1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
QIShLOQ XOʻJALIGI SOHASINI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISh VA ERKINLIK BERISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining mahsulot yetishtirishini yanada koʻpaytirishda, uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish, qishloqda ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
1. Paxta tolasi va gʻalladan boʻlak qishloq xoʻjalik mahsulotlariga davlat tomonidan belgilangan buyurtma (davlat buyurtmalari) bekor qilinsin.
Qoramol va sutning erkin xarid narxlariga oʻtishi amalga oshirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-yanvardagi 1068-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1081-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 1994-yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olish tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-avgust,
PF-937-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 8-9-son, 236-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 59-modda)