

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                        
                        <div class="act_warning">
                            <b>Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga</b>
                            <br />
                            <a style="color: green" href="/mact/-1929167">Amaldagi versiyaga o‘tish</a>
                        </div>
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1929167">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9451"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1929167">[<b>TSZ:</b><div id="LS4601"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></a></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><a id="-1930981"><a href="/files/1929343.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1930984">ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1930985">buyrugʻi</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1930987">ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA ISHGA TUSHIRISH-SOZLASH ISHLARINI BAJARISH VA QABUL QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA</a></div><div class="DEPARTMENTAL"><a id="-1930999">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2307]</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1931002"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931006">Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-639966#-818628">nizomga </a>muvofiq buyuraman: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931018">1. Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalari <a href="/mact/-1929167#-1931035">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931019">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931023">Boshliq A. NIMATULLAYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931026">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931028">2011-yil 25-noyabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1931031">25-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1931035"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-1931039">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 25-noyabrdagi 25-son <a href="/mact/-1929167">buyrugʻiga</a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-1931046">Issiqlik elektr stansiyalarida ishga tushirish- sozlash ishlarini bajarish va qabul qilish </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1931047"><strong>QOIDALARI</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1931381"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931048">Mazkur Qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-639966#-818628">nizomga</a> muvofiq, issiqlik elektr stansiyalarida, issiqlik elektr markazlarida, issiqlik markazlarida va qozonxonalarda (bundan keyin matnda — obyekt deb yuritiladi) <a href="/mact/-6954979">ishga tushirish-sozlash ishlarini</a> (bundan keyin matnda — ITSI deb yuritiladi) tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni, ularning bosqichlari va bosqichlar boʻyicha mazmunini, shuningdek elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning ishonchli va xavfsiz texnologik jarayonini taʼminlash maqsadida ularni bajarish tartibini va ITSIda qatnashayotgan tashkilotlarning asosiy vazifalari va oʻzaro munosabatlarini belgilaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1931049">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931050">1. Obyektni ITSIda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931051">buyurtmachi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931052">bosh pudrat tashkiloti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931054">bosh sozlash tashkiloti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931055">ixtisoslashtirilgan subpudrat (montaj, sozlash va boshqa) tashkilotlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931056">bosh loyihalash tashkiloti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931057">subpudrat loyihalash tashkiloti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931059">texnik yechimlarni ishlab chiquvchi — ilmiy-tadqiqot tashkiloti; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931060">ishlab chiqarish tashkilotlari (uskunalarni ishlab chiquvchi zavodlarning sozlovchi xodimlari) qatnashadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931063">Aniq shart-sharoitlardan kelib chiqib, bir nechta qatnashchilarning funksiyalari bitta tashkilot tomonidan bajarilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931064">2. Buyurtmachining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931065">qurilish, montaj, sozlash va uskunalarni sinashning sifati, uskunalar, uzellar va blokda ishga tushirishdan oldingi va ishga tushirish operatsiyalarining oʻtkazilishi, Davlat qabul komissiyalarining (bundan keyin matnda — DQK deb yuritiladi), ishchi komissiyalarning (bundan keyin matnda — IK deb yuritiladi) ishi hamda uskunalardagi, qurilish va montajdagi nuqsonlarning yoʻq qilinishi ustidan umumiy, tezkor va texnik boshqaruvni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931066">uskunalar va apparaturani montajdan oldingi taftishning tashkil etilishi va oʻtkazilishini, ishlarni moliyalashtirishni taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931067">malakali ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar (uzel boʻyicha ishlatib koʻrishdan boshlab), zarur miqdorda ish vositalari va xom ashyolar, namuna priborlari, loyihalash va ishlab chiqarish tashkilotlarining texnik hujjatlari bilan taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931073">obyektni ITSIda qatnashchilarining uskuna, qurilma va hujjatlarining saqlanishini taʼminlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931075">bosh pudrat tashkiloti bilan birgalikda obyektning ITSIda xavfsizligini taʼminlaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931080">3. Bosh pudrat tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931083">pudrat shartnomasida koʻzda tutilgan ITSIni tashkil etish hamda oʻz kuchlari va jalb qilingan ixtisoslashtirilgan subpudrat tashkilotlarining kuchlari bilan belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931086">ixtisoslashtirilgan subpudrat tashkilotlarining ishlar koʻlamini taʼminlash, ularga loyiha-smeta hujjatlarini, maydonchada ishlab chiqarish va yordamchi xonalar bilan taʼminlash.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931088">Bosh pudrat tashkiloti pudrat shartnomasida koʻzda tutilgan ishlarning tasdiqlangan loyihalar, smetalar va ishchi chizmalarga muvofiq bajarilishi boʻyicha buyurtmachi oldida javobgardir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931092">4. Bosh sozlash tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931094">obyektda ITSIning oʻziga tegishli ish hajmining bajarilishini taʼminlash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931095">obyektda ITSIning oʻziga tegishli ish hajmiga qoʻshimcha ravishda sozlash ishlarining hajmini taqsimlash (muvofiqlashtirish rejasini tuzishda), ITSIning barcha qatnashchilarining harakatlarini muvofiqlashtirish, ITSIning barcha qatnashchilari tomonidan ITSI bajarilishining natijalarini nazorat qiladi va DQK va IQK ishida qatnashish, obyektda ITSIning qatnashchilari bilan birgalikda ITSIning natijalarini umumlashtirish va ular asosida buyurtmachiga, loyihalash tashkilotlariga va ishlab chiqarish tashkilotlariga uskunalarning texnologiyalari, sxemalari, rejimlari va konstruksiyalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar berish va ularning tatbiq etilishini kuzatish, buyurtmachi bilan birgalikda yoʻriqnomaviy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931097">Bosh sozlash tashkiloti buyurtmachi bilan birgalikda ITSIning bajarish muddatlari va sifati uchun hamda uskunalarning ekspluatatsiyaga tushirilishi uchun asosiy javobgardir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931100">Bosh sozlash tashkilotining ITSIning texnologiyasi va bajarish muddatlari boʻyicha koʻrsatmalari ITSIning barcha qatnashchilari uchun majburiydir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931103">Bosh sozlash tashkiloti ITSIda qatnashmaganda, ishlarning hajmini taqsimlash, ITSIning barcha qatnashchilarining harakatlarini muvofiqlashtirish va ITSI bajarilishining natijalarini nazorat qilish boʻyicha uning funksiyalari buyurtmachi yoki obyekt “tayyor holda topshirish” shartlarida topshirilganda — bosh pudrat tashkiloti tomonidan bajariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931107">5. ITSIda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning vazifalari buyurtmachi bilan tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931110">6. ITSIning texnologiyasi — bu ularni funksional-texnologik uzellarni (bundan keyin matnda — FU deb yuritiladi) sozlash (har bir uzel boʻyicha) tamoyili boʻyicha oʻtkazilishidir. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931112">Har bir uzel boʻyicha sozlash uskunaning yakka tartibdagi sinovlarini oʻtkazishdan keyin boshlanadi va uskuna ekspluatatsiyaga tushirilishiga qadar davom etadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931113">7. ITSIni bajarish bosh sozlash tashkiloti yoki shartnoma asosida jalb qilinadigan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931114">8. ITSIni bajarishga tayyorgarlik bosh sozlash tashkiloti aniqlangandan boshlab, biroq rejalashtirilayotgan kompleks sinash davri boshlanishidan 18 oy oldin boshlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931116">9. Bosh sozlash tashkilotining zarurligi buyurtmachi tomonidan aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931117">10. ITSIning tashkiliy taʼminoti quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931134">ITSIning muvofiqlashtiruvchi rejasini tuzish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931135">ITSI uchun smeta hujjatlarini ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931136">ITSIni bajarish uchun pudrat shartnomasini tuzish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931138">barcha bosqichlarda sozlash tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishni taʼminlovchi muddatlarda ITSIning moliyalashtirilishini amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931139">11. ITSIning texnik taʼminoti quyidagilardan iborat:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931141">ITSIning loyihasini ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931142">obyektning loyihasi bilan tanishib chiqish, loyihani tahlil qilish va u boʻyicha eʼtirozlarni bildirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931144">ishga tushirish-sozlash hujjatlarini ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931145">vaqtinchalik ekspluatatsion hujjatlarni ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931148">ITSIni bajarish uchun ekspluatatsion xodimlarni tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931150">texnologik uskunalarning, quvurlarning, elektr texnik uskuna va apparaturaning, nazorat qilish va texnologik jarayonlarni boshqarish vositalarining kirish nazoratini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931151">qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat qilish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931152">12. ITSIning moddiy taʼminoti — moliyalashtirish, ITSI jarayonini uskunalar, asboblar, ashyolar, energiya resurslari va aloqa bilan taʼminlashdan iborat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931157">13. ITSIda qatnashuvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy xonalari, turar joy, tibbiy xizmat, transport xizmatlari, maktabgacha tarbiya va maktab muassasalarida joylar, ijtimoiy-madaniy-maishiy muassasalardagi xizmatlar, shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi buyurtmachi bilan bosh pudrat tashkiloti oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931158">14. Ishga tushirishdan oldin boʻladigan ishlarni va ITSIni bajarishning texnologik ketma-ketligi, davomiyligi va bajarish navbati ishga tushirish-sozlash hujjatlari tarkibiga kiruvchi ITSIni bajarish jadvalida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931160">15. Jadvalda texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (bundan keyin matnda — TJ ABT deb yuritiladi) avtonom sozlashni va asosiy uskunalarni montaj qilishning parallel oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1931161">II. ITSIni bajarish bosqichlari va ularni tashkil etish </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931162">16. ITSIning bajarilishi quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931164">tayyorlov;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931166">uskunalarni (mashinalar va mexanizmlar, apparatlar, armaturalar, axborotlarni uzatish va boshqarish vositalari) montaj qilishdan oldin taftish qilish va tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931168">uskunalarni montajdan qismlar boʻyicha qabul qilish va yakka tartibda sinash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931169">FU uskunalarini yakka tartibdagi sinovlardan har bir uzel boʻyicha qabul qilish (montajning toʻliq va sifatli qilinganligi yuzasidan zarur nazoratni qoʻshgan holda). Har bir uzel boʻyicha qabul qilish, uzelning barcha turdagi uskunalarini har bir uzel boʻyicha sozlashni boshlash vaqtida uni boshlashga tayyorligini tekshirish uchun xizmat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931171">ishlamayotgan uskunalarda FUni har bir uzel boʻyicha ishga tushirish-sozlash (sovuq sozlash) va ularni yuklama ostida ishlatib koʻrish. Ishlayotgan uskunalarda FUni ishga tushirish-sozlashdan ekspluatatsiya rejimiga, qurilish-montajga tayyorligini tekshirishga va har bir uzel boʻyicha kompleks sozlashga topshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931173">blokni (yoki alohida qozon agregatini, turboagregatni) qurilish-montajga toʻliq tayyorligini tekshirish uchun sinxronizatsiya (yoki alohida qozon agregati uchun sinxronizatsiyasiz) va yuklamani orttirib borish yoʻli bilan ishlatib koʻrish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931174">uskunaning rejimlarini ishlab chiqish uchun FUni, TJ ABTning kichik tizimlari va blokli boshqarish shchitining tezkor konturini qoʻshgan holda, har bir uzel boʻyicha kompleksli (bundan buyon matnda kompleksli deb ataladi) sozlash va sinash. FUni nazorat va boshqaruv tizimini qoʻshgan holda, tajribaviy ekspluatatsiya qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, FUni sanoat ekspluatatsiyasiga topshirish. Blokni (qurilmani) kompleks ishlatib koʻrilishini oʻtkazish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931175">blokni (qurilmani) DQK tomonidan, energetik uskunalarning kerakli sinovlarini oʻtkazish va tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish bilan ekspluatatsiyaga qabul qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931176">ITSIni bajarish shartnomasida belgilangan nazorat ostidagi yoki kafolatlangan ekspluatatsiya.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931178">17. Obyektda ITSIni tashkil etishning ikki turi mavjud:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931180">sozlash ishlarini bajaruvchi va brigadalarga birlashtirilgan bitta kasb mutaxassislari (issiqlik mexaniklari, elektriklar, TJ ABT mutaxassislari va boshqalar) tomonidan olib boriladigan ishlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931181">uzellar boʻyicha kompleksli brigadalar tomonidan (bundan buyon matnda uzel brigadasi deb yuritiladi) olib boriladigan ishlar. Har bir uzel brigadasiga FUni sozlash uchun zarur barcha kasb mutaxassislari kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931183">18. ITSIni tashkil etishning birinchi turi quyidagi hollarda qoʻllaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931184">uskunani montajdan oldingi taftish qilishda, tekshirishda, qism boʻyicha montajdan qabul qilishda va yakka tartibda sinashlarda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931185">uskunaning ishlash mustahkamligini loyiha hajmida dastlabki taʼminotini uning alohida turlari boʻyicha oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻlganda, uzellarni kompleksli sozlashning boshlangʻich bosqichida.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931186">19. ITSIni tashkil etishning ikkinchi turi, yakka tartibdagi sinashdan uzellar boʻyicha qabul qilish bosqichidan boshlab va DQK tomonidan blok (qurilma) qabul qilinishiga qadar (kompleksli sozlashning boshlangʻich bosqichidan tashqari) ITSI uzel brigadalarining kuchi bilan bajariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931187">20. Uzel brigadasi, uskunani yakka tartibda sinash davrida kompleksli ishchi kichik komissiyalarining (bundan keyin matnda — KIKK deb yuritiladi) qarori bilan ushbu FUda shartnoma boʻyicha montaj va sozlash ishlarini bajarayotgan tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari tarkibidan tashkil etiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931189">21. Uzel brigadasiga buyurtmachining, uzel boʻyicha sozlash tashkilotining, texnik yechimlarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotining yoki ishlab chiqarish tashkilotining yuqori malakali mutaxassislari tarkibidan tayinlangan brigadir boshchilik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931190">Uzel brigadalarining brigadirlari, zarur boʻlganda uzel brigadasining tarkibi buyurtmachi yoki bosh sozlash tashkiloti yoki bosh pudrat tashkiloti (obyekt “tayyor holda topshirish” shartlarida topshirilganda) tomonidan tayinlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931191">22. Uzel brigadasining brigadiri va uning tasarrufidagi brigada ikki va undan ortiq FUda ITSIni bajarishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931192">23. KIKK tarkibiga uzeldagi ishlarni tashkil etish va qabul qilish uchun zarur boʻlgan barcha mutaxassis xodimlar kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931193">KIKK raislari buyurtmachining yoki bosh pudrat tashkiloti (obyekt “tayyor holda topshirish” shartlarida topshirilganda) tomonidan buyurtmachining yoki mazkur uzel boʻyicha sozlash tashkilotlarining (rahbariyat bilan kelishilgan holda), texnik yechimlarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotining, shuningdek ishlab chiqarish tashkilotlarining tajribali va vakolatli mutaxassislaridan tayinlanadi. Bitta mutaxassis ikki va undan ortiq KIKKlarning raisi etib tayinlanishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931194">KIKK raisi IKning aʼzosi boʻlib hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931195">Raislarni tayinlash va KIKKni tashkil etish obyektning yakka tartibdagi sinovlarini oʻtkazish davrida amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931196">24. IK “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04 bilan belgilangan tartibda va shartlarda tashkil etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931197">25. IK tomonidan “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04ga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kichik komissiyalar KIKKga oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha yordam koʻrsatilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931198">IK tashkil etilishiga qadar buyurtmachi xonalarni, uskunalarni va boshqalarni qabul qilish uchun sex komissiyalarini tashkil etishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931200">26. ITSIni bajarishni tashkil etish blok yoki alohida qurilmaning uzellarini bosqichma-bosqich “komplekslanishining”, kompleks sozlash davrida ularni toʻliq funksional bogʻlanishga chiqishi bilan, izchil oʻsib borishini koʻzda tutishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931202">27. ITSIning tayyorlov bosqichi ishchi chizmalar ishlab chiqarilgandan keyin boshlanadi. Mazkur ishlar ITSIda qatnashuvchi tashkilotlar tomonidan yakka tartibda oʻzaro kelishilgan holda muvofiqlashtirish rejasiga koʻra bajariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931203">28. Uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, armatura, nazorat va boshqaruv vositalarini montajdan oldin taftish qilish va tekshirish bosqichida umumiy tezkor-texnik rahbarlikni obyekt rahbariyati tomonidan tayinlangan shaxs amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931204">Taftish obyektning tegishli sexlari yoki obyekt xodimlari tomonidan montaj, taʼmirlash va sozlash tashkilotlarini jalb qilgan holda oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931205">Sexlar yoki obyektning tegishli xodimlari taʼmirlash va sozlash xodimlari uchun, shu maqsadlarda ajratilgan xonalarda ish joylari tashkil etilishini taʼminlaydilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931206">29. Montajdan va yakka tartibdagi sinovlardan qismlar boʻyicha qabul qilish bosqichida umumiy tezkor-texnik rahbarlikni obyekt rahbariyati tomonidan tayinlangan shaxs amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931207">30. ITSI sozlash tashkilotlari tomonidan muvofiqlashtirish rejasiga binoan bajariladi. Sexlar yoki obyektning tegishli xodimlari, sozlash xodimlari uchun shu maqsadlarda ajratilgan xonalarda ish joylari tashkil etilishini taʼminlaydilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931209">Mazkur bosqichning natijasi boʻyicha IK tomonidan uskunalarni yakka tartibda sinashdan keyin qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5639491"><a href="/mact/-1929167?ONDATE=07.01.2012 00#-1931210">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5639491"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5639492">31. ITSIni bajarish uchun kuchlanishni uzatish <a href="/mact/-7051573">elektr stansiyasi</a> tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5639493">(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/mact/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5547027">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931211">32. Asosiy va umumstansiyaviy uskunalar FUning uskunalarini har bir uzel boʻyicha montajdan va yakka tartibdagi sinovlardan qabul qilish bosqichida umumiy tezkor-texnik rahbarlikni obyekt rahbariyati tomonidan tayinlangan shaxs amalga oshiradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931212">FUni montajdan va yakka tartibda sinashdan qabul qilish kompleks ravishda, qurilish, issiqlik montaj, elektr montaj va sozlash tashkilotlari tomonidan uzelni qurilish, issiqlik montaj va yakka tartibda sinash ishlari qismida tayyorligini, shuningdek uskunalarni taftish qilish, qismlar boʻyicha qabul qilish, yakka tartibda sinash vaqtida tuzilgan hujjatlarni (dalolatnomalarni, bayonnomalarni, jurnallarni) koʻrib chiqqan holda amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931213">33. Uzellar boʻyicha sozlash va ishlatib koʻrishni boshlashga qadar uzelning texnologik uskunalarini montaj qilish ishlari batamom tugatilgan, uskunalarning ishga tushirilishini talab qilmaydigan sozlash operatsiyalari texnologik uskunalarda bajarilgan, ushbu uzelga kiruvchi TJ ABTning kichik tizimlari uchastkalarida avtonom sozlash tugatilgan boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931214">Uskunalarni montajdan uzel boʻyicha qabul qilish KIKK tomonidan amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931216">Mazkur qabul qilishda obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931217">34. Uzelni montajdan va yakka tartibda sinashdan qabul qilish jarayonida nosozliklar va tugatilmay qolgan joylar aniqlangan boʻlsa, u holda ular bartaraf etilishiga qadar qabul qilish toʻxtatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931218">35. Loyihada, zavod yoʻriqnomalari va boshqa hujjatlarda koʻzda tutilmagan ishlarni bajarish, ularni bajarish zarur boʻlganda, IKning dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931221">36. Ishlamayotgan uskunalarda FUni ishga tushirish-sozlash (sovuq sozlash) va yuklama ostida ishlatib koʻrish (qozonlar qizdirilgan holda kuchlanish, havo, bugʻ, suv, moyni uzatib), keyingi kompleks sozlashga uzellar boʻyicha qabul qilish bosqichida umumiy texnik rahbarlikni obyekt rahbariyati tomonidan tayinlangan shaxs amalga oshiradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931222">Sovuq sozlash bandlarining bajarilishi “Funksional-texnologik uzelni yuklama ostidagi sinovlarga tayyorligi daftari”da aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931224">37. Uzelni ishga tushirish-sozlashni brigadir rahbarligi ostida uzel brigadasi bajaradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931227">FUning ishga tushirish-sozlash va ishlatib koʻrish bosqichidagi ishlar obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan ishchi dasturlar boʻyicha bajariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931228">38. Uzelni yuklama ostida ishlatib koʻrish uning sovuq sozlanishi toʻliq tugatilganidan soʻng amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931230">Uskunalar uzellarining ishga tushirish-sozlash va ishlatib koʻrish bosqichi ishga tushirib koʻrish bilan tugallanadi. Shunda blokning (qurilmaning) yuklamani olgan holda qurilish-montaj jihatidan tayyorligini, uning ekspluatatsiya va kompleks sozlash rejimiga chiqarilishini tekshirish maqsadida blok (qurilma) sinovining xavfsiz va ishonchli oʻtkazilishini taʼminlash uchun kerakli hajmda oʻrnatmalarni korrektirovka qilish, himoyalar, blokirovkalar, qoʻzgʻatgichni avtomatik tartibga solish, signalizatsiya, avtomatik tartibga solish tizimi, funksional-guruh boshqaruvi (bundan keyin matnda — FGB deb yuritiladi) va axborotni taqdim etish kichik tizimini sozlash, tekshirish va ulash tugallanadi. FUni yuklama ostida ishlatib koʻrishning texnik dasturlarida ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning vazifalari koʻrsatib beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931232">39. ITSIdan keyin uzelning qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirishga va kompleks sozlashga qabul qilish maqsadida uni ishlatib koʻrishni tashkil etish KIKK tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931234">Agar uzelni ishlatib koʻrish jarayonida shikastlanishlar, nuqsonlar yoki tugatilmay qolgan joylar aniqlansa, ishlatib koʻrish toʻxtatiladi va ular bartaraf etilganidan soʻng boshidan oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931236">Har bir uzel boʻyicha ushbu bosqichning nihoyasiga yetkazilishi obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadigan uzelni sinash bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931238">40. Uzelni montaj qilish va yakka tartibda ishlatib koʻrishdan keyin qabul qilish dalolatnomasi hamda uzelni sinash bayonnomasi obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlansa, uzel qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirishga va kompleks sinashga qabul qilingan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931240">41. Energetik blokni ishga tushirish kompleksining yoki alohida agregatning qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirish uskunalarni loyihaviy sxemalar boʻyicha ishga tushirilishini koʻzda tutuvchi maxsus texnik dastur boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda alohida qozon agregati uchun loyihaviy parametrlardagi bugʻning olinishi, energetik blok va generatorli alohida turboagregat uchun esa — sinxronlash va elektr yuklamasini belgilangan qiymatlarga yetkazilishi koʻzda tutiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931242">42. Qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirish dasturi bosh sozlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bosh sozlash tashkiloti ITSIda qatnashmagan taqdirda, dastur montaj va sozlash tashkilotlarini jalb qilgan holda, buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931243">43. Uskunalarning tezkor boshqaruvi buyurtmachini ekspluatatsiya qiluvchi xodimlari tomonidan, oldindan ishlab chiqilgan ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalari va qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirish dasturi boʻyicha amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931245">Uskunaning tayyorligini tekshirishda dasturga muvofiq montaj, sozlash, texnik yechimlarni ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotining xodimlari va ishlab chiqarish tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931247">Obyektning texnik rahbari uning qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirishning rahbari boʻlib hisoblanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931248">ITSIning mazkur bosqichi nihoyasiga yetkazilganda IKning blok (qurilma) uskunalarini qurilish-montaj jihatidan tayyorligini tekshirishdan keyin qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnomaga uskunalarning, montaj qilishning va qurilishning sinovlarda aniqlangan nuqsonlarining roʻyxati, shuningdek uzellarni kompleks sozlash va blok yoki alohida agregatni ishlatib koʻrish dasturi ilova qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931250">44. Ishga tushirish kompleksining qurilish-montaj jihatdan tayyorligini tekshirishda aniqlangan uskunalarni montaj qilishning va qurilishning nuqsonlari uskunalarni uzellar boʻyicha kompleks sozlash boshlanishiga qadar bartaraf etilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931252">45. Uzellarni kompleks sozlash bosqichida uzellar boʻyicha sozlash, uskunalarni quyidagi turli ishlash rejimlarida sinash oʻtkaziladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931254">alohida FUni ishga tushirgan holda blok yoki alohida agregat toʻxtatilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931256">blok yoki alohida agregatni sozlash sinovlarining dasturi boʻyicha ishga tushirish va toʻxtatishda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931258">elektr yuklamasini sozlash dasturi boʻyicha belgilanadigan darajada saqlab turishda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931259">Shu davrda toʻxtatilgan uskunalarda nihoyasiga yetkazish ishlari oʻtkaziladi, uzellarni sozlash jarayonida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931261">46. Uzellarni kompleks sozlash dasturi loyihaviy hajmda ishonchli oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida birinchi bosqichda alohida turdagi uskunalarni dastlabki sozlash uchun turli kasb mutaxassislarining alohida ishlashini, keyin esa — qabul qilish bosqichida brigadirlarning rahbarligi ostida tashkil etiladigan uzel brigadalarining kompleks ishlashini koʻzda tutadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931262">47. Uzellar boʻyicha sozlashning nihoyasiga yetkazilganligi uzel brigadalari tomonidan uzellarni (energetik blokning kerakli ishlash rejimlarida) kompleks sinovlarini oʻtkazish bayonnomalari bilan rasmiylashtiriladi va ular obyektning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931265">Xuddi shu davrda TJ ABTning kichik tizimlarini (shu jumladan, boshqaruv shchitining tezkor konturini) kompleks sozlash, ularning tajribaviy ekspluatatsiyasi va sanoat ekspluatatsiyasiga topshirish oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931267">Kompleks sozlash davrida uskunalarning alohida dasturlar boʻyicha ishlashi koʻzda tutiladi va ushbu davrda elektr energiyasini dispetcherlik jadvali boʻyicha ishlab chiqilishi rejalashtirilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931270">48. Kompleks sozlash davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931271">uskunalarni oʻzgaruvchan va statsionar rejimlarda ishlashida FUni texnologik sozlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931274">uskunalarni turli issiqlik holatlaridan ishlab chiqarish tashkilotlarining jadvallari boʻyicha ishga tushirilishini va ishlatib koʻrilishini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931278">diskret va bir xil parametrlarning axborot kanallarini sozlash, shuningdek uskunalarni ishlatish natijalari boʻyicha axborotlar bazasiga tuzatishlar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931280">uskunalarning statik va dinamik tavsiflarini eksperimental aniqlash, avtomatik rostlash tizimlarini loyihaviy hajmda ishga tushirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931281">ishlayotgan uskunalarda texnologik algoritmlarni va TJ ABT masalalari kompleksining dasturlarini sozlash va ularga tuzatishlar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931283">FGB tizimlarini ishga tushirishning natijalari boʻyicha FGBning texnologik algoritmlari va dasturlariga hamda blokirovkalarga tuzatishlar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931285">ekspluatatsion texnik hujjatlarga tuzatishlar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931287">ishlayotgan va ishlamay qolgan TJ ABT sharoitlarida boshqaruv rejimlarini va tezkor xodimlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931289">TJ ABTning masalalari kompleksi va kichik tizimlarini, uskunalarni oʻzgaruvchan va statsionar ishlash rejimlarida sinovlarni oʻtkazgan holda, tajribaviy ekspluatatsiyasi, uskunalarning maksimal imkoniyatlari (loyihaviy koʻrsatkichlar miqyosida) va eng uzoq yuklamasi yuzasidan tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931291">TJ ABTning ishga tushiriladigan masalalari kompleksi va kichik tizimlarini sanoat ekspluatatsiyasiga kiritilayotgan energetik uskunalari tarkibida topshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931299">49. Kompleks sozlash, “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04 ning 2-ilovasiga muvofiq, dalolatnomani rasmiylashtirgan holda, uskunalarni kompleks ishga tushirib koʻrish bilan tamomlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931300">50. Energetik blokni yoki alohida agregatni kompleks sozlash dasturi boʻyicha ishlar tugatilishi va uni kompleks ishlatib koʻrishdan keyin mazkur uskunalarni ekspluatatsiyaga qabul qilish amalga oshiriladi. Ekspluatatsiyaga qabul qilish DQK tomonidan, zarur hollarda nazorat tartibida ishlatib koʻrish va sinovlari oʻtkazilishini tayinlagan holda, amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931301">51. Ishlatib koʻrish va sinovlar obyekt texnik rahbarining rahbarligi ostida, DQK tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931302">qozon agregati, turboagregat, generator, transformator va yordamchi uskunalarning asosiy yoqilgʻida ishlash rejimlarini hamda FUni statsionar va oʻzgaruvchan rejimlarda boshqarish algoritmlarini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931303">TJ ABTning barcha kichik tizimlarini kompleks tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931304">asosiy agregatlar va yordamchi uskunalarning boʻlishi maksimal (loyihaviy qiymat chegarasidagi) yuklamada birgalikda ishlashini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931306">boshqa kerakli sinovlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931307">52. Energetik blokni yoki qurilmani DQK tomonidan ekspluatatsiyaga qabul qilishda keyin “Qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish” SHNQ 3.01.04-04ga muvofiq, obyektni ekspluatatsiyaga qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-1931308">III. Yakuniy qoida</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1931310">Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Oʻzdavneftegazinspeksiya”, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “ORGRES” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Issiqlikelektrloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “NP ESAN” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan kelishilgan.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931312">Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931313"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931315">2011-yil 1-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931317">Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931318"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931319">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931321">“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi B. TESHABOYEV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931325"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931326">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931328">Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931330"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931335">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931337">“NP ESAN” MCHJ direktori G. KOAK</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931339"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931340">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931343">“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931345"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931347">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931350">“ORGRES” OAJ direktori R. UMIROV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931353"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931355">2011-yil 17-noyabr</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1931358">“Issiqlikelektrloyiha” OAJ direktori S. SHOISMATOV </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931360"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1931362">2011-yil 17-noyabr</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-1930989">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 569-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
