toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 23-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar”;
sakkizinchi—oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 8-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bundan mustasno.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ishlab chiqarish nazorati ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar, shuningdek tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan xomashyo, qurilish materiallari va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi jamoat nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirishni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi”;
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Radiatsiya-gigiyena pasporti — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yuridik shaxsning radiatsiyaviy xavfsizlik holatini tavsiflovchi hujjat.
Radiatsiya-gigiyena pasportiga har yili radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash natijalari kiritib boriladi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
4) 22-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini taʼminlash ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 14-apreldagi 73 (5240)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-aprel,
OʻRQ-282-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 148-modda)