1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA (“BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2011-YIL 3-OKTABRDAGI OʻRQ-300-SON QONUNI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-dekabr,
328-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-dekabrdagi 328-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi oshkora savdolar oʻtkazilgandan keyin uch oy mobaynida oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilmagan taqdirda, kelgusida korxonaning mol-mulkini tasarruf etish “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-martdagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizomda:
qarzdorning mol-mulki toʻgʻrisida “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1421 va 143-moddalarida nazarda tutilgan maʼlumotlar”;
b) 56-bandning ikkinchi xatboshidagi “bir oy” soʻzlari “oʻn besh kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 11-iyundagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 45-modda) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “oʻn kun” soʻzlari “yetti kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 518-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 09/19/765/3739-son)