toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2011
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ULGURJI SAVDO KORXONALARINI SOLIQQA TORTIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ulgurji savdoni rivojlantirishni rag‘batlantirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va shu asosda ichki iste’mol bozorining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yanada to‘liqroq to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida:
1. Ulgurji savdo korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
2. “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF–3076-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-fevral,
PF-3205-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 2-son, 14-modda)