1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.07.00 Ijodiy uyushmalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKNAVO” GASTROL-KONSERT BIRLAShMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Musiqa-raqs sanʼatini rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston konsert ijodiy jamoalarining istaklarini eʼtiborga olib:
1. “Turkiston” saroyi va “Bahor” komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilotlari negizida “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda hududiy boʻlimlarga ega boʻlgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashli ekanligidan qatʼi nazar, filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa ijodiy jamoalarni birlashtiradi.
“Oʻzbeknavo” birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.
3. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs sanʼatining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va targʻib qilish;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining istiqbolli rejalarini, maqsadli, kompleks, madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirish;
xorijiy firmalar oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning, madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish;
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.03 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi / 07.10.06.03 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. Gastrol-konsert birlashmasi, uning korxonalari va tashkilotlari davlat budjetiga oʻtkaziladigan davlat soliqlarini toʻlashdan 3 yil muddatga ozod qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, imtiyozli soliq olinishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlardan musiqa-raqs sanʼatini yanada rivojlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga aniq maqsadni koʻzlab foydalaniladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-mart,
PF-1419-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 4-son, 39-modda)