1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-fevral,
2-yu-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-fevral,
7-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevral 2-yu-son, 7-son qaroriga ILOVA
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni (bundan buyon matnda toʻlov deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻlaydilar.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
abonent raqami — abonentga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish davrida uyali aloqa kompaniyasi tomonidan ajratiladigan raqam;
mobil aloqa abonenti — uyali aloqa kompaniyasi bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mobil aloqa xizmatlari — mobil aloqa tarmoqlari orqali signallarni va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish, ularga ishlov berish boʻyicha mobil aloqa operatori faoliyatining mahsuloti.
5. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
6. Toʻlov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oyning oxirgi sanasi holatiga koʻra aniqlanadi.
7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov summasi yuridik shaxslarning foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son 145-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.
IV. Hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlovni amalga oshirish muddatlari
8. Hisobot davri boʻlib bir oy hisoblanadi.
9. Toʻlovning hisob-kitobi (bundan keyin matnda Hisob-kitob deb yuritiladi) Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga har oyda (oʻsib bormaydigan yakun boʻyicha) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay toʻlovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan taqdim etiladi.
10. Toʻlovni amalga oshirish toʻlovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan Hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
11. Toʻlov summasi yagona 23411 hisob raqamiga oʻtkaziladi va bir vaqtning oʻzida Davlat budjeti va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.
12. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun qatʼiy foydalaniladi.
13. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
15. Toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan penya hisoblanadi hamda toʻliq miqdorda Davlat budjetiga undiriladi.
16. Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshiruvlarini oʻtkazish davomida abonent raqamlarining miqdorini kamaytirish holatlari aniqlanganda ularning haqiqiy miqdoridan kelib chiqqan holda qoʻshimcha toʻlov va penya hisoblashga haqli.
VI. Yakuniy qoida
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. Parpiyev
2012-yil 25-yanvar
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_______________________________________________
(yuridik shaxsning nomi)
20 ___ yil ____________ oy uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov hisob-kitobi
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20 ___ yil _______________ oy uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisida yigʻma axborot