1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “IJTIMOIY VA FUQARO OBYEKTLARINI LOYIHALASh VA QURIShDA TEGIShLI TARTIB OʻRNATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 27 DEKABRDAGI PQ-1666-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib oʻrnatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-fevral,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “shaharsozlik hujjatlarisiz” soʻzlari “loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “qaroriga koʻra” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan qaroriga koʻra” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshiga “Vazirlar Mahkamasining” soʻzlaridan keyin “Prezident Devoni bilan kelishgan holda belgilangan tartibda qabul qilingan” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “idoradan tashqari” soʻzlari “davlat” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi” soʻzlari “Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 13-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) yoki uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan” soʻzlari “Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (DAQN inspeksiyalari) tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organlari” va “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organi” soʻzlari tegishli ravishda “DAQN inspeksiyalari” va “DAQN inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 5-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarorining 2-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda):
a) beshinchi xatboshiga “ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollardan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin”;
b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida kelishuv mavjudligidan qatʼi nazar, qurish va rekonstruksiya qilishning hisob-kitob (smeta) qiymati oshishiga yoʻl qoʻyilgan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning oʻzgarishi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Hukumat darajasida tasdiqlanishi kerak boʻlgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan taqdirdagina qabul qilingan deb hisoblanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarorining 5-bandidagi “faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkinligining” soʻzlari “yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloq fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 4-dekabrdagi 286-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshiga “tegishli aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga va, zaruriyat boʻlganda, ularga belgilangan tartibda kiritiladigan tuzatishlarga qatʼiy muvofiq ravishda” soʻzlari qoʻshilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 125-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 79-modda; 2013-y., 10-son, 125-modda; 2016-y., 1-son, 5-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)