toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 06.12.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq va tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni har tomonlama ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan (mahalliy, radiotelefon, peyjing, maʼlumotlar uzatish) telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatmasdan faqat ishlab chiqarish-texnologiya maqsadlarida foydalaniladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
322-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 501-modda)