toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 20.11.1995 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
BOLALI OILALARGA DAVLATNING IJTIMOIY YORDAMINI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bolalar toʻgʻrisida davlat gʻamxoʻrligini koʻchaytirish maqsadida:
1. 1996-yilning 1-yanvaridan boshlab 16 yoshgacha bolalari boʻlgan barcha oilalarga beriladigan har oylik nafaqalar koʻpaytirilib, bu nafaqalar bolalarning soniga qarab quyidagi miqdorda belgilansin:
— bir bolali oilalarga — eng oz ish haqining 30 foizi;
— ikki bolali oilalarga — eng oz ish haqining 60 foizi;
— uch bolali oilalarga — eng oz ish haqining 80 foizi;
— toʻrt bolali oilalarga — eng oz ish haqining 100 foizi;
— besh va undan koʻproq bolali oilalarga — eng oz ish haqining 120 foizi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bolali oilalarga nafaqalar oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar respublikaning davlat budjeti hisobidan qoplansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlatning ijtimoiy yordamini kuchaytirish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-martdagi Farmonining 1-bandi 1996-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 20-noyabr,
PF-1288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 238-modda; 1996-y., 3-son, 22-modda)