toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“TELEKOMMUNIKATSIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oxirgi (terminal) asbob-uskunalar — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, oʻzgartirish, qayta ishlash uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarning texnik vositalari”;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi, oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmogʻida domen nomlarini berish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui”;
2) 8-moddaning birinchi qismi:
oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining manzil makonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, rivojlantirish va ulardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini shakllantirish masalalari boʻyicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi”;
oʻn sakkizinchi xatboshisi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) quyidagi mazmundagi 81 -modda bilan toʻldirilsin:
“81-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart”;
4) quyidagi mazmundagi 101-modda bilan toʻldirilsin:
“101-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Davlat sirlari yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotni qayta ishlash uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish ixtiyoriy tusga ega boʻladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
5) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmenti domen nomlarining tizimi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlarning, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi pullidir.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari hamda ularni toʻlash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
uchinchi qismidagi “yuridik va jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar “yuridik shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Yuridik va jismoniy shaxslar” degan soʻzlar “Yuridik shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Operatorlar va provayderlar tarmoqlararo ulanishlarni telekommunikatsiyalar sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq qabul qilinadigan, ulayotgan telekommunikatsiyalar tarmogʻi operatorining texnik shartlariga koʻra taʼminlashi kerak”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 31-dekabrdagi 253 (5420)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-dekabr,
OʻRQ-314-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 557-modda)