toggle_night_mode
Hujjat 09.03.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasi faoliyatining normativ-huquqiy bazasini tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-mart,
PF-4430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoniga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamgʻarmaning muassisi hisoblanadi”.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash”.
3. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 113-modda)