1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABLARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatini qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari 2012-yil 1-yanvardan boshlab ularning pedagogik yuklamasi 10 foizga koʻpaytirilishi bilan bir vaqtda oʻrtacha 20 foizga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
2. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga pedagogik yuklama:
yuqori sinflar oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga — haftasiga 20 soat etib belgilansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalarining yangi miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari va konsertmeysterlari tarifikatsiyasiga oʻzgartirishlarning oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 3-may,
127-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 204-modda)