1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq va oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda notariuslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Ushbu Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning (keyingi oʻrinlarda “zarar” deb ataladi) davlat tomonidan qoplanishi tartibini belgilaydi.
2. Zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qoʻyilgan holda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
II. Zararni qoplash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Yuridik va jismoniy shaxs oʻziga yetkazilgan zarar qoplanishi huquqiga ega.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Sud amaliyoti va statistikasi]
Sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori zarar qoplanishi uchun asos hisoblanadi.
4. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “adliya boshqarmasi” deb ataladi) sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori adliya boshqarmasiga tushgandan keyin ikki kun muddatda Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga sudning qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.
5. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun mobaynida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Mablagʻlar shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga tushgan kundan boshlab bir kun mobaynida adliya boshqarmasi ushbu mablagʻlarni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Sud amaliyoti va statistikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
6. Sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori asosida adliya boshqarmasi tomonidan notariusni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masala hal qilinishi kerak.
III. Toʻlangan qoplash miqdorida notariusga aksincha talab (regress) qoʻyish
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
7. Adliya boshqarmasi tomonidan qoplangan summa keyinchalik aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirib olinishi kerak.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Notarius adliya boshqarmasi tomonidan zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga oʻtkazilgan mablagʻlarning toʻliq summasini qoplaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
8. Yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangandan soʻng ikki kundan kechikmay adliya boshqarmasi notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Notarius oʻzi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Notarius tomonidan zararni qoplash adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga pul mablagʻlari kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
Zararning notarius tomonidan boshqa shaklda qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 207-moddasiga muvofiq notariusdan oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan yetkazilgan zarar summasini undirish adliya boshqarmasi rahbarining yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga binoan amalga oshiriladi. Buyruq adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qabul qilinishi mumkin.
Agar notariusdan undirilishi kerak boʻlgan yetkazilgan zarar summasi uning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlsa yoki adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan soʻng bir oylik muddat tamom boʻlsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Sud amaliyoti va statistikasi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
10. Sudning toʻlangan qoplash miqdorida yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻgʻrisidagi qarori belgilangan tartibda ijro etilishi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
11. Zararni qoplash hisobiga notariusdan adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga tushgan mablagʻ ikki kundan kechikmay Jamgʻarmaning shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga yuboriladi.
Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
IV. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.19.00 Sud amaliyoti va statistikasi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
12. Yuridik va jismoniy shaxslarga zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar sudlarda koʻrib chiqilishi munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan sarflangan xarajatlar ham ushbu Nizomga muvofiq aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirilishi kerak.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
13. Notarius bilan mehnat shartnomasining toʻxtatilishi uni zarar va tegishli xarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
14. Sudning notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarori majburiy ijro etilgan hollarda ham zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga va tegishli xarajatlarga”;
2. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning (1-ilova) 4-bandi oʻn uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi—oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Jamgʻarma mablagʻlari:
mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali ajratish yoʻli bilan Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi faoliyatini moliyalashtirishga;
notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi. Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 520-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)