1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.07.00 Avtomobil, temir yoʻl va truboprovod transporti boʻyicha xalqaro hamkorlik]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
AVTOMOBILDA XALQARO YUK TASHIYDIGAN AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA RAQAMLI NAZORAT QURILMALARINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekistonning 1970-yil 1-iyulda Jeneva shahrida imzolangan avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimidagi ishtiroki bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi 1998-yilda avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan transport vositalari ekipajlari ishiga tegishli Yevropa bitimiga qoʻshilganligi;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq 2010-yil 16-iyundan keyin Yevropa bitimi qatnashchilari boʻlgan mamlakatlarga avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalari raqamli nazorat qurilmalari bilan taʼminlanishi zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
21. Belgilansinki, xalqaro avtomobil qatnovida hamda M3 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarida yoʻlovchi va yuklarni shaharlararo (masofasi 400 km va undan yuqori) yoʻnalishlar boʻyicha tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi raqamli nazorat qurilmasi (taxograf) yordamida nazorat qilinadi.
Bunda haydovchi faqat raqamli nazorat qurilmasida oʻzining haydovchi kartochkasidan foydalanishi lozim boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtomobilda xalqaro yuk tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bir oy muddatda ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Yevropa bitimi talablariga muvofiq raqamli nazorat qurilmalarini bosqichma-bosqich joriy etish va ulardan foydalanish ishlari muvofiqlashtirilishini;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.06.00 Xalqaro yuk tashish]
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobilda xalqaro yuk tashishni bajaradigan avtotransport vositalarida raqamli nazorat qurilmalari tizimi joriy etilishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
340-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 546-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)