Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratlik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda)
qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 6-iyuldagi 199-son
buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010-yilning 2-avgustidagi 6-24/23-6554/6-son xulosasiga koʻra texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan) “Bugʻ va issiq suv quvurlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari”ning:
123-bandining
birinchi xatboshidagi “qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda kelishilgan” soʻzlari “belgilangan tartibda ishlab chiqilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
275-bandidan “qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda ruxsatnomasi bor boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi, “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgach kuchga kiradi.