Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son
Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek kreditlarga xizmat koʻrsatishni hisobga olgan holda biometrik pasportlarni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi;
b) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadli tartibda:
biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish;
biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qoʻllaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi boʻlgan import sarflash materiallarini sotib olish;
biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy taʼminlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini taʼmirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish;
xorijiy pudratchilar yoki Oʻzbekiston Respublikasining pudrat tashkilotlari tomonidan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy taʼminoti qiymatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi;
v) Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.