Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son
Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek kreditlarga xizmat koʻrsatishni hisobga olgan holda biometrik pasportlarni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat bojlari summasining 60 foizi miqdoridagi mablagʻlar Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadli tartibda biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish uchun foydalaniladi;
Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.