XALQ TAʼLIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq hamda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik va tashkiliy jihatdan taʼminlashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq taʼlimi tumanlar (shaharlar) boʻlimlari hamda ular huzurida faoliyat koʻrsatuvchi metodik kabinetlar, taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari (shoʻbalari), oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik diagnostika markazlari negizida, ulardagi mavjud xodimlar sonini oʻrtacha 5 foizga qisqartirgan holda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.
2. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, zarurat boʻlganda, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat taʼlim standartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim, taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya ishlarini metodik taʼminlashni tashkil etish, oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va ilgʻor shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
taʼlim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va jihozlardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
oʻquvchilarning kasbga yoʻnaltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va oʻsmirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda:
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tuzilmasini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining yuqori malakali mutaxassislar va rahbar xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
2011-yil uchun Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, bunda xalq taʼlimi hududiy organlarining hamda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining joriy taʼminoti moliyalashtirilishi Davlat budjetining “Taʼlim” moddasi boʻyicha nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishini hisobga olsin;
metodistlar sonining maqbullashtirilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarni tashkil etilayotgan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga belgilangan tartibda yoʻnaltirsin, bunda ularning zarur mebellar va kompyuter texnikasi bilan bosqichma-bosqich toʻliq jihozlashni, shuningdek axborot nashrlari va adabiyotlarga, shu jumladan ularning elektron shakliga obuna boʻlishni, “Ziyo Net” tarmogʻidan foydalanishni nazarda tutsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-mart,
52-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son qaroriga 1-ILOVA
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 52-son qaroriga 2-ILOVA
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm)
T/r
Lavozimlar nomi
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari
shaharlar-viloyatlar markazlari, Nukus shahri va qishloq tumanlari
shahar tumanlari
viloyatga boʻysunuvchi shaharlar
I guruh
II guruh
I guruh
II guruh
1.
Boʻlim mudiri
485 140
456 195
456 195
427 696
456 195
2.
Mudir oʻrinbosari — guruh rahbari
372 789
346 155
372 789
346 155
346 155
3.
Shoʻba mudiri
372 789
346 155
372 789
346 155
346 155
4.
Taʼlim muassasalari faoliyatini va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni tashkil etish boʻyicha mutaxassislar
354 150
328 848
354 150
328 848
328 848
5.
Taʼlim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanganligi masalalari boʻyicha mutaxassis (muhandis)
346 155
319 598
346 155
319 598
319 598
6.
Buxgalter
248 526
230 770
248 526
230 770
230 770
7.
Iqtisodchi
230 770
213 065
230 770
213 065
213 065
8.
Kadrlar boʻyicha inspektor
230 770
213 065
230 770
213 065
213 065
Izoh: metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlariga rioya etish monitoringi guruhlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 91-modda; 2017-y., 32-son, 801-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)