toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ULUGʻ VATAN URUShI YILLARIDA HARBIY MAJBURIYATLARINI BAJARGAN YOKI MAMLAKAT IChKARISIDA IShLAGAN ShAXSLARGA PENSIYALARNI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni toʻlash toʻgʻrisida” 1995-yil 20-noyabrdagi 1289-son Farmonga qoʻshimcha ravishda shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Ulugʻ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy taʼminot, mudofaa, ichki ishlar, moliya vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Ijtimoiy sugʻurta fondi “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlash tartibi”ga bir hafta muddat ichida tegishli qoʻshimchalarni kiritsinlar hamda respublikaning barcha vazirliklariga, idoralari, korxonalari va tashkilotlariga yetkazsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonunlarni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-dekabr,
PF-1334-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 304-modda)