toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabr PF-3675-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 337-modda)
2. “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoni 9-bandidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 3626-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
4. “Rangli metallar parchalari va chiqindilari o‘g‘irlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
PF-3306-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda)