1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASh FONDI (BIZNES-FOND)NI TAShKIL ETISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, respublika mintaqalarida iqtisodiyotning nodavlat sektori ishlab chiqarish moliyaviy salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Fond muassislarining mazkur fond negizida ochiq usuldagi hissadorlik jamiyati shaklida joylarda hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fond)ni tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Shu narsa ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Ustavga muvofiq Biznes-fond ixtisoslashtirilgan nodavlat tashkiloti bo‘lib, xususiy tadbirkorlikka va kichik biznesga quyidagi yo‘llar bilan madad ko‘rsatadi:
xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini pul bilan ta’minlash;
xususiy korxonalar va kichik biznesning ustav sarmoyasida qatnashish;
xususiy tadbirkorlarga hamda kichik biznesga maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnikaviy ko‘mak berish.
3. Quyidagilar Biznes-fond resurslarining manbalari etib belgilansin:
davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning, davlat mulki ishtirokidagi hissadorlik jamiyatlari faoliyatidan davlatga tegishli bo‘lgan dividendlarning 50 foizi;
ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi fondga tushgan mablag‘larning 10 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari;
xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lar Biznes-fond tomonidan qaytarib berish shartlari asosida jalb etiladi va uning “O‘ztadbirkorbank”dagi hisob varag‘ida jamlanadi. Ustav fondining mablag‘lari ham xuddi shu hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Biznes-fond kreditlarni odatda “Madad” sug‘urta Agentligi tomonidan qarz oluvchiga berilgan sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda “O‘ztadbirkorbank” orqali ajratib beradi.
5. Biznes-fondni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Biznes-fondning boshlang‘ich sarmoyasini shakllantirish va ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun 100 million so‘m pul ajratib bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.03 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya solig‘i / 07.10.06.03 (Кучини йукотган) Ekologiya solig‘i bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk solig‘i / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er solig‘i / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er solig‘i bo‘yicha imtiyozlar]
6. Biznes-fond davlat tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan boshlab 3 yil mobaynida qonunda belgilangan soliqlarni, shuningdek majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilsin, bunda bo‘shagan mablag‘larni Biznes-fondning sarmoyasini ko‘paytirishga va uni rivojlantirishga sarflash shart qilib qo‘yilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 21-iyuldagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonning ijro etilishiga oid qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-iyul,
PF-1208-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 163-modda)