1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
1. 2011-yil 5-may kuni Toshkent shahrida imzolangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida savdo vakolatxonalarini oʻzaro taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va unga hisobot beradi;
LexUZ sharhi
mazkur xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi PF-5115-sonli Farmoni bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini yuritish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan mutasaddilik qilinadigan “Oʻztreyd” AJ” va “Oʻzsanoateksport” AJ mablagʻlari, shuningdek boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3009-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 422-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Savdo vakolatxonasini tashkil qilish, moliyalashtirish va faoliyat yuritishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-iyul,
PQ-1581-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 300-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; 2017-y., 22-son, 422-modda)