toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Hujjat 22.11.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN OʻTAYOTGAN ShAXSLARNI KOʻZDAN KEChIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1307-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1307-4, 12.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 45-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1307, 2004-yil 2-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 58-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-noyabr,
01-02/12-29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 4-noyabrdagi 01-02/12-29-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. 2-banddagi “boshliq oʻrinbosarining” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “boshliq oʻrinbosari” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “boshliq oʻrinbosari” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 11-bandning oltinchi xatboshisidagi “boshliq oʻrinbosari” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 17-banddagi “boshliq oʻrinbosarining” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 18-bandning birinchi xatboshisidagi “boshliq oʻrinbosarining” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 23-banddagi “boshliq oʻrinbosarini” degan soʻzlar “uning vazifasini bajaruvchi shaxsni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 42-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “(yoki uning oʻrinbosari)” degan soʻzlar “yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 415-modda)