1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
SHAHARSOZLIK FAOLIYATI SOHASIDA RUXSAT BERISH TARTIBOTLARI VA DAVLAT NAZORATI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash, shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarishda, aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish va ularni kompleks qurishda davlat organlarining faoliyati samaradorligini oshirish, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish, shuningdek Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish samaradorligini taʼminlash hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining huquqiy maqomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A.Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyul,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga hisob beradi.
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Inspeksiya “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tarkibiga kiradi va oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.
4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari;
shaharsozlik normalari va qoidalari;
loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlar;
qurilish, qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar;
qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlarida ularni amalga oshirish texnologiyasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
b) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
v) obyektda qoʻllanayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining texnik jihatdan tartibga solish talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
g) ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
d) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishlarida majburiy ravishda qatnashish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bundan mustasno;
e) shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish sohasidagi normativ-metodik hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish va unda qatnashish;
j) qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish.
6. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi nazorat funksiyalarini bajaradi:
a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, quyidagilarni:
hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurishga doir shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishiga rioya qilinishini;
loyiha hujjatlariga qurilish jarayonida kiritilayotgan oʻzgartirishlarning normativ talablarga muvofiqligini;
loyihalash va pudrat tashkilotlarida — ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarda loyihalash va qurilish faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalarning mavjudligini;
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatini va ularning qurilish normalari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligini, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini;
qurilish obyektida normativ-texnik va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan sinovlar, suratga olishlar va oʻlchashlar oʻtkazilishini;
obyekt qurilishida qoʻllanayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining texnik jihatdan tartibga solish talablariga muvofiqligini;
qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini tanlab nazorat qiladi;
b) binolar, inshootlar, ularning qismlari va konstruktiv elementlarining avariya holatlarini va avariyalari sabablarini tekshirish boʻyicha texnika komissiyalarining ishlarida qatnashadi;
v) shartnoma asosida mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini ularni tiklash yoki rekonstruksiya qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi va tegishli xulosalar beradi;
g) qurilish mahsulotlarining sifatini taʼminlash, shaharsozlikka oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat boshqa vakolatli organlari, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
d) texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari, qurilish normalari va qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan tashkilotlar va korxonalarning arxitektura-shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun hamda qurilish sohasida faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga takliflar kiritadi;
e) loyihalashtirish va qurilish sohasidagi qonun buzilishlari uchun jarimalar solish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi;
j) nazorat natijalarini tahlil qiladi, xalqaro tajribani oʻrganadi, qurilish sifatini yaxshilash va qurilish materiallaridan oqilona foydalanish boʻyicha normativ talablarni, metodik hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
z) “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda sifatga oid xalqaro talablarga muvofiq qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib boradi.
7. Qurilish tugallangandan keyin Inspeksiya buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi. Xulosa Obyektni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyasining dalolatnomasiga ilova qilinadi.
a) Inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlarda toʻsqinliksiz boʻlish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish;
b) Inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazilmagan qurilish obyektlarida toʻsqinliksiz boʻlish va (subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) qisqa muddatli inspektorlik tekshirishlarini, keyinchalik nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy komissiyasini bir kun muddatda xabardor qilgan holda, amalga oshirish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi bundan mustasno;
v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlarda hamda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi korxonalarda boʻlish;
g) loyihalashtirish, pudrat tashkilotlari va buyurtmachi tashkilotlardan loyiha, texnologiya va ijro hujjatlarini hamda qoʻllanilayotgan materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini tekshirish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallarni olish;
d) pudrat tashkilotlariga konstruksiyalar, uzellar va detallarning ayrim elementlarini ochishni, tagzamindagi tuproqni sinashni va qayta yopib qoʻyishni, qoʻllanilgan qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalarini, muhandislik tizimlarini sinab koʻrishni topshirish, zarurat boʻlganda tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlarni — ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislarini jalb qilish;
e) oʻz funksional vazifalari doirasida:
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida shaharsozlik faoliyati subyektlari va qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalarini tayyorlovchilar (yetkazib beruvchilar) tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
idoralar va tashkilotlarning obyektlar qurilishi sifatini nazorat qiluvchi texnik nazorat xizmatlari hamda sinov qurilish laboratoriyalari ishlarini tanlab nazoratdan oʻtkazish;
shaharsozlik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq jarima solish;
texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari buzilishlari aniqlanganda qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va qurilishda qoʻllashni toʻxtatib turish;
tasdiqlangan loyiha yechimlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishlari aniqlanganda, ushbu buzilishlar pishiqlik va mustahkamlik tavsiflari pasayishiga olib kelganda, shuningdek binolar va inshootlarda avariyalar xavfi paydo boʻlganda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishini toʻxtatib turish;
buyurtmachilar va pudratchilarga shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzayotgan (ularning buyruqlari bilan tayinlangan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
loyiha boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligi, qurilish obyektlarining texnik holati haqida ekspert xulosalari berish;
shaharsozlikka oid qonun hujjatlarining buzilishlari toʻgʻrisidagi materiallarni sud organlariga, prokuraturaga berish;
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qoidalar buzilgan holda topshirilgan obyektlarni statistika hisobotidan chiqarish toʻgʻrisida statistika organlariga taqdimnoma kiritish.
10. Inspeksiya:
shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati taʼminlanishi zarur tarzda nazorat qilinishi;
obyekt qurilishida qoʻllanayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan zarur nazorat tashkil etilishi;
qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan zarur nazoratning taʼminlanishi uchun javob beradi.
IV. Inspeksiyaning nazorat funksiyalarini tashkil etish
11. Qurilish obyektlarida nazorat ishlari buyurtmachi va pudratchining buyruqlari (mavjud boʻlganda) bilan tayinlanadigan ularning masʼul vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Zarur hollarda, nazorat qilish maqsadlari uchun loyihalashtirish, bank va (yoki) boshqa manfaatdor tashkilotlar mutaxassislari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
12. Qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda nazorat ishlari texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga (mavjud boʻlganda) rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar (bosh muhandis, sex boshligʻi, texnika nazorati boʻlimi boshligʻi va boshqalar) ishtirokida oʻtkaziladi.
13. Nazorat ishlari natijalariga koʻra qurilish obyektida yuritiladigan ishlarni bajarish daftarida tegishli yozuvlar qayd etiladi, Inspeksiya inspektori, buyurtmachi va pudratchining vakillari imzolaydigan dalolatnoma tuziladi, zarur hollarda yozma koʻrsatma beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jarima solish nazarda tutilgan buzilishlar holatlari yuzasidan yozma koʻrsatma Inspeksiya rahbari imzosi bilan beriladi.
14. Inspeksiya inspektorlari oʻz funksional vazifalarini bajarishda davlat nazoratining boshqa vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar.
V. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
15. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
16. Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda Inspeksiya boshligʻining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
17. Inspeksiyaning inspektorlari va boshqa xodimlari Inspeksiya boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Inspeksiyalarning inspektorlari oʻz funksional faoliyatini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan har uch yilda oʻtkaziladigan attestatsiya natijalariga koʻra beriladigan sertifikatlar asosida amalga oshiradilar.
18. Hududiy inspeksiya toʻgʻrisidagi Nizom, Inspeksiyaning shtat jadvali va xarajatlar smetasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Inspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Inspeksiyalar faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarda loyiha boʻyicha bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligi yuzasidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymatidan (QQSsiz) ajratmalar:
mukammal taʼmirlash obyektlari boʻyicha — 0,05 foiz;
yangi qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlari boʻyicha — 0,08 foiz;
b) tadbirkorlik subyektlarining qurilayotgan obyektlari boʻyicha shartnoma asosida nazoratni amalga oshirish ishlarini bajarishdan qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,03 foizi miqdoridan ortiq boʻlmagan daromadlar;
v) qurilish materiallarini sertifikatlashtirish, mavjud binolar va inshootlarni tiklash yoki rekonstruksiya qilish yuzasidan ularning texnik holatini tekshirish boʻyicha shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek laboratoriya xizmatlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar.
21. Qurilish materiallarini sertifikatlashtirish, mavjud binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish boʻyicha bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning, shuningdek laboratoriya xizmatlari va Inspeksiya tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar boshqa turlarining qiymatini aniqlash metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
22. Har oyda Inspeksiyaning shartnoma asosida tushadigan daromadlarining 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga oʻtkaziladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
23. Inspeksiya xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yoki sudga murojaat qilinishi mumkin.
24. Noqonuniy xatti-harakatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilganligi uchun Inspeksiya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
25. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 3-ILOVA
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi obyektlariga;
turar joy toifasidan noturar joy toifasiga oʻtkaziladigan binolarga;
mobil aloqa stansiyalari montajiga;
togʻ-kon kavlash ishlariga;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlar va maishiy xonalarga;
amaldagi muhandislik tarmoqlari oʻzgartirilishini talab qilmaydigan kichik oʻlchamli (300 kub metrdan ortiq boʻlmagan) alohida quriladigan obyektlarga;
ular boʻyicha texnologik resurs tamom boʻlgan va obyektni rekonstruksiya qilish yoki qayta ixtisoslashtirish talab etilmaydigan texnologik yoki muhandislik uskunasi birligini taʼminlash va almashtirishga joriy etilmaydi.
2. Quyidagilar:
yangidan boshlanadigan obyektlar qurilishi;
mavjud obyektlarni rekonstruksiya qilish (restavratsiya qilishdan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan mukammal taʼmirlash obyektlari roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
3. Qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning bir qancha mintaqalari hududini qamrab oladigan muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari boʻyicha obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) bilan kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar
4. Qurilish obyektini roʻyxatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat olish uchun buyurtmachilar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagilar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) davlat ekspertiza organlarining loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy yigʻma ekspert xulosasi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qurilayotgan obyektlar uchun — loyihaning tasdiqlanadigan bosqichiga davlat ekspertiza organlarining ijobiy yigʻma ekspert xulosasi;
g) obyekt parallel loyihalashtirilgan holda qurilganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (istisno hollar);
d) ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasi — ekologiyaga taʼsir koʻrsatadigan obyektlar boʻyicha;
e) qurilish-montaj ishlarining ayrim litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishda — pudrat tashkilotining litsenziyasi nusxasi;
j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashi bayonnomasi nusxasi;
z) liniyali obyektlar uchun obyekt rejasi va fasadi yoki trassaning arxitektura va qurilish organlari bilan kelishilgan bosh rejasi (sxemasi);
i) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan mukammal qurilish va (yoki) mukammal taʼmirlash obyektlarining aniq manzilli roʻyxati;
k) tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida bayonnoma (mavjud boʻlsa);
l) xavfli ishlab chiqarish obyektlari boʻyicha — loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi;
m) tanlov savdolari oʻtkazilmasdan moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilishni amalga oshirishda obyektlarni qurish yoki mukammal taʼmirlash masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori nusxasi.
III. Qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish tartibi
5. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qurish yoki mukammal taʼmirlash obyektini roʻyxatdan oʻtkazadi yoxud roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
Obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatlarda amalga oshiriladi.
6. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ quyidagi asoslar boʻyicha qurilish obyektini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi mumkin:
ushbu Nizomda belgilangan hujjatlar reglament buzilgan holda yoki toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki chalkash maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
taqdim etilgan hujjatlar va materiallar koʻrib chiqilayotganda qonun hujjatlari meʼyorlari buzilganligi aniqlanganda.
Rad etish asoslangan va yozma holda boʻlishi kerak.
Qurilish obyektini roʻyxatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berishning rad etilganligi yuzasidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7. Buyurtmachi takroran murojaat qilgan taqdirda obyektni roʻyxatdan oʻtkazishning aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish tegishli hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
8. Ushbu Nizomning 5 va 7-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qurilishning butun muddatiga obyektning roʻyxatdan oʻtkazish varaqchasi rasmiylashtiriladi — 2 nusxada (1-ilova), ulardan biri buyurtmachiga beriladi.
Obyektni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida obyektning asosiy maʼlumotlarini aks ettiruvchi qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish jurnaliga tegishli yozuv yoziladi, roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va tartib raqami koʻrsatiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan qurilish obyektiga inventar hujjatlar yigʻmajildi tutiladi, unda obyektning roʻyxatdan oʻtkazish varaqchasi, obyektni tekshirish va uni foydalanishga topshirish hujjatlari saqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish jurnali va inventar hujjatlar yigʻmajildi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda obyektni buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytgacha saqlanishi kerak.
9. Qurilish obyekti roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ buyurtmachiga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma beradi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma barcha obyektlarga qurilishning butun muddatiga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha ruxsatnoma har yili aniqlashtirilishi kerak.
10. Roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatiladi.
11. Ruxsatnomalar berishga asos boʻlgan shart-sharoitlar oʻzgargan hollarda (ishlarni yurituvchi, obyektda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar almashganda, litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda, loyiha yechimlarida jiddiy oʻzgarishlar yuz berganda va hokazolarda) buyurtmachi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni 10 kun mobaynida taqdim etishi kerak.
12. Mazkur Nizomni buzganlik uchun aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat bergan holda qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH QOʻMITASI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi
__________-son ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VARAQCHASI
I BOʻLIM. Qurilish obyekti boʻyicha asosiy maʼlumotlar
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan birgalikda loyihalashtirishga topshiriq tuzish, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“yangi qurilish uchun yer uchastkasi ajratish” soʻzlari “loyihalashtirish uchun yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tasdiqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“29. Inspeksiya bir kun muddatda tegishli tuman (shahar) gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va telefon aloqasi boʻyicha foydalanish tashkilotlariga texnik shartlarni olish yuzasidan buyurtma beradi.
Foydalanish tashkilotlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan texnik shartlarni 3 ish kuni mobaynida beradi.
Texnik shartlar foydalanish tashkilotlari tomonidan bepul beriladi.
Texnik shartlarni berish imkoni boʻlmagan taqdirda foydalanish tashkilotlari 3 ish kuni mobaynida Inspeksiyaga asoslangan rad etish va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yozma javob yuboradi.
Texnik shartlarni berishni rad etishning asoslanganligi Inspeksiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Texnik shartlarni berishni rad etishning asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda Inspeksiya hujjatlarni foydalanish tashkilotiga qaytarish huquqiga ega, foydalanish tashkiloti ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish masalasini 3 ish kuni mobaynida hal qilishi shart.
Texnik shartlarni berishni rad etish asoslangan taqdirda Inspeksiya rad etilgandan keyingi kundan kechikmasdan yozma ravishda bu haqda ariza beruvchiga xabar qiladi. Bunda ariza beruvchi bilan kelishgan holda texnik shartlar uchun parametrlar oʻzgartirilishi mumkin.
Texnik shartlarni berishning rad etilishi yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
30. Bir kun muddatda Inspeksiya tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (boʻlimiga) arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun tuman (shahar) hokimining loyihalashtirish uchun yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasini va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini ilova qilgan holda tegishli buyurtma beradi.
31. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) Inspeksiya tomonidan ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 18 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi deb ataladi) orqali arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (I va II qismlar) va yer uchastkasining 1:2000 masshtabli (agar u mavjud boʻlmasa 1:10000 masshtabli) geodeziya-topografiya xaritasi ishlab chiqilishini taʼminlaydi”;
d) 34-banddagi muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmi hisob-kitobi bilan loyihalashtirish yuzasidan topshiriq, hokimning yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarori asosida” soʻzlari “Inspeksiyaning buyurtmanomasi, tuman (shahar) hokimining loyihalashtirish uchun yer uchastkasini tanlash boʻyicha materiallarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 42-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatida” soʻzlari “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining yer resurslari va davlat kadastri tuman (shahar) boʻlimida (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatlari deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 49-bandning birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Ariza beruvchi tomonidan bino parametrlarini oʻzgartirish xohishi bildirilgan taqdirda Inspeksiya tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori olingan kunda mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda:
tuman (shahar) foydalanish tashkilotlariga — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish yuzasidan;
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasiga (boʻlimiga) — arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish yuzasidan tegishli buyurtma beradi.
Keyingi tartib-qoidalardan oʻtish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“50. Tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish uchun tanlov asosida yer uchastkasi berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining” soʻzlari “Ishlab chiqilgan loyihani” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur Nizomning 36-bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurishda loyihaning arxitekturaga oid qismi kelishish protokolini rasmiylashtirmasdan hududiy arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligʻi tomonidan uch kun muddatda bepul asosda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “loyiha-smeta hujjatlari” soʻzlari “loyiha” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Loyiha-smeta hujjatlarini” soʻzlari “Loyihani” soʻzi bilan almashtirilsin;
s) quyidagi mazmundagi 61-1 va 61-2-bandlar qoʻshilsin:
“61-1. Obyekt qurilishi loyihasi kelishilgandan va tasdiqlangandan keyin tadbirkorlik subyekti tuman yer uchastkalari ushbu tumanda (shaharda) joylashgan taqdirda tuman (shahar) hokimiga yoki yer uchastkalari bir necha tumanlarda (shaharlarda) joylashgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimiga yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida ariza beradi.
Yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuman (shahar), viloyat hokimi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
61-2. Davlat hokimiyati tegishli organining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorini olgandan keyin tadbirkorlik subyekti “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatiga murojaat qiladi, u 1 ish kuni mobaynida yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazadi va belgilangan shakldagi guvohnoma beradi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, jismoniy shaxslardan esa — 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi”;
“62. Arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan belgilangan tartibda kelishib olingan loyiha hujjatlari, shuningdek ekspertizaning ijobiy xulosasi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish uchun asos hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 36-bandida nazarda tutilgan obyektlarni qurishda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish talab qilinmaydi.
63. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyalari tomonidan 2 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Arxitektura-qurilish nazorati hududiy organlarining inspektorlari obyektlardagi qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliq bajarilishi yuzasidan nazorat funksiyalarini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilishi olib borilayotgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliq bajarilishi yuzasidan nazorat funksiyalarining amalga oshirilganligi uchun shartnoma asosida, biroq qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,03 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi, smeta hisob-kitobi boʻlmaganda esa avval roʻyxatga olingan shunga oʻxshash obyektlar singari haq toʻlanadi.
64. Davlat tegishli organining yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorini olgandan keyin tadbirkorlik subyektlari tuman (shahar) arxitektura va qurilish (boshqarmasi) boʻlimiga yoki xoʻjalik hisobidagi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmatiga tasdiqlangan va kelishilgan loyiha hujjatlarining talab etiladigan roʻyxatini taqdim etadi, ular uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini naturaga koʻchirib beradilar.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) qizil chiziq va qurilish loyihasining tahliliy hisob-kitobini amalga oshirish, yer uchastkasi, qizil chiziq, qurilish chizigʻi va boshqa ajratish elementlari chegaralarini naturaga koʻchirish va biriktirish uchun aholi punktlaridagi yer uchastkasi chegaralarini koʻchirishda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda shartnoma asosida tumanlar (shaharlar)dagi “OʻzGASHKLITI” DUKning loyiha-qidiruv tashkilotlari vakolatxonalarini jalb etadi.
Aholi punktlaridan tashqarida yer uchastkasi chegaralarini naturaga koʻchirish xoʻjalik hisobidagi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati tomonidan tuman (shahar) arxitektura va qurilish (boshqarmasi) boʻlimining vakolatli vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Ushbu ishlar qiymati yer uchastkasi ajratish boʻyicha ishlar qiymatiga kiritiladi”;
u) 65-bandning birinchi xatboshidagi “Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi” soʻzlari “OʻzGASHKLITI” DUKning tuman (shahar)dagi vakolatxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
f) 67-banddagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qabul qilish komissiyasi tarkibi shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda aniqlanadi”;
x) 1 va 1a-ilovalardagi “Muhandislik taʼminoti (gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi) yuklamasi hisob-kitobi bilan birga loyihalashtirishga topshiriqni ishlab chiqishingizni va quyidagi taxmin qilinayotgan hisob-kitob sigʻimi boʻyicha” soʻzlari “Ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz taʼminoti, elektr taʼminoti, suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi) ulash uchun texnik shartlar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishingizni va quyidagi taxmin qilinayotgan hisob-kitob sigʻimi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyekt qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
SXEMASI
1. Ariza beruvchining ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan arizasi.
2-3. Obyekt qurilishini loyihalashtirish uchun hokimning yer uchastkasi tanlash toʻgʻrisidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini foydalanuvchi tashkilotlarga berish.
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish.
4. Obyekt qurilishini loyihalashtirish uchun hokimning yer uchastkasi tanlash toʻgʻrisidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (ART)ni ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga berish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini olish.
5. Ariza beruvchiga arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (shu jumladan texnik shartlarni) ilova qilgan holda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish.
6*. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatida yer uchastkasiga huquqni roʻyxatdan oʻtkazish (davlat hokimiyati tegishli organining yer ajratish toʻgʻrisidagi qarori olingandan keyin amalga oshiriladi)”;
ch) 5a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektni rekonstruksiya qilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
SXEMASI
1. Ariza beruvchining obyektni rekonstruksiya qilish yuzasidan arizasi.
2. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga mavjud obyektni rekonstruksiya qilish imkoniyatini koʻrib chiqish yoki asosli rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Inspeksiyaning buyurtmanomasi.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan obyektni rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish.
3. Inspeksiyaning tuman (shahar) hokimligiga buyurtmanomasi.
Hokimlik tomonidan obyektni rekonstruksiya qilish imkoniyatini tahlil qilish. Rekonstruksiya qilish yuzasidan tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilish.
Tuman (shahar) hokimining obyektni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini Inspeksiyaga berish.
4. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish.
5*. Inspeksiya tomonidan (muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmining oʻzgarishi sababli obyektning parametrlari oʻzgargan taqdirda) foydalanuvchi tashkilotlarga hokimning obyektni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini berish.
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish.
6. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga hokimning obyektni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (ART)ni ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini olish.
7. Ariza beruvchiga quyidagilarni ilova qilgan holda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish:
tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning obyektni rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasi;
tuman (shahar) hokimining obyektni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qarori;
arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (shu jumladan texnik shartlar);
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli hududiy xizmatining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi”;
sh) 5b-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
SXEMASI
1. Ariza beruvchining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish yuzasidan arizasi.
2. Inspeksiyaning oʻtkazishni kelishish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatiga buyurtmanomasi.
3. Inspeksiyaning tuman (shahar) hokimligiga buyurtmanomasi.
Hokimlik tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish imkoniyatini tahlil qilish. Tuman (shahar) hokimi tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini Inspeksiyaga berish.
4. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli hududiy xizmatida roʻyxatdan oʻtkazish.
5*. Inspeksiya tomonidan (muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalar hajmining oʻzgarishi sababli obyektning parametrlari oʻzgargan taqdirda) foydalanuvchi tashkilotlarga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun muhandislik taʼminoti boʻyicha yuklamalarning hisoblangan hajmlarini berish.
Foydalanuvchi tashkilotlardan texnik shartlarni olish.
6. Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga hokimning turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorini hamda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (ART)ni ishlab chiqish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni berish.
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)dan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini olish.
7. Ariza beruvchiga quyidagilarni ilova qilgan holda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish:
arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (shu jumladan texnik shartlar);
tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli hududiy xizmatining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 5-bandidagi “6a” raqami chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “bahosi” soʻzidan keyin “shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar” soʻzlari qoʻshilsin;
“Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi”;
g) 9-banddagi “hududiy arxitektura va qurilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” soʻzlari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boʻlinmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:
“10-1. Kadastr obyekti — shaharsozlik maʼlumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
Shaharsozlik maʼlumotnomasi manfaatdor shaxslarning soʻroviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati toʻgʻrisidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda oʻrnatilgan shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati oʻzgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan oʻtkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari boʻladi”;
e) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Davlat shaharsozlik kadastrining axborot bazasi grafik va yozma matnlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi davlat axborot resursi hisoblanadi”;
j) quyidagi mazmundagi 11-1-band qoʻshilsin:
“11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan maʼlumotlar berish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
“14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar (keyingi oʻrinlarda davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti” davlat unitar korxonasi (“OʻzGASHKLITI” DUK, keyingi oʻrinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni yuritish boʻyicha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakolatli tashkiloti hisoblanadi”;
i) 16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining bosh tashkiloti:
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalarga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida ishlashga oʻqitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
kadastr maʼlumotlarini DKYATga tezkorlik bilan beradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalar:
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydilar va turkumlashtiradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr kitoblarini yuritadilar, oʻz vakolatlari doirasida oʻz maʼlumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtirish va Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining bosh tashkilotiga beradilar;
Davlat shaharsozlik kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadilar, ular toʻgʻrisida hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydilar;
k) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Roʻyxatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat boʻladi:
Shaharsozlik reglamentlari;
Shaharsozlik hujjatlari;
Shaharsozlik faoliyati monitoringi;
Bazis asos (muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi);
Manzillar reyestri;
Loyihalar reyestri;
Shaharsozlik faoliyati obyektlari reyestri;
Shaharsozlik faoliyati subyektlari reyestri;
Normativ-huquqiy va metodik baza”;
l) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” soʻzlari “avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) quyidagi mazmundagi 22-1-band qoʻshilsin:
“22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini geografik (kartografik) taʼminlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.
Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi:
Topografik tarxlar va barcha turdagi va masshtabdagi (1:100 dan 1:100000 gacha) xaritalardan;
loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti obyektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;
muhandislik infratuzilmalari va transport tarmoqlarining navbatchi rejalaridan;
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari boʻyicha maʼlumotlar bazasidan iborat boʻladi.
n) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish
SXEMASI
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining beshinchi xatboshiga “jazo choralarini qoʻllash” soʻzlaridan keyin “shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 16-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 29-dekabrdagi 509-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 83-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 3 va 6a-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) 6-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ–1112-son qarori)” 2009-yil 5-iyundagi 152-son qaroriga ilova 3-bandining “o”, “p”, “r” kichik bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 41-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 11-noyabrdagi 294-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 327-modda, 45-46-son, 470-modda, 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 10-son, 125-modda; 2016-y., 18-son, 191-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 20-son, 356-modda, 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)