1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1993 YILNING 1 APRELIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol mollari va xizmatlarning narxlari toʻxtovsiz oʻsib borayotgan sharoitda Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
1. Shu yilning 1-aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida ish haqining eng oz miqdori oyiga 3.000 soʻm miqdorida belgilansin yoki ishlovchilarning mansab okladlari 1.2 baravar oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
2. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 3.000 soʻm miqdorida belgilansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Hozirgi vaqtda berilayotgan barcha turdagi pensiyalarning miqdori 30 foiz oshirilib, mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 3.250 soʻm qilib belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.86.00 (Кучини йукотган) Oʻquvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
4. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining stipendiyalari, kiyim-bosh va ovqat bilan taʼminlanmaydigan texnikumlar hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,2 baravar koʻpaytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarni oshirishga mazkur Farmonda koʻzda tutilgan sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
6. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlari va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
7. Xoʻjalik hisobidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ushbu maqsadlarga oʻzlarining mablagʻ manbalarini qidirib topishlariga qarab mazkur Farmonda belgilangan mehnat haqining eng oz miqdorini joriy etsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini taminlovchi choralar koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 18-mart,
PF-580-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 154-modda)