning oʻziga xosligini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan kommunal xizmatlarga narxlarni (tariflarni) shakllantirish va qoʻllashning asoslanganligi ustidan nazoratni amalga oshirsin. Tariflarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi hollari aniqlangan taqdirda aybdorlarga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sanksiyalar qoʻllanilsin”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 2-ilovaning “Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunining oʻn uchinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama faoliyati, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzayotgan hujjatlaridan va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Aloqa sohasidagi meʼyoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibining 4-bandidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari” soʻzlari “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korxonalari toʻgʻrisidagi nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari koʻrsatish tartibining 1-bandidagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning uchinchi xatboshidagi “savdo vazirligi” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari qoʻshilsin;
b) XII boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“XII. Yakunlovchi qoidalar”;
v) XII boʻlimga quyidagi mazmundagi 631-band qoʻshilsin:
“631. Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, oʻrganishlar oʻtkazishda, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari murojaatlari va tegishli organlarning taqdimnomasi asosida nazorat qilinadi. Ushbu nazorat va oʻrganishni amalga oshirish tartibi monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalashni bekor qilish hamda isteʼmol tovarlarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 47-modda) muqaddimasidagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi XIII boʻlim qoʻshilsin:
“XIII. Yakunlovchi qoida
109. Tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, oʻrganishlar oʻtkazishda, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari murojaatlari va tegishli organlarning taqdimnomasi asosida nazorat qilinadi. Ushbu nazorat va oʻrganishni amalga oshirish tartibi monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 29-iyuldagi 331-son qarorida:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“raqobat sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatni shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
yettinchi xatboshidagi “tovar” soʻzidan keyin “va moliya” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “malakasini oshirish” soʻzlaridan keyin “hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash” soʻzlari qoʻshilsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida tashkil etilgan”;
4-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markazning yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 18 “A”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “malakasini oshirish” soʻzlaridan keyin “tayyorlash” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar sohasini tartibga solish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, shuningdek bankrotlik masalalarini taʼminlashning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish”;
6-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“malaka oshirish kurslarini, shu jumladan davlat monopoliyaga qarshi organi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazadi, shuningdek sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tashkil etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1 va 2-ilovalarga muvofiq roʻyxat boʻyicha mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tegishli moddiy balanslarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan, belgilangan muddatlarda, moddiy balanslarning tasdiqlangan parametrlarini bajarishning choraklar va oylar boʻyicha jadvallari vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalarga, mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning birja orqali qismi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga yetkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar boʻyicha mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ularni birjaga yetkazadi”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilanadigan narxlar boʻyicha sotib olingan resurslar, shuningdek ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan, birja savdolarida sotib olingan qayta sotilishi taqiqlangan resurslar isteʼmolchilar tomonidan qayta sotilishi hollari aniqlangan taqdirda qayta sotishdan olingan daromad Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq olib qoʻyiladi”.
v) Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bunda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviakerosinni “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha sotib oladilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi toʻgʻrisidagi nizom 7-bandining uchinchi xatboshidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga” soʻzlari “raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 55-modda):
a) qarorning nomidagi, muqaddima va 1-banddagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini” soʻzlari “raqobat” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Nizomning nomidagi “monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini” soʻzlari “raqobat” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom “Raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi oʻrinlarda matnda “qonun hujjatlari buzilganligi” deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda “monopoliyaga qarshi organ” deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Monopoliyaga qarshi organ oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻaydi va ularni koʻrib chiqadi”;
3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ish jismoniy shaxsga, xoʻjalik yurituvchi subyektga, davlat boshqaruvi organiga va mahalliy davlat hokimiyati organiga nisbatan ular joylashgan joy boʻyicha tegishli monopoliyaga qarshi organ tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori asosida:
hududiy organlar vakolatlariga tegishli boʻlgan ishlarni oʻzi koʻrib chiqishi uchun qabul qilishga;
oʻzining tekshirish va oʻrganish materiallarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun hududiy organga yuborishga haqlidir”;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “tahlil qilinishi” soʻzlari “oʻrganish” soʻzi bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshidagi “shuningdek” soʻzidan keyin “jismoniy shaxs” soʻzlari qoʻshilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla qoʻshilsin:
“Ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarga ajrim, shuningdek tilxat ostida monopoliyaga qarshi organda yoki ular joylashgan joy boʻyicha topshirilishi mumkin”;
12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va mutaxassislar” soʻzlari “mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshining oʻzbek tilidagi matni oʻzgarishsiz qoladi;
beshinchi xatboshidagi “ishning” soʻzi “ishni koʻrib chiqishning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalil-isbotlariga eʼtiroz bildirish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish ariza tushgan yoki nazorat funksiyalari va oʻrganishlar amalga oshirilishi natijalariga koʻra ish qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Istisno hollarda koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshiga “ish qoʻzgʻatilgan” soʻzlaridan keyin “jismoniy shaxslar” soʻzlari qoʻshilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshiga “mutaxassislarning” soʻzidan keyin “va boshqa manfaatdor shaxslarning” soʻzlari qoʻshilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Ishni koʻrib chiqish komissiya tomonidan quyidagi hollarda toʻliq yoki qismlari boʻyicha tugatilishi mumkin:
qonun hujjatlari buzilishi holatlari tasdiqlanmaganda;
qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida unga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etganda;
unga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt va jismoniy shaxs qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda;
monopoliyaga qarshi organ tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda”;
21-banddagi “buyurtma xat bilan, uning topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan” soʻzlari “ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “toʻxtatish” soʻzi “tugatish” soʻzi bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Ishni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya:
qonun hujjatlari buzilishi holati aniqlanganligi va huquqiy taʼsir koʻrsatishning tegishli choralari koʻrilganligi toʻgʻrisida;
ishni koʻrib chiqish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
28-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“koʻrsatmada nazarda tutilgan barcha jismoniy shaxslarga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoxud boshqaruv organlariga nisbatan qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilmaganda.
Koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortish yoki bajarmaslik deganda subyekt koʻrsatmani bajarishdan bosh tortishi yoki qisman bajarmasligi yoxud koʻrsatmani oʻz vaqtida bajarmasligi tushuniladi”;
29-bandning birinchi xatboshidagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari “Jismoniy shaxslar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qarorda ishni koʻrib chiqish davomida aniqlangan jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga joʻnatish haqida tavsiyalar berilishi mumkin”;
33-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“shaxs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq xatti-harakatlar (toʻxtatish, bartaraf etish, bundan keyin qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, asossiz olingan daromadni isteʼmolchilarga qaytarish, dastlabki holatni tiklash va boshqalar) hamda bajarish muddatlari”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Agar raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik yoki jismoniy shaxs jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, monopoliyaga qarshi organ ushbu shaxsga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida jarimani kechiktirib yoki har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishga haqlidir”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
37-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi)ga qoʻshilmagan taqdirda qaror (koʻrsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda qaror (koʻrsatma)ni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoki yoxud qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga murojaat qilishga haqlidir”;
38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Ariza berish monopoliyaga qarshi organ qarori (koʻrsatmasi)ning amal qilishini arizani koʻrib chiqish davrida toʻxtatib turadi”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 2-3-son, 7-modda):
a) 1-banddagi “tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibga muvofiq mavsumiy talab hisobga olingan holda moddiy balanslar ijrosining oylik va choraklik jadvallarida tasdiqlangan birja savdolariga qoʻyilishi kerak boʻlgan mahsulotlar hajmini Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga yetkazadi. Koʻrsatib oʻtilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar boʻyicha mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ularni birjaga yetkazadi”;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Kalendar davrga tuzatish kiritilgan jadvallar asosida monopolist korxonalar jadvallar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibga muvofiq muddatlar boʻyicha birja savdolarga qoʻyish hajmlarini boʻlib chiqqan holda monopol mahsulotlarni ushbu davrning har bir oyi mobaynida birja savdolariga qoʻyish jadvallarini tasdiqlaydilar hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ularni birjaga yetkazadi”;
g) 13-banddagi “oldindan” soʻzi “birja savdolari oʻtkazilishidan kamida 1 kun oldin” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyishning ushbu Nizomda nazarda tutilgan jadvallari bajarilmasligi, shuningdek mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi axborotning taqdim etilmasligi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi hisoblanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaning “Shakllantirish manbai” ustunining 18-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) “Monopoliyaga qarshi qonunchilik” soʻzlari “Raqobat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
20. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda):
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”;
b) Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllanadi”;
I boʻlimga quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
“51. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxni (tarifni) mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega. Bunda:
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxni (tarifni) pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
narxlarni (tariflarni) pasaytirish, keyinchalik narxlarni tartibga soluvchi organni xabardor qilgan holda, barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda amalga oshiriladi.
Tovarlariga narxlar davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt, shuningdek tasdiqlangan (kelishilgan) narxni (tarifni) barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega”;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga toʻgʻri keladigan xarajatlar va sof foyda koʻrsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda quyidagilar boʻyicha:
normalanadigan xarajatlar boʻyicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xom ashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat va shu kabilarni sarflash normalarini) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSH, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
normalanmaydigan xarajatlar boʻyicha — oldingi toʻrt chorakning hisobot koʻrsatkichlari tahlili asosida va narxlarning prognoz boʻyicha oʻzgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng koʻp sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ularning oʻrtacha koʻrsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi”;
birinchi xatboshidagi “Tovarga” soʻzidan keyin “(issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya va sanitariya boʻyicha tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“dividendlar toʻlovi uchun. Ushbu tovarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi”;
ikkinchi xatboshi birinchi jumlasidagi “sigʻimi” soʻzidan keyin “(tovarning muayyan turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari)” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Tannarxni hisoblash yoki davr xarajatlarini, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni, soliqlar va boshqa foydadan majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni, monopolist korxona yoxud davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobiga sof foyda summasini taqsimlash tarmoq xususiyatiga ega boʻlgan taqdirda narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi”;
17-banddagi “xoʻjalik yurituvchi subyekt” soʻzlaridan keyin “(issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichidan kam boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining kalendar yil mobaynidagi oʻsish koʻrsatkichidan yuqori boʻlmagan tuzatishni hisobga olgan holda, xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan sonidan ortiq boʻlmagan xodimlar sonidan hamda amaldagi narx (tarif)da qabul qilingan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
25-bandning birinchi xatboshidagi “bir hafta muddatda” soʻzlari “bir oy muddatda (tabiiy monopoliyalar subyektlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshidagi “monopolist korxona va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga, ikkinchi nusxasi — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga va uning hududiy organlariga (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) narxni (tarifni) hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflar (xarajatlar)ning bitta satri summasi sarflar (xarajatlar)ning boshqa turi satri summasi oʻzgarishi hisobiga oʻzgarganda monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti ushbu oʻzgarish toʻgʻrisida, tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 1-ilova) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga soluvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart”;
32-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Narxlari (tariflari) Hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlarni tartibga soluvchi organda narxlar (tariflar)ni:
normativ hujjat yoki Hukumat topshirigʻi chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar ularda boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa);
narx (tarif), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi, kelishib olishi) shart”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllanish;
tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olish”;
uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
37-bandning oltinchi xatboshidagi “yil choragi hisob-kitoblari asosida, ishlar mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun esa —” soʻzlari chiqarib tashlansin;
39-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida isteʼmolchilar tomonidan sotib olingan, qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotish taqiqlangan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan sotib olish narxi va qaytadan sotish narxi oʻrtasidagi tafovut tarzida olingan daromad davlat monopoliyaga qarshi organida ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda maxsus tranzit hisob raqami deb ataladi) olib qoʻyiladi”;
43-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytariladi, yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida koʻrsatilgan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda ushbu summa xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik hamda texnologik normalarining amaldagi oshgan hajmini tegishli xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi yoki energiya narxiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 21-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda) 2-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan, isteʼmolchilar tomonidan birja savdolarida sotib olingan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan olingan daromad Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq olib qoʻyiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 232-modda, 51-son, 577-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)