toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1994 YILNI MIRZO ULUG‘BEK YILI DEB E’LON ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ulug‘ o‘zbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me’mor, temuriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay — Ulug‘bek (Mirzo Ulug‘bek) tavalludiga 600 yil to‘lishi munosabati bilan:
jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tiborda tutib;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek yubileyi jahon qadriyatlari ro‘yxatiga — 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarni hamda respublikada olib borilayotgan ulkan xayrli ishlarni inobatga olib;
yosh avlod qalbida milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularning ilm-ma’rifatga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish hamda mustaqil O‘zbekiston ilm-fani rivojiga ko‘maklashish maqsadida;
1994-yil O‘zbekiston Respublikasida Mirzo Ulug‘bek yili deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-mart,
PF-796-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 4-son, 95-modda)