1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLAR HAQINI TOʻLASH BOʻYICHA KOMPENSATSIYA PUL TOʻLOVLARINING MEXANIZMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Imtiyozli shaxslar toifasi va kompensatsiya pul toʻlovlari miqdorlari
1. Quyidagilar eng kam ish haqining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya deb yuritiladi) oluvchilari hisoblanadi:
a) oʻzgalar qaramogʻiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz pensionerlar, shu jumladan nogironlar ham;
b) 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urushda halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari va vafot etgan nogironlarning xotinlari. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-son ilovalarida belgilangan.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
Halok boʻlgan harbiy xizmatchining kompensatsiya pul toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolariga boquvchisini yoʻqotgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq halok boʻlgan harbiy xizmatchi uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari kiritiladi.
Kompensatsiya pul toʻlovlari halok boʻlgan harbiy xizmatchining oila aʼzolariga ular oladigan pensiya turidan va oila aʼzolari birgalikda yoki alohida yashashlaridan qatʼi nazar, toʻlanadi;
v) birinchi va (yoki) ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;
g) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar, shaxsiy pensionerlar;
d) fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan tutqunlari;
e) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan fuqarolar;
j) koʻzi ojiz I guruh nogironlari;
z) Chernobil halokati oqibatida ziyon koʻrgan fuqarolar;
i) yadro poligonlarida va boshqa yadroviy radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
2. Eng kam ish haqining 18 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul toʻlovlari oluvchilari deb 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
3. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya summasi jismoniy shaxslarning jami daromadiga qoʻshiladi hamda ish haqi (pensiyalar, nafaqa) toʻlanadigan muddatlarda toʻlanadi. Bunda, kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga (shu jumladan, ishlovchi pensionerlarga) ish joyida, ishlamaydigan pensionerlarga va nafaqa oladigan bolalikdan nogironlarga hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan, mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga — pensiya (nafaqa) olish joyida toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
4. Ish haqi tuman koeffitsiyentlarini hisobga olib shakllantiriladigan tumanlar va joylarda ishlovchilar uchun kompensatsiya ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olmasdan toʻlanadi.
5. Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
7. Bir necha asosga koʻra kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga ularning tanlashi boʻyicha eng koʻp miqdordagi bitta kompensatsiya toʻlanadi.
8. Mehnat taʼtilida, taʼlim olish munosabati bilan taʼtilda, homiladorlik va tugʻish boʻyicha taʼtilda boʻlish vaqti uchun, shuningdek vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri, bola ikki yoshga yetishiga qadar uni parvarish qilish boʻyicha xodimlar taʼtilda boʻlgan davr uchun ham kompensatsiyalar toʻlanadi.
9. Oluvchiga tegishli boʻlgan va uning vafot etishi munosabati bilan toʻliq olinmay qolgan kompensatsiya summasi u vafot etgan kunda birga yashagan oila aʼzolariga toʻlanadi. Mazkur holda kompensatsiya vafot etgan kuniga qadar toʻlanadi.
10. Ishdan boʻshash holatida xodim boʻshayotgan oy uchun kompensatsiya ish joyida toʻlanadi.
Kompensatsiyani toʻlash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgandan soʻng tiklanadi.
Fuqaroning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun kompensatsiya toʻlanmaydi. Fuqaro ozod boʻlgandan keyin kompensatsiya toʻlash kompensatsiyani toʻlashni tiklash toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda toʻxtatiladi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 88-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-2, 09.01.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 20-modda)
12. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova) muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonun hujjatlari bilan taqdim etiladigan imtiyozlar oʻrniga beriladigan kompensatsiyalar jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq solinmaydi va soliq solinadigan obyektiga kiritilmaydi.
13. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga koʻra alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar oʻrniga oylik kompensatsiya pul toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.
14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiradi.