toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XORIJIY SARMOYALAR IShTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA RAG‘BATLANTIRISh OMILLARI VA IMTIYOZLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaradigan, shuningdek respublika iqtisodiyotiga sarmoya qo‘yadigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari barpo etilishini hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1998-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar bo‘lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
korxonaning nizom jamg‘armasi 400 million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining kamida 15 foizini tashkil etishi zarur.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-martdagi PF-1981-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 62-modda)
2. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq bo‘lgan hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag‘ning 60 foizdan ko‘prog‘i nizom faoliyatida ularning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko‘rsatayotgan servis xizmati ulushiga to‘g‘ri keladigan xorijiy, shu’ba va qo‘shma korxonalar xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.
3. Ushbu Farmon qabul qilingunga qadar ro‘yxatga olingan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hozir amalda bo‘lgan soliq imtiyozlari belgilangan muddat tugaguncha saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-fevraldagi PF-3850-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 4-6-son, 37-modda)
5. Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kirmaydigan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi va qo‘shimcha ravishda joriy etilayotgan soliq imtiyozlari tatbiq qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav jamg‘armalarini ta’sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan miqdorlarda shakllantirishning oxirgi muddati hukumatning ayrim qarorlarida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 155-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va me’yoriy hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-noyabr,
PF-1652-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 2-modda; 1998-y., 4-son, 62-modda; 1999-y., 6-son, 155-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4-6-son, 37-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)