1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
NAZORAT QILUVChI ORGANLAR TOMONIDAN YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR FAOLIYATINI TEKShIRIShLARNI TAShKILLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1712-2]
[Koʻchirma]
20. Kengashning 2007-yil 23-avgustdagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1712, 2007-yil 3-sentabr) 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Bosh vazir, Kengash raisi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-dekabr,
3-son
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2010-yil 29-dekabrdagi 3-son qaroriga 8-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududida faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni tekshirishlar qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
“davlat soliq xizmati organlari tomonidan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlarining tushumi toʻliqligi va hisobga olinishini, nazorat-kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanishni, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududida faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarda qisqa muddatli tekshirishlar oʻtkazish. Koʻrsatilgan tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari boshliqlarining buyruqlari asosida, keyinchalik qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilgan kundan bir ish kuni mobaynida Kengash yoki uning tegishli hududiy komissiyasini xabardor qilgan holda oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“belgilangan tartibda rasmiy ravishda oʻz faoliyatini toʻxtatgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirayotgan jismoniy shaxslar faoliyatida tekshirishlar oʻtkazish. Bunda ularning yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatishigacha boʻlgan davrdagi faoliyatini tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.