1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TERMA JAMOALAR HAMDA ULARNING ZAXIRASINI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI, SHUNINGDEK ULARNI MODDIY JIHATDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi toʻgʻrisida” 2009-yil 5-yanvardagi PQ-1029-son qarorini bajarish yuzasidan, sportchilarni respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-aprel,
121-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga 1-ILOVA
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda respublika, xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun sifatli tayyorlash maqsadida terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash va taqsimlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
respublika hamda xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) — joriy moliya yili uchun sport turlari boʻyicha ommaviy sport tadbirlari roʻyxati, ularni oʻtkazish joylari, muddatlari, shuningdek ularni oʻtkazish uchun zarur pul mablagʻlari koʻrsatilgan hujjat;
sport turi — odamning sport musobaqalariga oʻziga xos tayyorlanishini tavsiflaydigan, musobaqalarni oʻtkazish va ularda qatnashish talablari, tartibi va shart-sharoitlari ularga muvofiq belgilanadigan oʻz qoidalariga ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
sportchi — tanlangan sport turi bilan muntazam shugʻullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy ravishda oshirib boradigan hamda tanlangan sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda va oʻquv-trenirovka yigʻinlarida muntazam qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener — tegishli oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan, oʻquv-trenirovka va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari (keyingi oʻrinlarda terma jamoalar deb ataladi) — xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish va ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashish uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi turli yosh guruhlariga mansub sportchilar, trenerlar (ixtisoslashuvlar boʻyicha shaxsiy maslahatchilar, konsultantlar, oʻqituvchilar), olimlar, mutaxassislar (jamoalar yoki guruhlarning rahbarlari, menejerlari, maʼmurlari, vrachlari, massajistlari, psixologlari, oʻqituvchilari, ilmiy, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va boshqalar).
Terma jamoalar mamlakatning kuchli sportchilarini birlashtiruvchi (katta yoshdagilardan) milliy, shu jumladan ularning eng tayyor zaxirasidan iborat (yoshlar, oʻspirinlar), oʻsmirlar va bolalar (tegishli yoshlardagi) terma jamoalariga boʻlinadi.
Terma jamoalar asosiy va zaxira tarkibdan iborat boʻladi, ular vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi;
yigʻma jamoalarning trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha yigʻma jamoalarning bosh (katta) trenerlari va trenerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va shu kabilar) huzurida yoki ular boʻlmagan taqdirda – sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan terma jamoalarning boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, yigʻma jamoalarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarni tiklash uchun mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda qoplash deb ataladi) — uzluksiz oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari, kalendar rejaga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida oʻtkaziladigan xalqaro (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari (kuboklari) va respublika musobaqalari davrida terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga moʻljallangan moliyaviy mablagʻlar;
qoplash limiti — bir oy uchun hisoblanadigan va qoplash uchun har kungi sarflardan iborat boʻladigan, koʻrib chiqilayotgan oydagi kunlar (yakshanbadan tashqari) soniga koʻpaytirilgan moliyaviy mablagʻlar hajmi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
2. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga tayyorlanishda terma jamoalar va ularning zaxirasi jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, terma jamoalarning energiya sarflarini toʻldirish va jismoniy resurslarini tiklash qoplash mablagʻlari toʻlashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
3. Qoplash mablagʻini toʻlash sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari orqali, vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
4. Qoplash mablagʻi bilan Oʻzbekiston terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkibidagi yuqori sport natijalariga erishgan sportchilar va trenerlar taʼminlanadilar.
Sportchilar va trenerlarni qoplash mablagʻi bilan taʼminlanuvchilar jumlasiga kiritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
5. Qoplashga ajratilgan maqsadli pul (moliyaviy mablagʻ)larni xolisona va oqilona taqsimlash maqsadida vakolatli organ huzurida terma jamoalarning trenerlar kengashlari tomonidan terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga qoplash limitlari sonini ajratish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi.
6. Komissiya raisi va aʼzolari vakolatli organ qarori bilan 1 yil muddatga tayinlanadilar. Komissiya 11 nafar aʼzodan iborat boʻladi, uning tarkibiga vakolatli organning tegishli boshqarmalari boshliqlari, respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarining rahbarlari yoki vakillari kiritilishi mumkin.
7. Komissiya raisi va aʼzolari oʻz xohishiga koʻra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoidabuzilishlari uchun komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin.
8. Komissiya majlisi unda komissiya aʼzolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda toʻla huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori uning uchun majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz berishgan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
9. Komissiya majlislari zaruratga koʻra, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda rais tomonidan chaqiriladi.
10. Komissiya qarori protokollashtirilishi va komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi va vakolatli organga taqdim etilishi kerak.
11. Komissiya respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) yoki sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etilgan terma jamoalarning trenerlar kengashlarining buyurtmanomalaridan kelib chiqqan holda terma jamoalar va ularning zaxirasi boʻyicha qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarni har chorakda taqsimlaydi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
12. Komissiya terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining erishgan natijalari asosida qoplash limitlari sonini qayta koʻrib chiqish va qayta taqsimlash huquqiga ega.
II. Qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash va taqsimlash
13. Qoplashning har kunlik normasi miqdori terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari uchun oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalariga muvofiq, ushbu Nizomga ilovaga binoan belgilanadi, u ovqatlanish mahsulotlari narxlarining oʻzgarishini hisobga olgan holda, tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi xarajatlarining budjet smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hamda budjetdan tashqari tushumlar doirasida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Bunda qoplash puli terma jamoalar va ular zaxirasining oʻqish joyida budjet mablagʻlari hisobiga har kunlik ovqatlanish bilan taʼminlanadigan sportchilariga toʻlanmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
14. Terma jamoaning sportchisi va treneri vakolatli organ mablagʻlari hisobiga oʻquv-trenirovka yigʻinlarida qatnashadigan vaqtda qoplash pulini toʻlash toʻxtatib turiladi va toʻlanmaydi. Qoplashning toʻlanmagan summasi vakolatli organning hisob raqamiga qaytariladi.
15. Sportchilar va trenerlarga qoplash uchun ajratiladigan maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlari miqdori quyidagicha belgilanadi:
T/r
Toifasi
Pul taʼminoti miqdori, qoplash limitiga nisbatan %
1.
Terma jamoalarning asosiy tarkibi
100 gacha, lekin 50 dan kam emas
2.
Terma jamoalarning zaxira tarkibi
70 gacha, lekin 35 dan kam emas
3.
Trenerlar
50 gacha, lekin 25 dan kam emas
16. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni sportchilar va trenerlarning bank plastik kartochkalariga yoki depozit hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan tegishli oluvchilarga toʻlovlarni amalga oshirish uchun respublika oliy sport mahorati maktablarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlariga yoki respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning hisob raqamlariga qoplash mablagʻlari komissiya qarori asosida vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
sport tayyorgarligi bilan shugʻullanmay qoʻyganda toʻxtatiladi.
18. Trenerlarga toʻlov pulini toʻlash:
birkitilgan sportchi va (yoki) sportchilar guruhi terma jamoa roʻyxatidan chiqarilganda;
birkitilgan sportchi va (yoki) sportchilar guruhining natijadorligi pasayganda;
intizomiy tartib buzilganda;
mehnat shartnomasi bekor qilinganda toʻxtatiladi.
19. Quyidagilar terma jamoalarning sportchilarini va trenerlarini qoplash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlar bilan taʼminlash boʻyicha asosiy talablar hisoblanadi:
T/r
Toifasi
Qoplash puli bilan taʼminlash uchun talablar
1.
Sportchilar
Terma jamoalar tarkibiga kiritilgan sportchilar tomonidan xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishga koʻmaklashadigan yuqori sport natijalariga erishish
2.
Trenerlar: terma jamoalarning shtatli trenerlari
Tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning ijobiy bahosiga ega boʻlgan, terma jamoa bilan doimiy ishlaydiganlar
3.
Terma jamoalar aʼzolari boʻlgan sportchilarning shaxsiy trenerlari
Terma jamoa aʼzosi boʻlgan sportchini tayyorlash va sportchining kelgusidagi tayyorgarligini taʼminlashni davom ettirish, tegishli respublika oliy sport mahorati maktablari va (yoki) respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning ijobiy bahosiga ega boʻlganlar.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylarning mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar terma jamoalarning sportchilari va trenerlarini qoplash puli bilan maqsadli moliyaviy taʼminlash manbalari hisoblanadi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmi har yili tasdiqlanadigan kalendar rejada hamda tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining xarajatlari smetasida nazarda tutiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
22. Terma jamoalar va ularning zaxirasi aʼzolari uchun qoplashga maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlari olgan tashkilotlar ulardan foydalanishning toʻliq hisobini yuritishi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
23. Qoplashga maqsadli pul (moliyaviy mablagʻlar) olgan tashkilotlar hisobot davri (oy, chorak, yil)dan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay vakolatli organga olingan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etishlari shart. Hisobot shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
24. Tegishli tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
mablagʻlarning oluvchi hisob raqamiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
oluvchilarning plastik kartochka yoki hisob raqami va oʻtkazilgan summa koʻrsatilgan roʻyxati.
25. Komissiya raisi va aʼzolari terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari taʼminotiga ajratilgan mablagʻlarga ehtiyojning toʻgʻri aniqlanganligi, ularning oʻz vaqtida taqsimlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi uchun javob beradilar.
26. Terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari berilgan pul (moliyaviy) mablagʻlardan qatʼiy maqsadli foydalanishi shart.
27. Tashkilotlar qoplash pulining oʻz vaqtida toʻlanishi va undan maqsadli foydalanish boʻyicha taqdim etilgan hisobotlarning haqqoniyligi uchun javob beradilar.
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlari uchun oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normalari
(netto grammlarda)
T/r
Mahsulotlar nomi
Erkaklar
Ayollar
1.
Dukkaklilar
50
50
2.
Bugʻdoy uni
50
50
3.
Boshqa unlar
30
30
4.
Guruch
100
100
5.
Boshqa yormalar (guruchdan tashqari)
50
50
6.
Bugʻdoy non
280
280
7.
Javdar non
250
250
8.
Boshqa don turlari noni
70
70
9.
Makaronlar
100
80
10.
Kartoshka
550
550
11.
Karam
300
250
12.
Bodring va pomidorlar
250
250
13.
Lavlagi va sabzi
300
250
14.
Boshqa sabzavotlar
250
200
15.
Poliz mahsulotlari
250
250
16.
Qovoq
150
100
17.
Yangi meva va rezavorlar
400
400
18.
Quritilgan meva va rezavorlar
100
100
19.
Uzum (yangi)
100
100
20.
Sitrus mevalar
100
50
21.
Mol goʻshti
100
100
22.
Qoʻy goʻshti
75
75
23.
Parranda goʻshti
150
100
24.
Qoʻshimcha mahsulotlar
50
50
25.
Kolbasa mahsulotlari
60
60
26.
Yangi baliq
150
125
27.
Baliq konservalari
75
50
28.
Qaymoqli sut
550
550
29.
Qaymoq
80
60
30.
Mol yogʻi
75
75
31.
Suzma
150
150
32.
Pishloq, brinza
75
50
33.
Tuxum (dona)
2
2
34.
Qand-shakar
85
85
35.
Margarin
40
30
36.
Oʻsimlik yogʻi
60
55
37.
Ziravorlar, koʻkatlar
50
50
38.
Achitqi
3
3
39.
Yodlangan tuz
15
15
40.
Qahva, kakao
4
4
41.
Choy
4
3
42.
Tabiiy sharbatlar
250
200
43.
Biologik aktiv qoʻshimchalar
25
25
44.
Mineral, gazsiz suv (ml)
1000
1000
Kaloriyaliligi (kkal)
7800
7500
Bir kishi uchun bir kunda oʻrtacha kaloriyalilik (kkal)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga 2-ILOVA
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommalashgan sportning barcha turlari boʻyicha ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini budjet mablagʻlari hisobiga oʻtkazish, toʻlovlarni va moliyalashtirish manbalarini amalga oshirish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport delegatsiyalari va terma jamoalarini xalqaro darajalardagi sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat safariga yuborish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisidagi budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni hamda ularda qatnashishni amalga oshiruvchi sport, jismoniy tarbiya va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan homiylar mablagʻlari hisobiga ham oʻtkazilishi mumkin, ushbu mablagʻlardan foydalanish tartibi vakolatli organ va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkiloti tomonidan qonun hujjatlariga, sport musobaqalarini, shu jumladan xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish shartlariga muvofiq belgilanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organlar — davlat boshqaruvi va mahalliy (viloyat, shahar, tuman) ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish yoki ularda qatnashish uchun budjet mablagʻlari ajratiladi;
jismoniy tarbiya-sport tashkiloti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) — joriy moliya yili uchun sport turlari boʻyicha sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari hamda oʻquv-trenirovka yigʻinlari roʻyxati, ularni oʻtkazish joylari, muddatlari, shuningdek ularni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlari koʻrsatilgan hujjat;
sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari reglamenti (keyingi oʻrinlarda reglament deb ataladi) — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini hamda ularga qoʻyiladigan majburiy shartlar va talablarni, shuningdek ularda qatnashish shartlarini belgilovchi qoidalar yigʻindisidan iborat boʻlgan hujjat;
sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisida nizom — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va ularda qatnashish tartibi va shartlarini belgilaydigan hujjat;
sport musobaqasi — musobaqaning eng yaxshi qatnashchisini aniqlash maqsadida uning tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament)ga muvofiq oʻtkaziladigan sportning har xil turlari (sport predmetlari) boʻyicha sportchilar yoki sportchilar jamoalari oʻrtasidagi musobaqa;
sport tadbirlari — sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha sport musobaqalari, oʻquv-trenirovka mashqlari va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari — sogʻlom turmush tarzini tashviq va targʻib qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
sport turi — kishining sport musobaqalariga oʻziga xos tayyorlanishini tavsiflaydigan, ularga muvofiq ularni oʻtkazish va ularda qatnashish talablari, tartibi va shart-sharoitlari belgilanadigan oʻz qoidalariga ega boʻlgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
sportning xalqaro turlari — xalqaro federatsiyalari (uyushmalari va shu kabilar) boʻlgan sport turlari;
oʻquv-trenirovka yigʻinlari — sportchilarni musobaqalarga va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash va ularda ishtirok etish, shuningdek ushbu tadbirlardan keyin tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan, sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy tusga ega boʻlgan tashkillashtirilgan tadbirlar;
sport kurslari, seminarlari va konferensiyalari — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
sportchi — tanlangan sport turi bilan muntazam shugʻullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy ravishda oshirib boradigan hamda tanlangan sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda va oʻquv-trenirovka yigʻinlarida muntazam qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener — tegishli oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan, oʻquv-trenirovka va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
sport hakami — sport musobaqasi tashkilotchisi tomonidan vakil qilingan, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlaydigan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar — sportchilar, trenerlar, olimlar, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat boʻlgan, musobaqalarga hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda qatnashish maqsadida tashkil etiladigan turli tashkilotlarning jamoalari;
terma jamoalarning trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha terma jamoalarning bosh (katta) trenerlari va trenerlari, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va shu kabilar) huzurida yoki ular boʻlmagan taqdirda — sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari huzurida tashkil etiladigan terma jamoalarning boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, terma jamoalarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
sport delegatsiyasi — sport turlari boʻyicha bitta yoki bir necha terma jamoalardan iborat boʻlgan tashkilot, mintaqa yoki mamlakat nomidan vakillik qiladigan rahbar, uning oʻrinbosarlari, menejerlar va boshqa mutaxassislar boshchilik qiladigan jamoa;
kompleks ilmiy guruh — sport turlari boʻyicha terma va klub jamoalarida ilmiy-metodik ishlarni hamda ilmiy-metodik taʼminlashni amalga oshiruvchi mutaxassislar jamoasi;
sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchisi — zimmasiga sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirini tashkil etish, oʻtkazish yoki ularda bevosita qatnashish funksiyalari yuklangan jismoniy shaxs. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazuvchi tashkilotlarning rahbari va maʼmuriy xodimi;
b) sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sportchilari, trenerlari, hakamlari, rahbarlari (vakillari, boshliqlari) va menejerlari;
v) texnik xodimlar;
g) xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
sportda olingan jarohat — sportchilar organizmining oʻquv-trenirovka jarayonida yoki sport va/yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish vaqtida olingan anatomik, psixologik yoki fiziologik jarohatlanishi;
mulkiy taʼminlash — sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sportchilari, trenerlari, hakamlari, olimlari va boshqa mutaxassislarini tegishli sport buyumlari, kiyim-boshlar, anjomlar, asbob-uskunalar, tashxis apparatlari va shu kabilar bilan taʼminlash;
sport inshooti — sportning har xil turlari boʻyicha ommaviy-sport tadbirlarini, oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarini va oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, unga nisbatan qoʻyilgan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasport va sertifikatga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq turdagi ixtisoslashtirilgan inshoot.
II. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishdagi normativ talablar
4. Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari sportchilari, trenerlari, hakamlari va boshqa qatnashchilarini ovqatlantirishni qoplash boʻyicha xarajatlar normalariga muvofiq taʼminlanadi.
5. Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat koʻrsatishning bir kuni uchun sport hakamlariga toʻlov miqdorlari ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq normalar boʻyicha toʻlanadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovgʻalar, medallar va diplomlar normalari ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
7. Oʻquv-trenirovka yigʻinlari tasnifi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
8. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashuvchi sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar taʼminotining qoʻshimcha shartlari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan.
III. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish
9. Sport musobaqalari ularni oʻtkazish xarakteriga koʻra quyidagicha boʻlishi mumkin:
shaxsiy — ularda (jinsi, yoshi, sport malakasi boʻyicha) alohida sportchilar egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
shaxsiy-jamoaviy — ularda shaxsiy birinchilikdan tashqari, jamoa qatnashchilari egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
jamoaviy — ularda faqat jamoa qatnashchilari egallagan oʻrinlar aniqlanadi;
klassifikatsion — ularda sportchilar tomonidan razryad normalari va Oʻzbekiston Respublikasining yagona sport tasnifi talablarining bajarilishi aniqlanadi;
saralash — ularning yakunlariga koʻra sport turlari boʻyicha terma jamoalar shakllantiriladi;
kompleks — ularning dasturida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va shu kabi sportning bir necha turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi;
litsenziyali, malakaviy, reytingli, saralash — ularning yakunlari boʻyicha Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlarida, jahon (bosqichlar boʻyicha) va Osiyo chempionatlarida va kuboklarida, qitʼa chempionatlari va kuboklarida hamda boshqa nufuzli sport musobaqalarida qatnashish huquqini beradigan litsenziyalar egalari (yoki qatnashchilar) aniqlanadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
10. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari quyidagilarga boʻlinadi:
mintaqaviy tadbirlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqalar boʻyicha);
respublika tadbirlari (respublika chempionatlari va kuboklari, viloyatlararo yoki respublikaning bir nechta mintaqalari ishtirokidagi, shu jumladan ochiq turnirlar);
xalqaro tadbirlar (Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlari, jahon (bosqichlar boʻyicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari, qitʼa chempionatlari va kuboklari, xorijiy davlatlarning ochiq chempionatlari, kuboklar, festivallar, turnirlar va boshqalar).
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
11. Oʻquv-trenirovka yigʻinlari quyidagi toifalarda boʻlishi mumkin:
barcha darajalardagi (mintaqaviydan xalqaro darajagacha) aniq sport musobaqalariga tayyorgarlik boʻyicha;
sportchilarni boʻlajak sport musobaqalariga va musobaqa davriga, turkumiga umumiy jismoniy tayyorlash, tiklash (kompleks va chuqurlashtirilgan tibbiy tiklash) bilan bogʻliq tayyorgarlik boʻyicha.
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham va undan tashqarida ham oʻtkazilishi mumkin. Bunda ularning davom etishi va qatnashchilarining soni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tasnifga binoan reglamentlanadi.
12. Tasdiqlangan kalendar reja asosida musobaqani oʻtkazadigan vakolatli organning rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiri (musobaqasi, oʻquv-trenirovka yigʻini va shu kabilar) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
sport tadbirini oʻtkazish tizimi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq tadbirni oʻtkazish tartibi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
qatnashuvchi tashkilotlar — sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida jismoniy tarbiya — sport yoki boshqa tashkilotlar jamoalarining qatnashishi huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar;
sportchilar, trenerlar va boshqa qatnashchilarning son jihatidan tarkibi — tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirining qatnashchilari soni;
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq sportchilarning jins va yosh toifalari;
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq natijalarni baholash tizimi;
tibbiy-sanitariya taʼminoti, sugʻurta qilish va texnika xavfsizligi;
sport turlari boʻyicha sport delegatsiyalari, terma jamoalar qatnashchilarining va sport hakamlarining (Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlari, jahon (bosqichlar boʻyicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari, qitʼa chempionatlari va kuboklari qatnashchilarining) anjomlari;
musobaqalarning moliyaviy shartlari — tegishli tashkilotlarning ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini nazarda tutadi;
buyurtmanomalarni berish tartibi va muddati — sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirida qatnashishga buyurtmanomalar shaklini, shuningdek, buyurtmanomani qabul qiladigan tashkilotning aniq rekvizitlari koʻrsatilgan holda, oldindan va yakuniy buyurtmanomani berish muddatlarini nazarda tutadi;
tegishli xalqaro sport tashkiloti yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq musobaqalarning gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash tartibi;
13. Vakolatli organlar va sport tashkilotlari sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tasdiqlangan kalendar rejaga, tadbirni oʻtkazish reglamenti (nizomi)ga, tashkiliy qoʻmitalarning taklifnomalariga (reglamentlariga) muvofiq oʻtkazadilar va ularda qatnashadilar.
nazariy va amaliy mashgʻulotlar, madaniy-ommaviy va tarbiyaviy ishlar rejalarini, sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini, kompleks ilmiy guruh ishlari, tibbiy xizmat koʻrsatish va mashgʻulotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejalarini tasdiqlash;
oʻquv-trenirovka jarayonini oʻtkazish sifatiga, sportchilarning texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga, qatnashchilar oʻrtasida intizomga rioya qilishga, mol-mulklarning saqlanishiga alohida eʼtibor qaratish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
malakali trenerlar, vrachlar, massajistlar, psixologlar va boshqa mutaxassislarning qatnashishini taʼminlash, shuningdek sport inshootlarini zarur anjomlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash;
buyruq (farmoyish) bilan oʻquv-trenirovka yigʻini boshligʻini va uning oʻrinbosarini tayinlash;
texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini va qatnashchilarni sugʻurta qilishni taʼminlash;
sportchilarning va ushbu Nizomda nazarda tutilgan oʻquv-trenirovka yigʻini boshqa qatnashchilarining nomma-nom roʻyxatlarini tasdiqlash.
IV. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish, sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xarajatlarning tarkibi va normalari
15. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash va ularning musobaqalarda qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy taʼminotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini, oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishga, terma jamoalar aʼzolarini mulkiy taʼminlashga, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashga, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishga ajratiladigan mablagʻlar hajmi vakolatli organlar qarorlarida belgilanadi.
16. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish soʻmlarda va/yoki xorijiy valyutada, tasdiqlangan kalendar reja asosida, amaldagi normalarga, shuningdek xalqaro va respublika ommaviy-sport tadbirlari, oʻquv-trenirovka yigʻinlari, kurslar (seminarlar) va shu kabilarning tashkilotchilari tomonidan belgilangan moliyaviy shartlarga muvofiq vakolatli organga, sport tashkilotiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
17. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirishda vakolatli organ tomonidan aniq ommaviy-sport tadbirining xarajatlar smetasi tuziladi va tasdiqlanadi, unda amalga oshiriladigan xarajatlarning yoʻnalishlari va ularni moliyalashtirish manbalari koʻrsatiladi.
Bunda aniq sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirini amalga oshirishga ajratiladigan budjet mablagʻlari miqdori amaldagi xarajatlar normalariga hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga yoki amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
19. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida terma jamoalarning ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarga, ularni oʻtkazish sharoitlari va reglamenti (nizomi)ni hisobga olgan holda, quyidagilarga sarflanadigan xarajatlar kiradi:
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning sport tadbirlari oʻtadigan joygacha va u yerdan qaytib kelish boʻyicha yoʻl xarajatlari;
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning yashash xarajatlari;
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning ovqatlanish xarajatlari;
sportchilar, trenerlar, sport hakamlari, rahbarlar, tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning yoʻlda boʻlish vaqtidagi sutkalik xarajatlari;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
sport inshootlarini, shuningdek boshqa binolarni ijaraga olish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
sport anjomlari, asbob-uskunalar va transportni ijaraga olish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
maxsus anjomlar va moslamalarni (oʻqlar, nishonlar, kamonlar va shu kabilarni) sotib olish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
yirik hajmli sport anjomlari va asbob-uskunalarini tashish;
tibbiy-tiklash tartibotlari, tibbiy xizmat koʻrsatish va tibbiy sugʻurta qilish;
qatnashchilarni sugʻurta qilish;
badallar toʻlash (qatnashish, akkreditatsiya qilish, jamoa va start badallari uchun, doping yuzasidan nazoratdan oʻtish, aeroport uchun), shuningdek kirish vizalari toʻlovi, nogabarit bagaj uchun toʻlov;
farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash;
Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlarida jahon (bosqichlar boʻyicha) hamda Osiyo chempionatlari va kuboklarida, qitʼa chempionatlari va kuboklarida qatnashishda maxsus sport anjomlari, maxsus kiyim-boshlar va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari.
Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning turli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun ketayotganda xorijiy davlat hududida ovqatlanishi va yashashi Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlarida xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibida tasdiqlangan normalar boʻyicha nazarda tutiladi (2000-yil 5-iyunda 932-son bilan roʻyxatga olingan), agar tadbir oʻtkaziladigan joydagi tashkiliy qoʻmita shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa. Bunda agar sport delegatsiyasining yashash va ovqatlanish normalari tashkiliy qoʻmita shartlariga muvofiq tasdiqlangan normalardan yuqori boʻlsa, u holda tashkiliy qoʻmita normalari qoʻllanadi.
20. Respublika sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishdagi:
yoʻl xarajatlari va yoʻlda boʻlish vaqtidagi sutkalik pulni toʻlash xarajatlari — sport delegatsiyalarini, jamoalarini, sportchilar guruhlarini (yoki sportchini), trenerlar, sport hakamlari va boshqa mutaxassislarni yuborayotgan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi;
sportchilar, trenerlar, sport boʻyicha hakamlar va boshqa mutaxassislarni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlash xarajatlari — aniq sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish shartlariga muvofiq, budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
uzoq togʻli joylarda yoki suvli hududlarda alohida sharoitlarda ommaviy sport tadbirlarini, shu jumladan oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishda sport tashkilotlariga, ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar normalaridan hamda tegishli ravishda tadbirlarning davom etish muddatidan kelib chiqqan holda, ovqatlanish mahsulotlarini sotib olish va tadbirlar qatnashchilarining boshqa xarajatlari uchun xarajatlarning jami summasini hisobot berish asosida naqd pul bilan berishga ruxsat etiladi, bunda budjet mablagʻlari Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi qoidalariga muvofiq (2009-yil 16-sentabrda 2007-son bilan roʻyxatga olingan) ajratiladi. Mablagʻlar tadbir qatnashchilarini ovqatlanish mahsulotlari va shu kabilar bilan taʼminlash maqsadida hisobot taqdim etadigan shaxsga beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishda xarajatlar tegishli xalqaro tashkilot yoki tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan tadbir nizomi (reglamenti) asosida amalga oshiriladi.
22. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb ataladi) tomonidan, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
23. Har bir alohida holatda u yoki bu sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazishga xarajatlarni ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan doirada Gʻaznachilik orqali amalga oshirish uchun mablagʻlarni budjet tashkilotlari Gʻaznachilikka budjet tashkilotining kreditlarni beruvchi — budjet mablagʻlarini oluvchining birinchi imzosini qoʻyish huquqiga ega boʻlgan rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolangan, tashkilot xarajatlari smetasi ilova qilingan tegishli buyruqni taqdim etadilar. Buyruqda va unga ilova qilinadigan xarajatlar smetasida tadbirning turi, oʻtkaziladigan kunlari, joyi, qatnashchilarning soni, xarajatlar summasi majburiy tartibda koʻrsatiladi. Koʻrsatib oʻtilgan tadbirga xarajatlar smetasi moliya boshqarmasining boshligʻi yoki (moliya xizmatining shtatlar jadvali boʻyicha mavjud boʻlmagan taqdirda) tashkilotning bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Bundan tashqari, naqd pul mablagʻlarini olish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyurtmanoma taqdim etiladi. Reja-moliya xizmati boshligʻi (yoki bosh buxgalter) va rahbar (shaxs) tadbir xarajatlari smetasining va naqd pul mablagʻlari berish yuzasidan buyurtmanomaning ishonchli rasmiylashtirilganligi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
24. Xarajatlarni naqd pulsiz shaklda toʻlash va naqd pul mablagʻlarini berish qatʼiyan belgilangan tartibda, budjet tashkilotlarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari yoki oʻquv-trenirovka yigʻinlari uchun xarajatlari smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
25. Qatnashchilarning respublika musobaqalari oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytish xarajatlari quyidagi tartibda toʻlanadi:
qatnashchilarni sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga yuborishda ular tomonidan yoʻl chiptalarini naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotib olishga yoki borish va qaytishdagi yoʻl haqi qiymatini taqdim etilgan yoʻl hujjatlari asosida qoplashga ruxsat etiladi, bunda yoʻl haqi qiymati:
temir yoʻl boʻyicha — umumiy (yoki alohida) joyli vagondagi yoʻl haqi qiymatidan oshmasligi kerak;
katta yoʻllar boʻyicha — jamoat foydalanadigan transportdagi (taksidan tashqari) yoʻl haqi qiymatidan oshmasligi kerak, u mavjud boʻlmagan taqdirda toʻlov transport vositasi egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq, transport vositasining tartib raqamini va pasport maʼlumotlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi;
havo transportidan foydalanilgan taqdirda — tejamli klass aviachiptasining qiymatidan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
26. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining qatnashchilariga transport vositasida (taksidan tashqari) yoʻlkira xarajatlari temir yoʻl (avtobus) stansiyasiga, pristanga, aeroportga borish uchun toʻlanadi, agar ular aholi punktidan tashqarida joylashgan boʻlsa.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
27. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini turar joy bilan taʼminlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan barcha darajalardagi (mintaqaviy, respublika va xalqaro) sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilari turar joy bilan tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumotnomalar, shartnomalar, cheklar va shu kabilar) mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda taʼminlanadilar;
sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga (shu jumladan xalqaro darajadagi tadbirga) borish va undan qaytish yoʻlida majburiy toʻxtashlarda, tun mobaynida yoki bir sutkadan koʻp vaqt mobaynida navbatdagi transportni kutish vaqtida turar joyni ijaraga olish boʻyicha tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar qatnashchilarga qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida qoplanadi;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Oʻzbekiston hududida respublika sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish davrida turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlanish xarajatlarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan normalari tadbirning barcha qatnashchilariga tatbiq etiladi.
28. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining mulkiy taʼminoti koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobiga vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
29. Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlarida, jahon (bosqichlar boʻyicha) va Osiyo chempionatlari va kuboklarida, qitʼa chempionatlari va kuboklarida, shuningdek boshqa nufuzli xalqaro va respublika sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashadigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan sport turlari boʻyicha sport delegatsiyalari, terma jamoalar va ularning zaxirasi tarkiblari: delegatsiyalar (jamoalar) rahbarlari, sportchilar, trenerlar tarkibi, qatnashishga tayyorlash ishlarini olib boruvchi texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mulkiy taʼminlanadilar.
30. Davolash, reabilitatsiya va tiklash tadbirlarini moliyaviy taʼminlash sport turlari boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxirasi aʼzolarining sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari, oʻquv-trenirovka mashgʻulotlari vaqtida olgan sport jarohati (jarohatlari) natijasida yoʻqotilgan salomatligini tiklash maqsadida, rasmiy tibbiy xulosalar asosida budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
31. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarini reabilitatsiya qilish va salomatligini tiklash boʻyicha quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi:
davolanish joyiga borish, joylashish va ovqatlanish hamda davolanish joyidan qaytib kelish;
farmakologik preparatlar (dori-darmonlar, vitaminlar, oqsil-glukoza va shu kabilar) bilan taʼminlash;
salomatlikni tiklash tadbirlari (fizioterapiya, psixologik, madaniy-maʼrifiy va boshqalar);
davolanish (operatsiya va boshqalar), reabilitatsiya, salomatlikni tiklash va kasallikni (jarohatni) tashxis qilish, operatsiyani oʻtkazish va davolanish kursidan oʻtish toʻlovi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
sugʻurta qilish;
maxsus asbob-uskuna va anjomlarni, elektron va texnik vositalarni, avtotransportni ijaraga olish;
aeroportlarda va temir yoʻl vokzallaridagi yigʻimlar, viza olishlar xarajatlarini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa xarajatlarni toʻlash.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
32. Vakolatli organlar tomonidan tashkilotlarga sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlanish va ularda qatnashish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari vakolatli organlar yoki tashkilotlarning buyruqlariga hamda aniq sport tadbirining xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq holda sarflanishi kerak.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
33. Tadbirni oʻtkazgan tashkilotlar tadbirlar tugagandan keyin 3 kun mobaynida vakolatli organlarga tadbirga tayyorlanish va uni oʻtkazishga ajratilgan budjet mablagʻlari boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etadilar.
34. Hisobotda koʻrsatilgan barcha xarajatlar amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlaydigan va zarur darajada rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
Shartnomalar, toʻlov schyot-fakturalari, toʻlov topshiriqnomalari, tovar-moddiy boyliklarni olish hujjatlari, bajarilgan ishlarning dalolatnomalari, transport yoʻl varaqalari, naqd pul mablagʻlarini, sovrinlarni, medallarni, diplomlarni berish vedomostlari, roʻyxatdan chiqarish dalolatnomalari, transport chiptalari va shu kabilarning nusxalari xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
35. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishga budjetdan ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qoldigʻini tashkilotlar uch bank kuni mobaynida vakolatli organlarning yoki mablagʻlarni ajratgan tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamiga qaytarishi shart.
36. Hisobot vakolatli organga tegishli sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining moddiy javobgar shaxsi tomonidan shaxsan taqdim etilishi kerak.
37. Tashkilotlarning rahbariyati ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida taqdim etiladigan hisobotlarning haqqoniyligi yuzasidan shaxsan javob beradi.
38. Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari vakolatli organlar yoki budjet tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan taqdirda ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha hisobot mazkur tashkilotlar tomonidan, budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplash xarajatlari
NORMALARI
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilariga ovqatlanishni qoplash xarajatlari normalari quyidagi jadvalga muvofiq, bir kishi hisobiga kaloriyalar normalari boʻyicha oʻrtacha sutkalik ovqatlanish normasi tarzida aniqlanadi, mazkur jadval tegishli yil uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi xarajatlarining budjet smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlari doirasida, ovqatlanish mahsulotlari narxlari indeksatsiyasini hisobga olgan holda oʻzgarishi mumkin.
Sport tadbirlari qatnashchilarini ovqatlantirish xarajatlarini qoplashda turgʻun ovqatlanish punktlarining qoʻshimcha xarajatlari hisobga olinadi, lekin ovqatlanish xarajatlarining kunlik umumiy summasi belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Bir kungi ovqatlanishning oʻrtacha sutkalik normalari
(netto grammlarda)
T/r
Mahsulotlar nomi
Erkaklar
Ayollar
1.
Dukkaklilar
50
50
2.
Bugʻdoy uni
50
50
3.
Boshqa unlar
30
30
4.
Guruch
100
100
5.
Boshqa yormalar (guruchdan tashqari)
50
50
6.
Bugʻdoy non
280
280
7.
Javdar non
250
250
8.
Boshqa don turlari noni
70
70
9.
Makaronlar
100
80
10.
Kartoshka
550
550
11.
Karam
300
250
12.
Bodring va pomidorlar
250
250
13.
Lavlagi va sabzi
300
250
14.
Boshqa sabzavotlar
250
200
15.
Poliz mahsulotlari
250
250
16.
Qovoq
150
100
17.
Yangi meva va rezavorlar
400
400
18.
Quritilgan meva va rezavorlar
100
100
19.
Uzum (yangi)
100
100
20.
Sitrus mevalar
100
50
21.
Mol goʻshti
100
100
22.
Qoʻy goʻshti
75
75
23.
Qoʻy goʻshti
150
100
24.
Qoʻshimcha mahsulotlar
50
50
25.
Kolbasa mahsulotlari
60
60
26.
Yangi baliq
150
125
27.
Baliq konservalari
75
50
28.
Qaymoqli sut
550
550
29.
Qaymoq
80
60
30.
Mol yogʻi
75
75
31.
Suzma
150
150
32.
Pishloq, brinza
75
50
33.
Tuxum (dona)
2
2
34.
Qand-shakar
85
85
35.
Margarin
40
30
36.
Oʻsimlik yogʻi
60
55
37.
Ziravorlar, koʻkatlar
50
50
38.
Achitqi
3
3
39.
Yodlangan tuz
15
15
40.
Qahva, kakao
4
4
41.
Choy
4
3
42.
Tabiiy sharbatlar
250
200
43.
Biologik aktiv qoʻshimchalar
25
25
44.
Mineral, gazsiz suv (ml)
1000
1000
Kaloriyaliligi (kkal)
7800
7500
Bir kishi uchun bir kunda oʻrtacha kaloriyalilik (kkal)
b) viloyatlar, respublika va xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan joylarda (Oʻzbekiston Respublikasi hududida) yashaydigan qatnashchilar ovqatlantirish bilan boshqa joylardan kelishgan qatnashchilar bilan teng ravishda, faqat musobaqalar kunlarida;
v) respublika va xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish uchun oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilari — yigʻinlar oʻtkaziladigan kunlarda taʼminlanadilar.
3. Katta yoʻllardagi (velosiped poygalari, yugurish marafonlari, uzoq masofalarga yugurish yoki sport yurishlari musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha musobaqalarni va oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazishda tashkilotlar maxsus ovqatlanish (suyuq ovqatlar, choy, sut, sharbatlar, glukoza va askarbin kislotali, mevali ichimliklar) punktlari tashkil qiladilar.
Masofalarda ovqatlanish uchun maxsus ovqatlanish punktlarining soni va joylashishini vrachlar bilan kelishgan holda, musobaqalar qoidalariga muvofiq bosh hakamlar hayʼatlari aniqlaydilar.
Barcha masofalardagi maxsus ovqatlanish qiymati summasi bir nafar sportchining sutkalik ovqatlanish xarajatlari umumiy summasiga kiritilishi kerak.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlariga xizmat koʻrsatish uchun sport hakamlariga toʻlanadigan bir kunlik toʻlov miqdorlari (eng kam oylik ish haqining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
Hakamlar lavozimlari
Hakamlar toifalari
HK/MK
OT
1-t
S/H
Bosh hakam
24%
22%
21%
—
Bosh kotib
24%
22%
21%
—
Bosh hakam oʻrinbosari
22%
21%
19%
—
Bosh kotib oʻrinbosari
22%
21%
19%
—
Hakamlar
21%
19%
18%
16%
Izoh
Sport hakami malakasining shartli belgilari:
XT — xalqaro toifali; MT — milliy toifali;
OT — oliy toifali; 1-t — birinchi toifali; S/H — sport boʻyicha hakam.
Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan rasmiy xalqaro sport musobaqalariga xizmat koʻrsatadigan sport boʻyicha hakamlarga toʻlovlar ushbu musobaqalarning reglamenti (nizomi)da nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi, ular oʻz navbatida tegishli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlangan (kelishilgan) boʻlishi kerak.
Toʻlovlar miqdorlari musobaqalarning bir kuniga xizmat koʻrsatish uchun nazarda tutilgan, bitta oʻyin uchun xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlovlar amalga oshiriladigan sportning jamoaviy oʻyin turlari bundan mustasno.
Hakamlar hayʼati aʼzolarining bosh hakam tomonidan imzolangan roʻyxati musobaqalarga xizmat koʻrsatganligi uchun hakamlarga toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Musobaqalarga xizmat koʻrsatganlik uchun hakamlarga toʻlov musobaqalar oʻtkaziladigan joyda, musobaqani oʻtkazayotgan sport tashkilotining smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sport musobaqalariga xizmat koʻrsatganlik uchun hakamlarga toʻlov ularga koʻrsatiladigan, Nizomda nazarda tutilgan moddiy taʼminot (ovqatlanish, yashash)ning boshqa turlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari gʻoliblari va sovrindorlarini mukofotlash uchun esdalik sovgʻalari, medallar va diplomlar normalari, soʻmlarda (eng kam oylik ish haqining belgilangan miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
2. Barcha darajalardagi sport musobaqalarida 1 va 3-oʻrinlar gʻoliblariga, esdalik sovgʻalaridan tashqari, tegishli qiymatdagi medallar va diplomlar beriladi.
3. Ommaviy tusdagi sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida (festivallar, spartakiadalar, kompleks sport musobaqalari, nogironlar, aqlan zaif sportchilar oʻrtasidagi musobaqalar, aholi, sport faxriylari oʻrtasidagi sport tadbirlari va shu kabilarda) musobaqalar qatnashchilarining sportdagi faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida 1, 2, 3-oʻrinlar uchun, sovgʻa mukofotlariga qoʻshimcha ravishda, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha alohida sovgʻalar taʼsis etilishi mumkin:
1. Gʻalabaga boʻlgan iroda uchun
2. Eng yaxshi texnika uchun
3. Eng yosh sportchiga
4. Sport tadbirini tayyorlash va oʻtkazishdagi faol ishtiroki uchun
5. Ommaviy sportni rivojlantirishdagi munosib hissasi uchun.
4. Nominatsiyalar belgilangan eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlari qiymatiga ega boʻlgan sovgʻalar tarzida taʼsis etiladi:
a) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tuman, tumanlararo, shahar, shaharlararo darajada oʻtkazishda — eng kam oylik ish haqining 4 baravarigacha;
b) mintaqaviy (viloyat, shahar (Toshkent shahri), viloyatlararo va Qoraqalpogʻiston Respublikasi darajasida) oʻtkazishda — eng kam oylik ish haqining 6 baravarigacha;
Tegishli sport tadbirining qatnashchilari, tashkilotchilari va homiylari koʻrsatib oʻtilgan nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar olishga talabgorlar boʻlishlari mumkin.
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari
TASNIFI
T/r
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari nomi
Oʻquv-trenirovka yigʻinlarini oʻtkazuvchi tashkilot
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari davomiyligi
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilari
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilarining eng koʻp soni
1. Xalqaro musobaqalarga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
1.
Terma jamoalarning rasmiy xalqaro musobaqalarga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
Jamoalarni xalqaro musobaqalarga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar
24 kungacha
Terma jamoalar
Musobaqalarga qoʻyiladigan sportchilarning ikkitagacha tarkibini vakolatli organ belgilaydi
2.
Oʻzbekiston terma jamoalarining Olimpiada, Paralimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Jahon va Osiyo oʻyinlariga, jahon (bosqichlar boʻyicha) va Osiyo chempionatlariga va kuboklariga, qitʼa chempionatlari va kuboklariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari, individual jadval rejasi va prognoz qilinayotgan natijalar taqdim etilgan taqdirda
Jamoalarni xalqaro musobaqalarga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar
90 kungacha
Terma jamoalar
Musobaqalarga qoʻyiladigan sportchilarning uchtadan koʻp boʻlmagan tarkibini vakolatli organ belgilaydi
3.
Umumiy jismoniy, maxsus texnik-taktik tayyorgarlik, tiklanish va sportchilarni tibbiy tekshirishdan oʻtkazish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
Jamoalarni xalqaro musobaqalarga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar
24 kungacha
Terma jamoalar
Musobaqalarga qoʻyiladigan uchtadan koʻp boʻlmagan tarkiblar
4.
Boshqa xalqaro musobaqalarga (norasmiy, oʻrtoqlik, koʻrgazmali) musobaqalarga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
Jamoalarni xalqaro musobaqalarga yuboruvchi vakolatli organlar, sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar
2. Respublika musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
1.
Kompleks respublika musobaqalarining (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”, spartakiada, yoshlar, oʻsmirlar oʻyinlari) final musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
Komandalarni kompleks tadbirlarning final musobaqalariga yuboruvchi tashkilotlar
24 kungacha
Final musobaqalarida qatnashuvchi jamoalar
Final musobaqalariga qoʻyiladigan sportchilarning bir yarimtagacha tarkibi
2.
Respublikaning boshqa musobaqalariga (chempionatlariga, kuboklariga, respublika turnirlariga) tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
Respublika sport tadbirlarini oʻtkazish rejalariga muvofiq jamoalarni musobaqalarga yuboruvchi tashkilotlar
18 kungacha
Respublika musobaqalarida qatnashuvchi jamoalar
Musobaqalarga qoʻyiladigan sportchilarning bir yarimtagacha tarkibi
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari qatnashchilarini taʼminlashning qoʻshimcha normalari
1. Tegishli tashkilotlar tomonidan qatnashishga qoʻyilgan sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilari boʻlgan sportchilarni zarur farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash xarajatlari normalari, belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan protsent hisobida, quyidagi tartibda aniqlanadi:
Bir nafar sportchini sutkalik taʼminlash xarajatlari normasi
Bevosita respublika sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
10 foizgacha
Xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha oʻquv-trenirovka yigʻinlari
25 foizgacha
Respublika sport musobaqalari
10 foizgacha
Xalqaro sport musobaqalari
30 foizgacha
Farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash xarajatlari kalendar rejasida nazarda tutilgan sport yoki ommaviy-jismoniy tarbiya tadbiriga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Sport tadbirlari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari qatnashchilarini farmakologik tiklash vositalari, vitaminlar hamda oqsil-glukoza preparatlari bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan umumiy summa alohida tadbirga xizmat koʻrsatadigan tibbiyot muassasalarining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
2. Sportning ot sporti turlari uchun quyidagi qoʻshimcha taʼminlash shartlari belgilangan:
sport otlarini oziqlantirish (kuniga 1 ot hisobiga) oziqlantirish normalari boʻyicha amalga oshiriladi:
xashak — 8 kg;
yemlar — 7,5 kg (suli, kepak, bugʻdoy kepagi), sariq arpa, makkajoʻxori doni, “Uspex” va “Krepish” premikslari, “Otkormochniy” omixta ozuqasi;
sabzi — 2 kg;
koʻk massa (oʻt) — 1,5 kg;
tuz — 55 g.
Sport otlarini va qoʻshimcha yuklarni musobaqalarga tashish, yoʻlda va musobaqalarda oziqlantirish, yoʻlda veterinariya xizmati koʻrsatish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni sport musobaqalariga yuborish va ulardan olib kelish xarajatlarini ularni musobaqaga yuborgan sport tashkilotlari amalga oshiradilar.
Sport musobaqalarini oʻtkazish davrida sport otlarini joylashtirish va ularga veterinariya xizmati koʻrsatish xarajatlarini sport tadbirini oʻtkazadigan sport tashkiloti yoki uni oʻtkazuvchi boshqa tashkilot amalga oshiradi.
Sport otlarini yoʻlda va tadbirlarni oʻtkazish davrida oziqlantirish hamda veterinariya xizmati koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha yuklarni sport tadbirlariga tashish, shuningdek hamrohlik qiladigan shaxslarni xizmat safariga yuborish xarajatlari tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tashkiliy qoʻmita shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 172-modda; 2012-y., 31-son, 356-modda; 2016-y., 43-son, 499-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)