1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
DAVLAT VA XOʻJALIK BOSHQARUVI ORGANLARI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI XODIMLARINING XIZMAT GUVOHNOMASI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolari va xonalariga kiritish rejimini takomillashtirish va kuchaytirish, koʻrsatib oʻtilgan organlar xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, berish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Namunaviy nizom talablariga muvofiq yangi namunadagi xizmat guvohnomalarining 2012-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilishini taʼminlasinlar.
3. Belgilansinki, xizmat guvohnomalarining blankalari va muqovalari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi korxonalarida tayyorlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Namunaviy nizom talablariga rioya qilgan holda yangi namunadagi xizmat guvohnomalari blankalari va muqovalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalariga binoan sifatli tayyorlanishini taʼminlasinlar.
bir oy muddatda xizmat guvohnomalarini tayyorlash boʻyicha zonal matbaa korxonalarini belgilasin va ushbu Namunaviy nizom talablarini ularning eʼtiboriga yetkazsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
guvohnomalar (muqovalar, blankalar, golografik belgilar, muhrlar va shu kabilar) tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi matbaa korxonalari faoliyati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini qoʻriqlashni taʼminlaydigan xizmatlarning xodimlariga belgilangan kiritish rejimiga qatʼiy rioya qilinishi, foydalaniladigan xizmat guvohnomalarining Namunaviy nizom talablariga muvofiqligini tekshirish yuzasidan talablarni kuchaytirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, almashtirish, hisobga olish va saqlashni tashkil etishga nisbatan yagona talablarni belgilaydi, ulardan foydalanish tartibini, shuningdek ularning yoʻqotilganligi, shikastlanganligi va ehtiyot qilib saqlanmaganligi uchun javobgarlikni belgilaydi.
2. Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan beriladigan davlat boshqaruvi organlari rahbarlari xizmat guvohnomalariga joriy etilmaydi.
3. Huquqni muhofaza qilish organlari, harbiylashtirilgan tuzilmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi oʻz nizomlarini oʻz faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlaydilar hamda xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, almashtirish, hisobga olish va saqlashni tashkil etish tartibiga nisbatan ushbu Namunaviy nizomdagidan oʻzgacha talablarni nazarda tutishga haqlidirlar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Namunaviy nizom asosida xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi oʻz nizomlarini tasdiqlaydilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
5. Xizmat guvohnomasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga beriladi hamda xodimning shaxsi va lavozimini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Xizmat guvohnomasi xodimning pasporti oʻrnini bosmaydi.
6. Xizmat guvohnomasi ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq asosida birinchi rahbarning qarori bilan belgilanadigan kadrlar bilan ishlash xizmatlari yoki boshqa xizmatlar tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
7. Xizmat guvohnomasi muayyan muddatga, biroq 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi va quyidagi hollarda:
xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
xodimning lavozimi oʻzgarganda;
xizmat guvohnomasi yaroqsizlanganda;
xizmat guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda almashtiriladi.
Hujjat yoʻqotib qoʻyilganda xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va birinchi rahbarning qarori bilan yangi guvohnoma beriladi.
8. Berilgan xizmat guvohnomasining saqlanishi uchun javobgarlik uning egasiga yuklanadi. Xizmat guvohnomasi yoʻqotib qoʻyilganligi, yaroqsizlanganligi va ehtiyotlab saqlanmaganligi uchun aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
9. Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish qatʼiyan taqiqlanadi.
II. Xizmat guvohnomalarini tayyorlash, saqlash va hisobga olish
10. Xizmat guvohnomalari blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalari asosida faqat “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi korxonalarida ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq tavsifga binoan, qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi.
11. Xizmat guvohnomalari blankalarini hisobga olish xizmat guvohnomalarini berish va qaytarish hisobga olib boriladigan maxsus daftarlarda yuritiladi. Blankalar yetishmagan, yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan hollarda xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy yoki boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
12. Toʻldirishda buzilgan blankalar bekor qilinadi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
13. Guvohnomalar blankalari kirimi, sarfi va mavjud qoldigʻi hisobot davri oxirida bunga vakolatli shaxslar tomonidan tekshiriladi va dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
14. Xizmat guvohnomalarining muqovalari ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga javob berishi kerak hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining buyurtmanomalari boʻyicha faqat “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi korxonalarida tayyorlanadi.
15. Xizmat guvohnomalarini tayyorlashda davlat ramzlaridan (gerb, bayroq), golografik belgilar, muhrlar va shu kabilardan foydalanishga amaldagi qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda ruxsat beriladi.
16. Xizmat guvohnomalari blankalari kompyuterdan foydalangan holda, xodimni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq va uning pasporti asosida toʻldiriladi. Zarur maʼlumotlar kiritilgandan keyin guvohnomalar blankalariga ularning egalari fotosuratlari yopishtiriladi, u organning birinchi rahbari tomonidan imzolanadi, davlat organining gerbli muhri (xoʻjalik boshqaruvi organining muhri), zaruriyat boʻlganda — golografik belgi bilan tasdiqlanadi va plastik plyonka bilan himoya qilinadi.
17. Xizmat guvohnomalarini berish va qaytarish maxsus daftarlarda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ularda guvohnomaning egasi, guvohnomaning, blankaning tartib raqami, guvohnoma berilgan sana, uning amal qilish muddati, u berilganligi va yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi (4-ilova) maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Toʻldirish daftarlari ip oʻtkazib tikiladi, muhrlanadi va tegishli xizmatlarda kamida 5 yil saqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
18. Xodimlarning xizmat guvohnomalari amal qilish muddati tamom boʻlgan, amal qilish muddati tamom boʻlgungacha ishdan boʻshagan hollarda va boshqa hollarda uni bergan organga qaytarilishi shart. Xodimlarning xizmat guvohnomalari qaytarilishi yuzasidan javobgarlik tegishli organlarning shaxsan birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
19. Xizmat guvohnomalarini hisobga olish ularning egalari, amal qilish muddati, yoʻqotib qoʻyilganligi, bekor qilingani toʻgʻrisida tizimli va tezkor maʼlumot olishni taʼminlash hamda ushbu maʼlumotlarni binolarni qoʻriqlashni taʼminlaydigan xizmatlarga berish hisobga olingan holda yuritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
20. Zarur hollarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat guvohnomalarini tayyorlash, berish, ularning hisobini yuritish va saqlanishini taʼminlash ishlarining holati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrganiladi.
III. Xizmat guvohnomalaridan foydalanish
21. Xizmat guvohnomalaridan foydalanish huquqi ushbu Namunaviy nizomga 3-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
22. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan xizmat guvohnomalari koʻrsatib oʻtilgan organlar binolariga (xonalariga) kirish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasining masʼul mansabdor shaxslari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari binosiga qoʻshimcha talablarsiz, xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda kirish huquqiga ega.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Alohida tartib oʻrnatilgan davlat organlarida binoga kirish maxsus ruxsatnoma berilgan holda, ushbu organ uchun amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Xizmat guvohnomasi tekshirish huquqini beradigan hujjat hisoblanmaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bunday huquqqa ega organlar tomonidan berilgan xizmat guvohnomasi bundan mustasno.
24. Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelgan xizmat guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi va yoʻq qilinadi.
Olib qoʻyilgan va qaytarilgan xizmat guvohnomalarini yoʻq qilish har yili, ulardan bundan keyin foydalanishni istisno etadigan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
25. Xizmat guvohnomalarini yoʻq qilish dalolatnomalari tegishli organning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va kamida 5 yil saqlanadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
Xizmat guvohnomalari blankalari tavsifi va ularni toʻldirish boʻyicha
TALABLAR
Xizmat guvohnomalari blankalari (namuna ilova qilinmoqda)* 60 x 85 mm oʻlchamga ega boʻlgan, har bir yarmi (yozuvli qismi) boʻyicha sakkiz qirra shaklida suv qogʻoz belgili bayroqning koʻk va zangori rangiga boʻyalgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻiga oʻxshash boʻyoqning himoya toʻriga ega boʻladi.
*Ilova berilmaydi.
Blankaning chap tomonidagi yuqori burchagida oq rangli oʻn ikki yulduzchali yarim oy tasviri joylashtiriladi. Oʻng tomonining chap qismida 3 x 4 sm oʻlchamli fotosurat uchun ramka joylashtiriladi, yonidagi oʻng tomonida oq fonda Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tasviri boʻladi.
Xizmat guvohnomalari blankalarini tayyorlashda ayrim hollarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasman tasdiqlangan ramzlari tasviridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Zaruriyat boʻlganda, texnik imkoniyatlar hisobga olingan holda, xizmat guvohnomalari blankalari himoyaning qoʻshimcha darajasi bilan tayyorlanishi mumkin.
Xizmat guvohnomasi blankasini toʻldirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining nomi, guvohnoma egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, tarkibiy boʻlinma nomi, hisobga olish raqami, amal qilish muddati, guvohnomani imzolagan rahbarning lavozimi, familiyasi hamda ismi va otasining ismi bosh harflari va “lavozimdan boʻshaganda qaytarilishi kerak” degan ogohlantiruvchi yozuv mavjud boʻlishi majburiy talab hisoblanadi. Matn gorizontal holatda joylashtiriladi.
Xizmat guvohnomalari blankalari kompyuterdan foydalangan holda, lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror (farmoyish, buyruq va shu kabilar) va xodimning pasporti asosida toʻldiriladi.
Guvohnomalarning asosiy rekvizitlarini (vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, muassasalar nomi, rahbarning lavozimi, ogohlantiruvchi yozuv va shu kabilarni) blankani matbaa usulida tayyorlash jarayonida kiritishga ruxsat beriladi.
Xizmat guvohnomalarining matni maxsus binolarda himoyalangan kompyuterda bosiladi. Axborot bazasi masʼul shaxsda saqlanadi va bino tashqarisiga chiqarilmaydi.
Zarur maʼlumotlar kiritilgandan keyin guvohnomalar blankalariga ularning egalari fotosuratlari yelimlanadi, birinchi rahbar tomonidan imzolanadi va davlat organining gerbli muhri (xoʻjalik boshqaruvi organi muhri) bilan tasdiqlanadi.
Xizmat guvohnomalari rahbarning imzolashi uchun faqat uni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Guvohnomalarni tasdiqlash uchun foydalaniladigan muhr tegishli xizmat rahbarida saqlanadi va undan faqat uning ishtirokida foydalaniladi.
Qalbakilashtirishni istisno etish maqsadida xizmat guvohnomasiga qoʻshimcha ravishda golografik belgi qoʻyilishi mumkin va plastik plyonka bilan himoyalanadi.
Matn mazmuni bir xil boʻlgan davlat tilida (oʻng tomonida) va rus tilida (chap tomonida) toʻldiriladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
Xizmat guvohnomalari muqovalarini tayyorlashga qoʻyiladigan
TALABLAR
Xizmat guvohnomalari muqovalari charmdan yoki uning oʻrnini bosadigan materiallardan tayyorlanadi. Har bir tomondagi ichki foydali maydonining oʻlchami 60 x 85 mm boʻladi.
Muqovaning yuqori qismi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining oltin suvi yuritilgan 25 mm diametrli Davlat gerbi joylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ostida davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organining davlat tilidagi toʻliq nomi joylashtiriladi (xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan beriladigan xizmat guvohnomalari muqovalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi). Shriftning oʻlchami tegishli organning toʻliq nomidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Yozuvda zarhaldan foydalaniladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 3-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xizmat guvohnomalaridan foydalanish huquqi berilgan xodimlar toifalari
tayinlanishi va tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan yoki Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari.
2. Vazirliklar
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari;
hududiy boʻlinmalar va vazirlik nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari.
3. Davlat qoʻmitalari
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari va mutaxassislari;
hududiy boʻlinmalar va davlat qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, viloyat boʻysunishidagi shaharlar va tumanlar rahbarlari va mutaxassislari.
* Izohlar:
1. Huquqni muhofaza qilish organlari, harbiylashtirilgan tuzilmalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi xodimlar toifalarini mustaqil ravishda belgilaydilar.
2. Roʻyxatga kiritilmagan xodimlarning boshqa toifalariga shaxsini tasdiqlash va binoga (xonaga) kirish huquqini berish uchun xavfsizlik talablariga javob beradigan ruxsatnomalar beriladi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 4-ILOVA
Xizmat guvohnomalarini berish va qaytarishni hisobga olish DAFTARI