1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh (“DAVARXITEKTQURILISh”) QOʻMITASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3646-son qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Investitsiya faoliyatini boshqarishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, qurilish kompleksining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, yangi arxitektura va shaharsozlik siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi hamda Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi huzuridagi Davlat arxitektura va shaharsozlik qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
investitsiya faoliyati sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish:
arxitektura va qurilish sohasida yagona ilmiy-texnika siyosatini oʻtkazish, shaharsozlik, arxitektura, loyiha va qurilish faoliyati, davlat normalari va standartlari tizimining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
loyihalash, qurilish hamda binokorlik materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda davlat shaharsozlik intizomiga, normalari va standartlariga rioya etilishini, binolar va inshootlar qurish sifatini nazorat qilish;
aholi istiqomat qiladigan joylarni rejalashtirish va qurishning respublika hamda mintaqa sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qurilishning texnik darajasini oshirish va sanoatlashtirish, resurslarni tejash, binokorlik mahsulotiga nisbatan narx siyosatini oʻrganish va istiqbolni belgilashga oid ishlarni tashkil etish, loyihalar qaysi idoraga qarashli ekanligidan qatʼi nazar, ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazish;
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishlari uchun majburiydir.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga doir qaror qabul qilib, qoʻmitaning Nizomi va tuzilmasini tasdiqlasin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 441-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish (“Davarxitektqurilishnazorat”) qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-dekabrdagi 580-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari hamda shahar (tuman) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarini namunaviy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-avgust,
PF-636-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 286-modda; 2017-y., 18-son, 311-modda)