1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi;
3.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Aholini va xalq xoʻjaligi obyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil qilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-avgustdagi PF-5168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 917-modda)
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.14.00.00 Fuqaro mudofaasi. Obyektlarni himoya qilish. Fuqarolarni himoya qilish]
3. Aholini va xalq xoʻjaligi obyektlarini muhofaza etishni taʼminlashga rahbarlik qilish:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga va tegishli hududlarning hokimlariga;
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda — vazirlarga, davlat qoʻmitalari va uyushmalar boshqaruvlari raislariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning direktorlari va boshliqlariga yuklansin.
(3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 11-dekabrdagi PF-2153-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 227-modda)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar hududiy organlari negizida favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)ni tashkil etsinlar.
Ushbu bandning bajarilishi toʻgʻrisida 1996-yilning 15-apreligacha axborot bersinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-mart,
PF-1378-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 19-modda; 1998-y., 12-son, 227-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 917-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)