1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALAR BOʻYIChA AGENTLIKNI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini rivojlantirishga koʻmaklashish, Oʻzbekistonda investitsiya takliflarini tayyorlash va roʻyobga chiqarishda ehtimol tutilgan xorijiy sarmoyadorlarga hamda mahalliy sheriklariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
1. Nohukumat tashkiloti maqomiga ega boʻlgan xorijiy sarmoyalar boʻyicha Agentlikni tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekistondagi BMT Vakolatxonasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat mulk qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
— xorijiy sarmoyalar boʻyicha Agentlik Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiyalarga koʻmaklashish xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi koʻchmas mulk va xorijiy sarmoyalar boʻyicha Milliy agentlik negizida tashkil qilinadi;
— Agentlikning ishi uning ishchi apparati va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan taʼminlanadi, kengash tarkibi davlat boshqaruv organlarining vakillaridan, iqtisodiyot sohasidagi olimlar va mutaxassislardan, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning, xorijiy firmalar, kompaniyalar va banklarning rahbarlaridan iborat boʻladi;
— Agentlik faoliyatini tashkiliy-texnikaviy jihatdan taʼminlash budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, BMT rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlarning investitsiya faoliyatini institutsional rivojlantirish maqsadlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Xorijiy sarmoyalar boʻyicha Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
— investitsiya faoliyati sohasida xorijiy tashkilotlar va fondlarning ishtirokida xalqaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— xorijiy sarmoyalarni jalb etishning meʼyoriy-huquqiy negizi sohasida takliflarni ishlab chiqishda qatnashish;
— iqtisodiyotning turli sektorlarida investitsiya muhitini oʻrganish, Oʻzbekistondagi va xorijiy davlatlardagi investitsiya muhitini qiyosiy tahlil etish;
— Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyati va siyosati masalalari boʻyicha axborot-reklama nashrlarini tayyorlash, ularni xalqaro tadbirkorlar orasida tarqatish;
— investitsiya sohasidagi takliflarni ishlab chiqish, ularni rasmiylashtirish va amalga oshirish tartibi yuzasidan vazirliklarga, idoralarga, barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalarga, shuningdek mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga koʻmak berish;
— amaldagi texnikaviy koʻmaklashish dasturlaridan va xalqaro tashkilotlarning maʼlumot bazalaridan foydalangan holda manfaatdor xorijiy sarmoyadorlarni izlash;
— amaliy aloqalarni kengaytirish, chet el tajribasini yoyish va xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar hamda boshqa tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish;
— xorijiy va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida davra suhbatlari uyushtirish orqali amaliy sheriklik muassasalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
— sarmoyalarni jalb etishning turli shakllarini oʻrganish boʻyicha chet mamlakatlarning sarmoyalarga koʻmaklashuvchi xizmatlarida, kompaniyalari va korxonalarida oʻzbek mutaxassislarining malaka oshirishlarini tashkil qilish;
— yuqorida aytib oʻtilgan ishlar va tadbirlarni amalga oshirishga xorijiy ekspertlarni jalb etish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.03 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi / 07.10.06.03 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
4. Xorijiy sarmoyalar boʻyicha Agentlik roʻyxatga olingan paytdan boshlab uch yil muddatga soliqlar toʻlashdan, shuningdek qonunlarda belgilangan majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinsin, bunda boʻshagan mablagʻlarni xorijiy sarmoyalar boʻyicha Agentlikning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflash shart qilib qoʻyilsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonni ijro etishga oid qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-avgust,
PF-1234-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 219-modda)