1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʻZBEKISTON BELGISI” KOʻKRAK NIShONI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna koʻrsatayotgan yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida:
“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 8-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-avgust,
PF-3290-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 4-avgustdagi 3290-sonli Farmoni bilan TASDIQLANGAN
“Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
Nizom (yangi taHriri)
1. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan milliy maʼnaviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuygʻusini va mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namuna koʻrsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
2. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoniga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining quyi tashkilotlari va jamoatchilik tomonidan taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
3. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining qarori asosida beriladi.
4. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan belgilanadi.
5. “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasi taqdirlanganlarga tantanali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining raisi tomonidan topshiriladi.