1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya bo‘yicha boshqa masalalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.08.00 Davlatlararo munosabatlarda boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ummon sultonligi bilan investitsiya hamkorligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini yanada kengaytirish hamda Ummon Sultonligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamg‘armalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Ummon Sultonligining Davlat bosh zaxira jamg‘armasi bilan birgalikda:
5 mln AQSh dollari miqdorida ustav fondiga hamda investitsiya loyihalari ma’qullanishiga qarab keyinchalik 500 mln dollargacha oshirgan holda 100 mln AQSh dollari miqdoridagi kapitalga ega O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasini;
3 mln AQSh dollari miqdoridagi ustav fondi ustav fondiga ega “O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasini tuzish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat]
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi va “O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida O‘zbekiston Respublikasi rezidenti sifatida tuziladi;
ushbu kompaniyalar aktivlarining shakllanishida Ummon Sultonligining Davlat bosh zaxira jamg‘armasi ishtirokidagi ulush 75 foiz, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiniki esa 25 foizni tashkil etadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori R.A. Gulyamovga O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi va “O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Ta’sis bitimini imzolash vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
4. 2030-yil 1-yanvargacha:
O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi foyda solig‘i, shu jumladan olingan dividendlar va foizlar bo‘yicha daromaddan foyda solig‘ini, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mulk solig‘i, shuningdek, mulki va aktivlarini sotishda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan;
“O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasi O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar qismida qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
5. Quyidagilarga:
O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasiga xorijiy valyutada investitsiyalarni amalga oshirishga va investitsiyalardan daromad olishga;
“O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasi, shuningdek, O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasining investitsiyalarini jalb qiluvchi korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish, qaytarish hamda investitsiya daromadlarini to‘lash bilan bog‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ustav fondining kamida 30 foizi O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi mablag‘lari hisobidan shakllantirilgan yangi tashkil etiladigan korxonalarga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.10.00 Diplomatik imtiyozlar va immunitetlar]
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining buyurtmanomalariga asosan O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi va “O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasiga yollanib ishlash maqsadida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga vizalar konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji bo‘yicha imtiyozlar]
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi buyurtmanomalariga binoan, O‘zbekiston — Ummon investitsiya kompaniyasi va “O‘zomankapital” boshqaruv kompaniyasi xorijiy mutaxassislariga ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.