1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1993 YILNING 1 NOYABRIDAN MEHNAT HAQI, PENSIYALAR VA STIPENDIYALARNING MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol mollari va xizmatlarning narxlari oʻsib borayotgan sharoitda Oʻzbekiston Respublikasining aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida:
1. 1993-yilning 1-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
ish haqining eng oz miqdori oyiga 16.200 soʻm qilib belgilanib, ish haqi oʻrtacha 1,2 baravar oshirilsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 16.200 soʻm miqdorida belgilansin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 17.550 soʻm qilib belgilansin, hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorlari oʻrta hisobda 1,2 baravar oshirilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.86.00 (Кучини йукотган) Oʻquvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
2. Oliy oʻquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1,2 baravar koʻpaytirilsin, shu bilan birga talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
3. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari, tashkilotlar va muassasalar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asoslanib, mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq xodimlarning mansab okladlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy taʼminot vazirligi mazkur Farmonga muvofiq pensiyalarning miqdorlari qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi budjetdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni pul bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
6. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq daromad manbalarini qidirib topishiga qarab, daromad manbalari vaqtincha yetishmay qolgan taqdirda esa bank muassasalari aniq maqsadni koʻzlab beradigan kreditlar hisobidan mehnat haqini oshirish tavsiya qilinsin.
7. Ushbu Farmon bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-oktabr,
PF-679-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 379-modda)