1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish;
OILALARNING IJTIMOIY-MAIShIY ShAROITLARINI YaXShILAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qaroriga muvofiq, mahalliy maishiy texnika ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini kengaytirishga, oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni isteʼmol krediti sifatida berishga va jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish yoʻli bilan xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq maqullansin.
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Fargʻona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. Belgilansinki, nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, shuningdek tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlarning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
aholi punktlari boʻyicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida tashkil etiladigan jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalarning manzilli roʻyxatlarini;
kir yuvish xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun tashkiliy masalalar hal etilishini va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berilishini nazarda tutuvchi jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning tasdiqlangan parametrlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Tijorat banklariga:
kir yuvish xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish uchun maxsus kredit liniyalari ochish;
ajratiladigan isteʼmol kreditlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkalarini belgilash;
faqat pasportning nusxasi, ish joyidan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgan holda eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdordagi kreditni 3 yilgacha boʻlgan muddatga rasmiylashtirishni amaliyotga joriy etish yoʻli bilan aholiga isteʼmol kreditlari ajratish mexanizmini soddalashtirish va takomillashtirish, shuningdek, kredit boʻyicha taʼminlash, shu jumladan uchinchi shaxslarning kafilligida taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
pasport nusxasi, ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va korporativ mijozning oʻz xodimlari majburiyatlari boʻyicha kafilligi bilan taqdim etilgan taqdirda rasmiylashtirgan holda jismoniy shaxslar – bankning korporativ mijozlari xodimlarining soʻmdagi mikroprotsessor plastik kartochkalari boʻyicha overdraft berish tartibini reglamentlaydigan ichki normativ hujjatni tasdiqlash tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-aprel,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 1-ILOVA
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning
prognoz parametrlari
(ming ta)
T/r
Mahsulotning nomi
Ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi
Hammasi
Shu jumladan:
2012-y.
2013-y.
2014-y.
1.
Sovutgichlar
“SINO” OAJ
108,5
33,5
35,0
40,0
“PONTEGREYN” XK
115,0
35,0
40,0
40,0
“FERETTE ELECTRONICS” MChJ
60,0
20,0
20,0
20,0
Hammasi:
283,5
88,5
95,0
100,0
2.
Maishiy gaz plitalari
“Fargʻona gaz apparatlari zavodi” MChJ
6,6
2,0
2,2
2,4
“Eko Elektron” ShK
100,0
30,0
35,0
35,0
Hammasi:
106,6
32,0
37,2
37,4
3.
Kir yuvish mashinalari
“ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK
28,5
9,5
9,5
9,5
“STA-PLAST” MChJ
4,5
1,5
1,5
1,5
Hammasi:
33,0
11,0
11,0
11,0
4.
Televizorlar
“ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK
292,2
78,7
106,7
106,8
“FOTON” OAJ
49,0
15,0
16,0
18,0
Hammasi:
341,2
93,7
122,7
124,8
5.
Elektr chang yutgichlar
“White Machine Technology” MChJ QK
53,0
17,0
18,0
18,0
6.
Mikrotoʻlqinli pechlar
“Neo Sun Light” MChJ QK
74,0
24,0
25,0
25,0
7.
Elektr duxovka
“SAM-NUR-TAFVIZ” MChJ QK
42,0
12,0
15,0
15,0
8.
Yoritqichlar
“Oniks” OAJ
18,0
6,0
6,0
6,0
“DILIGHT” QK
165,0
55,0
55,0
55,0
Hammasi:
352,0
114,0
119,0
119,0
9.
Elektr dazmol
“Oʻzelektrapparat-elektroshchit”MChJ QK
42,0
14,0
14,0
14,0
10.
Konditsionyerlar
“Neo Sun Light” MChJ QK
53,0
17,0
18,0
18,0
“ZENITH ELESTRONIKS” MChJ QK
55,0
12,0
18,0
25,0
Hammasi:
150,0
43,0
50,0
57,0
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 2-ILOVA
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli
parametrlari
(ta)
T/r
Mintaqalar nomi
Kirxonalar soni
shu jumladan choraklar boʻyicha
II
III
IV
Oʻzbekiston Respublikasi
75
18
31
26
shu jumladan:
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
4
1
2
1
2.
Andijon viloyati
5
1
2
2
3.
Buxoro viloyati
4
1
2
1
4
Jizzax viloyati
5
1
2
2
5.
Qashqadaryo viloyati
10
3
4
3
6.
Navoiy viloyati
12
2
5
5
7.
Namangan viloyati
5
1
2
2
8.
Samarqand viloyati
4
1
2
1
9.
Surxondaryo viloyati
5
1
2
2
10.
Sirdaryo viloyati
3
1
1
1
11.
Toshkent viloyati
10
3
4
3
12.
Fargʻona viloyati
5
1
2
2
13.
Xorazm viloyati
3
1
1
1
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 3-ILOVA
2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining
prognoz parametrlari
(mln soʻm)
T/r
Mintaqalar nomi
2012-yil
2013-yil
2014-yil
2012 — 2014-yillarda hammasi
Oʻzbekiston Respublikasi
30 000
34 500
40 000
104 500
shu jumladan:
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2 200
2 500
2 800
7 500
2.
Andijon viloyati
3 000
3 500
3 900
10 400
3.
Buxoro viloyati
1 300
1 500
1 800
4 600
4.
Jizzax viloyati
800
1 000
2 200
4 000
5.
Qashqadaryo viloyati
2 000
2 300
2 600
6 900
6.
Navoiy viloyati
1 000
1 200
1 400
3 600
7.
Namangan viloyati
1 600
1 900
2 200
5 700
8.
Samarqand viloyati
2 500
3 000
3 500
9 000
9.
Surxondaryo viloyati
2 300
2 500
2 700
7 500
10.
Sirdaryo viloyati
800
1 000
1 200
3 000
11.
Toshkent viloyati
2 500
2 800
3 200
8 500
12.
Fargʻona viloyati
3 500
4 000
4 400
11 900
13.
Xorazm viloyati
2 000
2 300
2 600
6 900
14.
Toshkent shahri
4 500
5 000
5 500
15 000
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)