1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.11.00 Ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda 2222-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli ““Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1289-son “Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 239-modda), 1998-yil 23-apreldagi PF-1990-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda), 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 493-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
27-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
26-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
2-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
84-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
126-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
01-02/5-31-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-sonli qaroriga ILOVA
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1289-son “Ishlayotgan pensionyerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 239-modda), 1998-yil 23-apreldagi PF-1990-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda), 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 493-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Quyidagi toifadagi ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda (100 foiz) toʻlanadi:
a) Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorining 2 va 3-ilovalarida belgilab berilgan;
b) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni oʻtagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;
v) I va II guruh nogironlari;
g) Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolar. Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi qarorida belgilangan.
d) fuqarolar yigʻinlari va mahallalarning raislariga;
e) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga — yoshga doir pensiyani olganda.
j) Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining barcha xodimlariga.
Qolgan barcha ishlovchi pensionyerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar toʻlanadi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi) roʻyxatda turuvchi hamda tashkilotlarda ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi pensionyerlarga, pensiya asosiy ish joyidan toʻlanadi.
5. Ish joyidan pensiya toʻlovi oʻtgan oy uchun oylik ish haqining ikkinchi qismi toʻlovlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Pensiyalar alohida vedomostlar orqali toʻlanadi.
6. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oʻziga oluvchi shaxslar ishga qabul qilinganda, ularga pensiya ish joyidan 50 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
Boshqa oila aʼzolariga (vasiylikka olinganlarga) boquvchisini yqotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiyalar, ularning yashash joyidan toʻliq miqdorda toʻlanadi.
7. Xususiy (yakka tartibda) tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi hamda dehqon xoʻjaliklarida ishlovchi pensionyerlarga, pensiyalar ularning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan 50 foiz miqdorida toʻlanadi (pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari).
8. Mehnat shartnomasining (kontrakt) shartlari va muddatidan qatʼi nazar, ishga kirganda, pensiya toʻlovlari quyidagi hollarda toʻliq toʻxtatiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga asosan, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoki tashkilotning tugatilishi munosabati bilan ishdan ozod etilib muddatidan oldin pensiya tayinlangan ishsizlar pensiya yoshiga (erkaklar — 60 yosh, ayollar — 55 yosh) toʻlgunga qadar ishga qabul qilinganda;
b) 1994-yil 1-iyulgacha (yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining kuchga kirguniga qadar) belgili muddat xizmat qilgani uchun pensiyalar tayinlangan shaxslar, yoshga doir imtiyozli yoxud umumiy tartibda pensiya olish huquqiga egalik qilishdan oldin ishga qabul qilinganda.
9. Pensiya toʻlovining ish joyi orqali amalga oshirilishi uchun pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan beriladigan F-25 (mazkur Nizomga ilova) topshiriqnoma asos boʻlib hisoblanadi.
10. F-25 topshiriqnomasi (keyingi oʻrinlarda — topshiriqnoma) qatʼiy hisobot varaqasi hisoblanib, uni roʻyxatga olishda pensionerning (pensiya ishining) shaxsiy hisobvaraqasi raqami koʻrsatiladi.
11. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari topshiriqnomada quyidagi maʼlumotlarni aks ettiradi:
a) viloyat, shahar, tuman, topshiriqnomani joʻnatuvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining nomi hamda tashkilotning nomi va manzili;
b) pensionerning familiyasi, ismi, otasining ismi va oladigan pensiya turi;
v) pensiya miqdori;
g) ish joyidan pensiya toʻlovining amalga oshirilishi zarur boʻlgan sanasi.
Topshiriqnoma Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlim boshligʻi va bosh hisobchisi imzosi bilan tasdiqlanib, maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi va tashkilot vakili yoki pensioner tasdigʻi bilan beriladi.
Topshiriqnomaning qolgan grafalari pensioner ishlaydigan tashkilotning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi va maʼmuriyati tomonidan toʻldiriladi.
12. Qayta hisoblash natijasida pensiya miqdori oʻzgarganda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi topshiriqnomaning orqa tarafiga yangi pensiya miqdori boʻyicha belgi kiritadi.
13. Pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtishda hamda pensiya toʻlovi shartlari oʻzgarganda (masalan, nogironlik guruhi oʻzgarishi bilan bogʻliq), tashkilot Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga oldingi topshiriqnoma uchun xabarnoma yoʻlaydi. Koʻrsatilgan xabarnoma yetib kelgandan soʻng, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi ish joyidan pensiya toʻlovini amalga oshirishga yangi topshiriqnoma taqdim qiladi.
14. Pensioner ishdan ozod qilinganda tashkilot pensiya toʻlovini toʻxtatadi va Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga qaysi davrga pensiya toʻlovi amalga oshirilganligini koʻrsatgan holda topshiriqnomaga xabarnoma yoʻllaydi. Pensioner qaytadan ishga qabul qilinganda yangi topshiriqnoma taqdim qilinadi.
15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi pensionerning shaxsiy hisob varaqasiga yangi topshiriqnoma berilganligi va oldingi topshiriqnomaga xabarnoma kelib tushganligi toʻgʻrisida belgi kiritadi.
16. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga pensioner yashash joyidan pensiyasini olganidan soʻng mazkur oyda ishga qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan hollarda, ish joyidan pensiya toʻlovini amalga oshirish uchun kelgusi oyning 1-sanasidan boshlab, undirishga qoʻyilgan ortiqcha miqdorini koʻrsatgan holda, yangi topshiriqnoma yoziladi.
Agar, pensionerning ishga qabul qilinganligi joriy oy uchun pensiya toʻlovini olgunga qadar maʼlum boʻlsa, pensiya Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan ishga qabul qilingan kuniga qadar toʻlanadi.
17. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, pensioner, yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ishdan boʻshaganlik toʻgʻrisidagi buyruq tartib raqami va sanasini koʻrsatgan holda topshiriqnomaga xabarnomani hamda ishdan boʻshaganlik toʻgʻrisida buyruq koʻchirmasini taqdim etadi.
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hujjatlarni qabul qiladi va kiruvchi xatlar uchun oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi. Ishdan boʻshaganlik toʻgʻrisidagi buyruq koʻchirmasi va topshiriqnomaga xabarnoma pensiya ishiga tikiladi.
18. Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 1333, 2004-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 14-son, 172-modda) 11-son ilovasiga muvofiq ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlov xarajatlari hisobotida aks ettiriladi.
19. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlovining oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishi hamda Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga ishga qabul qilinganlik va ishdan ozod etilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotning oʻz vaqtida va ishonarli taqdim etilishi boʻyicha javobgarlikni qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
20. Maʼmuriyat va ishlovchi pensioner oʻrtasidagi pensiya toʻlovlari bilan bogʻliq nizolarni hal qilish ijtimoiy sugʻurta komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
III. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarida, Milliy xavfsizlik xizmatida va Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalarini toʻlash tartibi
21. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklarida hamda Milliy xavfsizlik xizmatida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari tomonidan toʻlab beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida hamda Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi ichki ishlar hamda bojxona xizmati organlari tomonidan toʻlab beriladi.
Pensiyalar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
22. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi shaxslar ishga qabul qilingan taqdirda pensiya 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
Boshqa oila aʼzolariga (vasiylikka olinganlarga) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiyalar, ularning yashash joyidan toʻliq miqdorda toʻlanadi.
23. Xususiy (yakka) tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi hamda dehqon xoʻjaliklarida ishlovchi pensionyerlar oʻzining mehnat faoliyati toʻgʻrisida ularga pensiya tayinlagan idoralarga maʼlum qilishlari shart.
25. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida ishlayotgan pensionyerlarga pensiyalar mazkur Nizomga asosan oʻrnatilgan miqdorda ularning yashash joyida toʻlanishi amalga oshiriladi.
26. Toʻliqsiz oy uchun pensiyani toʻlashda (ishga qabul qilingan yoki ishdan ozod qilingan boʻlsa) toʻlanadigan pensiya miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Misol. 2010-yil 15-martda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ishga qabul qilindi. Har oylik pensiya miqdori 180800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. 2010-yil 1 dan 14-martgacha boʻlgan davr uchun pensiya 100 foiz miqdorda (180800 : 31 x 14 = 81651 soʻm 61 tiyin), 15 dan 31-martgacha boʻlgan davr uchun 50 foiz miqdorida (180800 : 31 x 17/2 = 49574 soʻm 61 tiyin) toʻlanadi. 2010-yil mart oyi uchun pensiya toʻlovi miqdori 131225 soʻm 80 tiyinni (81651 soʻm 61 tiyin + 49574 soʻm 19 tiyin) tashkil qiladi.
27. Tashkilot rahbarlari pensioner ishga qabul qilinganda, pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga hamda pensiya tayinlagan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasiga 5 kunlik muddatda xabar berishlari va ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisida buyruq koʻchirmasini taqdim etishlari shart.
28. Pensioner (oilaning boshqa aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchidan tashqari) ishga qabul qilinganda tegishli pensiya tayinlagan idoraga (oʻzining yashash joyidan) xabar berishi shart.
29. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlovlari uchun tashkilotlarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari hamda davlat soliq xizmati organlari olib boradi.
30. Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlovini amalga oshiruvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini oʻz vaqtida va maqsadli toʻlanish javobgarligini oʻz zimmasiga oladi.
31. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlovlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining toʻgʻri hisoblanishi, toʻlanishi va sarflanishi ustidan nazorat, tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi _____________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ___________ tuman (shahar) boʻlimi shuni maʼlum qiladiki, sizning tashkilotingizda ishlayotgan pensioner ___________________________ (F.I.Sh.) ____________________ soʻm ____ tiyin miqdorida yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladi. (keraklisining tagiga chizing).
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining ____-moddasida koʻzda tutilgan, yoki _______________________________________________ (boshqa normativ-huquqiy hujjat koʻrsatilsin) pensiya toʻlash shartlarini qoʻllab, ijtimoiy sugʻurta badali hisobidan 20__ y. “___” __________dan 20__ y. “___” ______________gacha yoki ishdan boʻshatilgunga qadar (keraklisining tagiga chizing) pensiya har oyda _______________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlanishi kerak.
20____ yil “___” _____________ da 20____ yil “___” _____________ dagi _____-sonli topshiriqnoma hisobga olindi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining _____-moddasiga muvofiq, yoki ________________________________________________ (boshqa normativ-huquqiy hujjat koʻrsatilsin) ____________________________________________________ga (F.I.Sh.) pensiya 20__ yil “___” _____________ dan toʻlansin.
Korxona rahbari ___________
Ijtimoiy sugʻurta komissiyasi vakili ___________
20____ yil “___”____________ dagi ____-sonli topshiriqnomaga xabar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ________________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ________________ tuman (shahar) boʻlimiga 20__yil “__”__________da yuborildi.
shuni maʼlum qiladiki, pensiya oluvchi (F.I.Sh.) ________________________ 20___ yil “___” __________ga qadar pensiya olgan. Pensiya toʻlash 20__ yil “___” ____________ dan, 20__ yil “___” ____________ dagi, ____-sonli buyruqqa asosan ishdan boʻshaganligi sababli, boshqa sababga koʻra _______________________________________ toʻxtatildi.
__________-sonli shaxsiy hisob
Bosh hisobchi _______________
M.Oʻ.
Korxona rahbari _______________________
20___ yil “___”__________ dan hisobdan chiqarildi.
AA-000001
Orqa tomoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.
(soʻz bilan yozilsin)
M.Oʻ
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.
(soʻz bilan yozilsin)
M.Oʻ
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.
(soʻz bilan yozilsin)
M.Oʻ
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.
(soʻz bilan yozilsin)
M.Oʻ
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________