1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “QISHLOQ JOYLARDA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH GURUHINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp martalik transh boʻyicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida “Loyiha salohiyatini rivojlantirish va uni boshqarishni qoʻllab-quvvatlash” komponenti boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlari soni 6 nafar boʻlgan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini, shuningdek Guruhning qishloqda uy-joy qurish va kreditlashni tashkil etish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlanishini amalga oshirsin.
3. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyihani amalga oshirishga jalb qilingan boshqa tashkilotlar tegishli hisobot shakllarini tasdiqlangan Nizom normalarini hisobga olgan holda loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan oʻn kun muddatda kelishib olsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining “Toyota Lend Kruzer” rusumli (2004-yilda ishlab chiqarilgan, dvigatel № 1NZ0461065, shassi № JTE CB 01J101018365) yengil avtomobilni Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi balansidan Loyihani amalga oshirish guruhi balansiga bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Loyihani amalga oshirish guruhi Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 45a-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining maʼmuriy binosiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Bosh vazir oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-mart,
62-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-martdagi 62-son qaroriga ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
2. Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlardan samarali va oʻz vaqtida foydalanilishini taʼminlash davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar oʻzaro hamkorligining maqsadi hisoblanadi.
II. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning loyihani amalga oshirishdagi majburiyatlari
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Loyihani amalga oshirish guruhi orqali loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirishni, qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shuningdek “Loyiha salohiyatini rivojlantirish va uni boshqarishni qoʻllab-quvvatlash” komponenti amalga oshirilishini taʼminlaydi.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili loyihaning tegishli transhlarini amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
loyihaning biron-bir qismini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralardan tushadigan axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida uning sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat va monitoring yuritadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
loyihani amalga oshirishda qatnashadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar xodimlarini oʻqitishni tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Osiyo taraqqiyot bankining ssuda hisob raqamidan mablagʻlarni koʻchirishga buyurtmanoma tayyorlashda qatnashadi;
belgilangan tartibot boʻyicha loyihani davriy moliyalashtirishga tegishli buyurtmanomani rasmiylashtirishni taʼminlaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Osiyo taraqqiyot bankining ajratilgan mablagʻlarini tegishli bitimlar asosida vakolatli banklarga qayta kreditlashni;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihadagi ulushi oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qurilayotgan uy-joy mavzelari va tegishli aholi punktlarining loyihalash ishlarini moliyalashtirishni;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Osiyo taraqqiyot bankining ssuda hisob raqamidan mablagʻlarni koʻchirishga buyurtmanoma tayyorlashda bevosita qatnashishni;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta kreditlangan Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlaridan vakolatli banklarning maqsadli foydalanishini oʻrganishni taʼminlaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
muhandislik-kommunal infratuzilma va transport kommunikatsiyalariga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va oʻrmon fondidagi yerlar toifasiga kirmaydigan yer mavzelarini namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar qurish uchun tanlashda qatnashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlashda qatnashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurishning sifati yuzasidan zarur nazoratni amalga oshirish;
yangi qurilish texnologiyalari va materiallarini qoʻllanish hisobiga qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurish narxlarini saqlab turish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
6. “Qishloq qurilish loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda uy-joy, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish boʻyicha shaharsozlik va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarini qurish sifati yuzasidan zarur mualliflik nazoratini amalga oshirish;
yangi qurilish texnologiyalari va materiallarini qoʻllanish hisobiga uy-joy loyihalarining energiya samaradorligini oshirish, namunaviy uy-joy qurish standartlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
7. Vakolatli tijorat banklari (shu jumladan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki) belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlaydi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta kreditlangan Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlaridan tegishli bitimlarda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanish;
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylarni sotib olish yuzasidan arizachilarning murojaatlari hamda ipoteka kreditlarining potensial qarz oluvchilarini tanlash tartibotlarining ochiq-ravshanligini taʼminlash va ularga izchil rioya qilish;
qarz oluvchilar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini berish, keyinchalik ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini, shuningdek ular tomonidan qarz mablagʻlarining belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish;
loyihani amalga oshirishning butun davri davomida vakolatli banklar uchun Osiyo taraqqiyot banki va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan normativlarga rioya qilish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Osiyo taraqqiyot bankining ssuda hisob raqamidan mablagʻlarni koʻchirishga buyurtmanoma tayyorlashda qatnashish.
8. “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
muhandislik-kommunal infratuzilma va transport kommunikatsiyalariga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va oʻrmon fondidagi yerlar toifasiga kirmaydigan yer mavzelarini namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar qurish uchun tanlashda qatnashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarida qurilish-montaj ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish hamda mablagʻlarni oʻzlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarining qurilish-montaj ishlarini bajarishni jadallashtirish boʻyicha takliflar hamda shartnomaviy majburiyatlarni buzgan pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda almashtirish boʻyicha tavsiyalar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurish qiymatini maqbullashtirish va kamaytirish boʻyicha takliflar kiritish.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda quyidagilarni taʼminlaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylarning potensial sotib oluvchilarini tanlash boʻyicha doimiy ishlaydigan komissiyalarni shakllantirish, shuningdek ularning ochiq-ravshan va samarali ishlashini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarini qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha doimiy ishlaydigan komissiyalarni shakllantirish, shuningdek ularning ochiq-ravshan va samarali ishlashini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda muhandislik-kommunal infratuzilma va transport kommunikatsiyalariga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va oʻrmon fondidagi yerlar toifasiga kirmaydigan yer mavzelarini oʻz vaqtida ajratish;
tanlangan yer mavzelarini namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurishni boshlashga oʻz vaqtida tayyorlash (mavjud imoratlarni buzish, muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish va hokazolar);
qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini oʻz vaqtida va sifatli qurish;
moliyalashtirishni oʻz vaqtida boshlash va qurilayotgan uy-joy mavzelarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalari qurish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Loyihani amalga oshirish guruhi bilan birgalikda loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini oʻqitish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
10. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi qurilayotgan uy-joy mavzelarida elektr taʼminoti va gaz taʼminoti obyektlarini oʻz vaqtida va sifatli qurishni belgilangan tartibda taʼminlaydilar.
III. Hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va Osiyo taraqqiyot bankiga loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Vazirlar Mahkamasiga — har chorakda Osiyo taraqqiyot bankining mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihadagi ulushidan foydalanish toʻgʻrisida hisobot;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga — har oyda vakolatli banklar tomonidan loyiha mablagʻlari olinishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarini qurishning sifatini nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
14. “Qishloq qurilish loyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlarini qurishning sifati yuzasidan mualliflik nazorati boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
15. Vakolatli banklar (shu jumladan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki) har oyda:
Vazirlar Mahkamasiga — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy sotib olish uchun tanlab olingan qarz oluvchilarning dastlabki va uzil-kesil badallarini yigʻish, shuningdek uy-joy obyektlari qurilishining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi axborotni;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari olishga tushayotgan buyurtmanomalar, yakka tartibdagi namunaviy uy-joyni sotib olish uchun tanlangan qarz oluvchilarning dastlabki va uzil-kesil badallari yigʻilishi toʻgʻrisidagi axborotni;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — Osiyo taraqqiyot bankining mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihadagi ulushidan foydalanilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
16. “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi har oyda:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga — uy-joy, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari, shuningdek ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishi toʻgʻrisidagi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
“Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga — uy-joy obyektlari qurish va moliyalashtirishning oʻzlashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy mavzelari qurishda foydalanilayotgan qurilish materiallariga narxlarning shakllanishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
a) Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.05.00 Yerdan foydalanishni va muhofaza qilish sohasini rejalashtirish va meʼyorlash]
har yili 1-noyabrgacha — qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan yer mavzelarining namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasiga berish uchun ajratilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
har oyda yakka tartibdagi uy-joyning tanlangan xaridorlaridan dastlabki va uzil-kesil badallar (yigʻimlar toʻliq shakllanguniga qadar) yigʻilishi toʻgʻrisidagi axborotni;
har oyda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joylar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari, shuningdek ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga — vazirlik tomonidan belgilangan muddatlarda:
uy-joy mavzelari qurish uchun tanlangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy obyektlari qurish uchun tanlagan pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi axborotni;
loyihani amalga oshirish hisobiga tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari va ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etadilar.
18. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Iqtisodiyot vazirligiga qurilayotgan uy-joy mavzelarida elektr taʼminoti va gaz taʼminoti obyektlari qurish toʻgʻrisidagi axborotni har oyda taqdim etadilar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
19. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi har yili 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar toifasiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan, muhandislik-kommunal infratuzilmaga va transport kommunikatsiyalariga ega boʻlgan, keyinchalik namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy obyektlari qurish uchun boʻsh yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
20. Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklar va tashkilotlarga barcha maʼlumotlar ushbu axborotni oluvchi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha taqdim etiladi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
21. Axborot ayirboshlashni tezlashtirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar elektron aloqa vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda hujjatlarning asl nusxalari qogʻozda xat bilan yuboriladi.
22. Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq oʻzlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 104-modda; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)