1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2309-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga 2-ILOVA
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (bundan keyingi oʻrinlarda daftar deb yuritiladi) — ish kuni (smena) davomida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilgan va bank kassalariga topshirilgan hamda ish kuni oxiriga naqd pul tushumining qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladigan maxsus daftardir.
2. Daftar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanib, aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan majburiy tartibda toʻldiriladi.
3. Daftar xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tekshiruvni oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarga taqdim etilishi lozim.
II. Daftarga naqd pul tushumlari haqidagi yozuvlarni kiritish
4. 1-ustunda ish kuni (smena) sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.
5. 2-ustunda kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
6. 3-ustunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining ish kuni (smena) yakunida olinadigan “Z” hisobotining tartib raqami koʻrsatiladi.
7. 4-ustunda joriy ish kuni (smena) boshiga (oldingi ish kuni (smena) oxiriga yaʼni 5-ustundagi) naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida koʻrsatiladi.
8. 5-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida (4 va 6-ustunlarning yigʻindisi) koʻrsatiladi.
9. 6-ustunda joriy ish kuni (smena) yakuni boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi (xotirasiga kiritilgan naqd pul) koʻrsatkichi koʻrsatiladi.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxs daftarning 1—11-ustunlariga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib koʻrib, ularning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun 12-ustunga imzo qoʻyadi.
16. Daftar toʻlgan (yoʻqolgan) holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga yozma murojaat qiladi va daftarni toʻldirish ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq davom ettiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-yanvardagi 2012-3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2309-1, 16.02.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 7-son, 73-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 19-modda; 7-son, 73-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 10/24/2309-2/0675-son; 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)