1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.10.00 Naslchilik. Seleksiya. Ilgʻor xoʻjaliklar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;
CHORVACHILIKDA NASLCHILIK, ZOOTEXNIKA VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Chorvachilikni yanada rivojlantirish, chorva mollarining nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish, seleksiya-naslchilik ishlarini yaxshilash, ilgʻor ilmiy yutuqlarni fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatiga joriy etish, sanoat asosida goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirish boʻyicha zamonaviy kompleks tashkil etish, yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini oʻstirish, chorvachilik sohasida kadrlarni oʻqitish va qayta tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati, Qibray tumani, Qizil shalola shaharchasida joylashgan “Shalola-naslli mol tayyorlash” davlat korxonasining bino va inshootlarini davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga belgilangan tartibda berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining “Shalola-naslli mol tayyorlash” davlat korxonasi negizida “Oʻznaslelita” masʼuliyati cheklangan jamiyatni (keyingi oʻrinlarda “Oʻznaslelita” MCHJ deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻznaslelita” MCHJning ustav fondi ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga berilayotgan bino va inshootlar hamda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining intellektual mulki hisobiga baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadigan qiymati boʻyicha shakllantiriladi.
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga “Oʻznaslelita” MCHJ faoliyati sohasi boʻyicha investorlarni hammuassislar sifatida jalb etishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
3. Quyidagilar “Oʻznaslelita” MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sanoat asosida goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirish boʻyicha zamonaviy texnologik kompleks tashkil etish;
yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini yetishtirishni tashkil etish;
qoramollar seleksiyasi, ularni oziqlantirish va parvarish qilish texnologiyasi, yem-xashak ekinlari oʻstirish agrotexnikasi, chorva mollarining nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
mustahkam yem-xashak bazasi, yuqori mahsuldor sigirlarning “nasl yadrosi”ni tashkil etish, ulardan poda toʻldiradigan buzoqlar olish;
ilgʻor ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan zarur investitsiyalar kiritishni nazarda tutadigan texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishini;
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda “Oʻznaslelita” MCHJ negizida qoramollarni parvarish qilish, oziqlantirish, koʻpaytirish va chorvachilik mahsulotlari olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
5. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Oʻznaslelita” MCHJ negizida:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
seleksiya-naslchilik ishlarini, qoramollarni oziqlantirish va parvarish qilish texnologiyalarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni;
asosiy va oraliq yem-xashak ekinlarining serhosil navlarini yaratish boʻyicha seleksiya ishlarini amalga oshirishni;
fermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatiga chorvachilik va yem-xashak yetishtirishni rivojlantirish sohasidagi ilgʻor ilmiy yutuqlarni joriy etishni;
chorvachilik masalalari boʻyicha muntazam ravishda ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazishni tashkil etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻznaslelita” MCHJga mustahkam yem-xashak bazasi tashkil etish va yem-xashak ekinlari urugʻlarining elita navlarini yetishtirish uchun belgilangan tartibda zarur yer uchastkasi ajratsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-noyabr,
257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 427-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)